Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Soliqning asosiy vazifalari va iqtisodiy ahamiyati
Download 154.01 Kb.
|
Soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar davlat byudjetini to`ldirishdan tashqari
- Soliqlarning funksiyalari va soliqqa tortish tamoyillari
- Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili har bir soliq to`lovchining davlat xarajatlarini qoplashda o`zining daromadi, mulki, to`lash qobiliyatiga qarab ishtirok etishini taqozo etadi.
- 15 foiz
- Ikkinchidan
Soliqlar davlat byudjetini to`ldirishdan tashqari Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda ham muhim rol o`ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va jarayonlarni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan, hatto davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar ma’lum rol o`ynagan. Chunki davlatchilikning shakllanishi mukammal, barqaror bo`lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayangan. Shuning uchun davlat paydo bo`lishining dastlabki bosqichlarida moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarni jonlantirishda davlat hukmdorlari har xil soliq to`lovlaridan foydalanib, o`z oldilariga turgan muammolarni yechishga harakat qilishgan. Davlat soliqlarning ayrim turlarini bekor qilish, yangilarini joriy etish, soliq stavkalari va imtiyozlarini, soliq solish shart-sharoitlarini o`zgartirish orqali muayyan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, jamiyat uchun dolzarb muammolarni hal etishga imkoniyatlar yaratadi. Masalan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo`jaliklarini rivojlanishini qo`llab-quvvatlash, mahalliy xom ashyodan iste’mol tovarlari va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish uchun bir qancha soliq imtiyozlari berilgan. Asosiy vositalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo`llash foydaning bir qismini qayta jihozlash va ta’mirlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo`naltirib, ular bilan bog`liq xarajatlarni soliqqa tortiladigan bazadan chegirib tashlash orqali ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir etib kelinmoqda Soliqlarning funksiyalari va soliqqa tortish tamoyillari Soliqlarning mohiyati, ahamiyati, roli ular bajaradigan funksiyalar orqali yaqqolroq namoyon bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo`lib qoladi1. Soliqlar soliq stavkalari, imtiyozlari, jarimalari orqali byudjet munosabatlari va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etuvchi asosiy kuch sifatida ishlatiladi. Soliqlarning asosiy funksiyalari quyidagilar 1Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т., Ўзбекистон, 1995, 204 б. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili har bir soliq to`lovchining davlat xarajatlarini qoplashda o`zining daromadi, mulki, to`lash qobiliyatiga qarab ishtirok etishini taqozo etadi. Joriy yilning 25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi. DSQ matbuot xizmatining yozishicha, birinchidan,farmonning asosiy maqsadi – iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish va soliq rejimlarini birxillashtirish hisobiga teng raqobat sharoitini yaratishga qaratilgan. Jumladan, 2000 yildan buyon respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida amal qilib, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng yuqorilaridan biri edi. Yevropa ittifoqi davlatlarida esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i hanuzgacha baland bo‘lib, Vengriyada 27 foizni, Daniyada 25 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Fransiyada 20 foizni va Rossiya Federatsiyasida 20 foizni tashkil etadi. Farmon bilan respublikada qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, 20 foizdan 15 foiz qilib belgilandi, ya'ni 25 foizga pasaytirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 30 foizdan ortiq. Shu inobatga olinadigan bo‘lsa, bu juda keskin qadam ekanligi anglashiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari albatta kamayadi. Lekin, iqtisodiy nazariyadan kelib chiqilsa, biznes sub'yektlari yengilliklarni ijobiy qabul qilib, shaffof va ochiq faoliyat yuritishga o‘tadi. Bu esa, eng muhim maqsad. Ikkinchidan, farmon bilan tadbirkorlik sub'yektlarini to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishlari uchun qiyinchiliklarga sabab bo‘lgan, soliq organlari tomonidan bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha amaldagi tartib bekor qilindi. Joriy yilning 1 sentabr holatiga18,6 mingta ishlab turgan tadbirkorlik sub'yektlarining bank operatsiyalari to‘xtatilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida, ularga ishlab chiqarishda zarur xomashyo sotib olish yoki muhim texnologik dastgoh uchun pul o‘tkazish, ish haqini to‘lab berish imkoniyatini cheklab qo‘yayotgan edi. Endilikda, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamlarini “xavfni tahlil qilish” (risk-analiz) va ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llagan holda, Download 154.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling