19-расм. Бир паллали ўсимликлар поясининг кўндаланг кесими: А – буG’дой мисолида, Б – мак-кажўхори: 1 – eпидермис, 2 – склеренхима, 3 – асосий (G’амловчи) паренхима hужайралари, 4-толали най боG’лам: а – eлаксимон най, б – сув ўтказувчи най,
в – склеренхима.
M akkajo`xori poyasidagi asosiy parenxima hujayralarining oralarida yopiq tolali nay boG’lamlari bo`lib, ular tartibsiz joylashgan. Lekin arpa, suli, javdar va buG’doy poyalarida esa tartibli holda joylashgan bo`lib, uning tashqi boG’lamlari sklyerenximaning tutash halqasiga yopishgan holda bo`ladi.
YOpiq tolali naylar o`tkazuvchi, mexanik va asosiy to`qimalarning o`zaro boG’langan sistemasidan iborat. BoG’lamning markaziy qismi ikkita turli yirik naycha va uchtagacha mayda spiral hamda halqali naychalardan shuningdek, ksilema parenximasining tirik hujayralaridan tashkil topgan.
Makkajo`xori poyasining eng ko`p qismini yupqa po`stli asosiy parenxima tashkil qiladi. Bu hujayralar o`zida shakar moddasini to`playdi. SHuning uchun ham u shirin maza byeradi. Poyasining ichi kovak bo`lgan o`simliklarda asosiy parenximaning markazida joylashgan hujayralari tez nobud bo`ladi. Poya bo`yiga o`sayotganda bu nobud bo`lgan hujayralar uzilib bo`shliq hosil bo`ladi. Bunday bo`shliqni arpa, buG’doy, suli va javdar kabi o`simliklar poyasida uchratish mumkin.
Ikki pallali o`simliklar poyasining tuzilishi
Poyaning birlamchi ichki tuzilishi. Ikki pallali o`simliklarda poya epidyermis, birlamchi po`stloq va markaziy tsilindrga bo`linadi. Birlamchi po`stloq asosan xlorofill donachalari bo`lgan parenxima to`qimalardan tashkil topgan. Uning tarkibiga mexanik to`qima kollenxima hamda sklyerenximalar kiradi.
Kollenxima asosan epidyermis ostida, sklyerenxima esa poyaning markaziga yaqinroq qovoqda halqasimon, kungaboqarda bo`lak-bo`lak bo`lib joylashadi. Poyaning markazroG’ida joylashgan parenxima hujayralarda xloroplast yo`qligi uchun rangsiz bo`ladi. Birlamchi po`stloqning markaziga yaqin (kraxmal donachalari to`planadigan) qismi endodyerma deb ataladi. endodyermaga yaqin turgan pyeretsikldan boshlab markaziy tsilindr boshlanadi. Pyeretsikldan ko`pchilik o`simliklarda qo`shimcha ildiz va kurtak hamda ikkilamchi myeristema hosil bo`ladi. Pyeretsikldan markazga qarab floema, shuningdek, ksilema orasida kambiy bo`lgan o`tkazuvchi boG’lamlar joylashgan.
Ikki pallali o`simliklar poyasi birlamchi tuzilishida bir pallali o`simliklar poyasining anatomik tuzilishidan quyidagicha farq qiladi:
o `tkazuvchi boG’lamlar ikki pallalilarda ochiq, ya`ni floema bilan ksilema orasida kambiy joylashgan;
o`tkazuvchi boG’lam poya sathidan bir xil masofada aylana bo`lib joylashgan; ikki pallali o`simliklar poyasida mexanik to`qimaning kollenxima va sklyerenxima xillari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |