Mundarija kirish barqaror iqtisodiy o‘sishning konseptual jihatlari va ta’minlash omillari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ...................................... 35 3 KIRISH
1 MUNDARIJA KIRISH ............................................................................................................ 2 1. Barqaror iqtisodiy o‘sishning konseptual jihatlari va ta’minlash omillari………………………………………………………………...5 2. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning zaruriyati ........................... 14 3. Barqaror o‘sishni ta’minlashning huquqiy – institutsional asoslari… 25 XULOSA ............................................................................................................ 33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ...................................... 35 3 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 14- yanvardagi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir” deb ta’kidlagan edilar. 1 Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning turli bo‘limlari, tarmoqlari va sohalari o‘rtasida o‘zaro mutanosiblikni ta’minlanmasligi mamlakatda iqtisodiy resurslardan samarasiz foydalanishga bu esa o‘z navbatida iqtisodiy inqirozlarni yuzaga kelishiga, ishsizlik va inflatsiya darajasining oshib ketishiga va aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda, iqtisodiyotda modernizatsiyalash jarayoni va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, «Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishda energetika tarmog‘ida resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Energetika tarmog‘ida resurslar samaradorligiga erishish talabning o‘zgarishiga va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. «Yashil energetika»ga o‘tish, innovatsion uskuna va texnologiyalarga talabni rag‘batlantiradi. Bu esa milliy iqtisodiyotga «Yashil» tamoyillarni tatbiq etish uchun muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda kremniy zahiralarining mavjudligi fotoelektrik batareyalarni ishlab chiqarish istiqbolini yaratadi. 1 Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. 8-b. 4 Yoqilg‘i-energetika resurslarining yetishmovchiligi va ularga bo‘lgan narxlarning o‘zgaruvchanligi sharoitida, mamlakatimiz aholisining hamda iqtisodiyotimiz asosiy tarmoqlarida energetika resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, an'anaviy energiya manbalaridan muqobil energiya manbalariga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Yangi «Yashil» me’yor va standartlarga o‘tilishi iste’molchilarni iqtisodiy madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan tovarlarga talabning ortishiga sabab bo‘ladi hamda talab va taklif tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Tadqiqot ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida «Yashil iqtisodiyot»ning muhim unsurlaridan biri bo‘lgan «Yashil energetika»dan oqilona foydalanish, cheklanmagan va qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ishining vazifalari quyidagilardan iborat: iqtisodiy o‘sish va uning barqarorligini ta’minlash mohiyatini ochib berish; barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘lidagi vazifalarni aniqlash va uning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish; «Yashil iqtisodiyot» mohiyatini ochib berish, vazifalarini aniqlash va uning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, guruhlash; jahon amaliyotida «Yashil energetika»ning rivojlanish evolyutsiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini baholash; «Yashil iqtisodiyot»ni investitsiyalashning xorij tajribasini qiyosiy baholash va uni rivojlanishidagi mavjud muammolarni aniqlash; jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida muqobil energiyadan foydalanish holati va dinamikasini tahlil qilish. 5 Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling