Mundarija Kirish Asosiy qisim
Qatlamlarni neftberuvchanligini oshirish usullarining potentsial imkoniyatlari
Download 386.5 Kb.
|
Azimbayev
1.2.Qatlamlarni neftberuvchanligini oshirish usullarining potentsial imkoniyatlari
Neft beraoluvchanlikni kuchaytirish usullarini samaradorligini baholash usullariga muvofiq, hozirgi vaqtda usullarni baholashning texnologik samarasi sifatida ishlanadigan ob’ektning bazali variantlarini haqiqiy variantlarning natijalariga taqqoslab baholash variantlari qo’llaniladi. Issiqlikning juda yaxshi ta’sir etish samaradorligini aniqlashda bazali variant sifatida amalda sunish rejimi, fizik kimyoviy va gazli suv haydash usullar qo’llaniladi. Qatlamni neftberaoluvchanligini oshirishda qo’llaniladigan usullarning texnologik samarasini haqiqiy miqdoriy imkoniyati sanoat sinov eksperimenti qanday bosqichda bo’lishiga qarab baholanadi. Neft beraoluvchanligini oshirishda qo’llaniladigan hamma usullar qatlamlarning neftberaoluvchanligi har xil potentsial imkoniyatda oshiradi (1,5-2% dan 25-35% gacha balans zaxirasiga nisbatan) va ularni qo’llash omillarning faktorlarini har xil mezonlariga bog’liq bo’ladi. Qatlamning suv bostirilgan qismida qoldiq neftlarni faqat mitsellyar eritmalar va karbonat angidrit gazi bilan samarali siqish mumkin, chunki bu siquvchi agentlar neft bilan yaxshi aralashadi, neftni saqlab turuvchi kapillyar kuchlarni bartaraf qiladi. Noyaxlit qatlamlashgan va zonali – noyaxlit qatlamlarga suv bostirilganda qamrab olishini polimerli eritmalar, karbonat gazlari, suvgaz aralashmali, siklik ta’sir etish, suyuqlikning oqimini yo’nalishini o’zgartirish, suvning harakatini pasaytirish va oqimlarni har xilligi orqali yaxshilash mumkin. Bug’lar va qatlam ichra yondirish hisobiga neftni qovushqoqligi pasaytiriladi va siqiluvchanligi oshiriladi. SFM va sulfat kislotalari qatlamlardagi quduqlarning ishlovchi qalinliklarining neft beruvchanligini oshiradi, fazolar oralig’idagi taranglik kuchlarini kam pasaytiradi. Linzalar va qatlamchalar oralig’idagi qoldiq neftlarni faqat maxsus burg’ilangan quduqlar yoki boshqa gorizontlarga o’tkazish orqali qazib olish mumkin. 6.1-jadval Qatlamlarni neft beraoluvchanligini oshirish usullarida omillarning mezonlari va imkoniyatlari
Usullarni qo’llashning potentsial imkoniyatlaridan kelib chiqib, suv haydash orqali ishlanayotgan kam qovushqoqli konlardan neft qazib olishda qo’llaniladigan eng istiqbolli usullardan quyidagilarni keltirish mumkin. 1. karbonat angidrit; 2. suv gazli aralashmalar; 3. mitsellyar eritmalar; Yuqori qovushqoqli neft konlari uchun: 1. bug’lar; 2. qatlam ichra yondirish. Qolgan usullardan asosan neftni qazib olishni jadallashtirishda va ishlatish jarayonlarini rostlab turishda, loyihaviy ko’rsatgichlarga erishish maqsadida foydalaniladi. Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling