Maktabgacha ta’lim sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.
|
1. Maktabgacha ta’lim sohasida band bo‘lgan pedagogik tarkibni o‘rganish, mamlakat hududlari kesimida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.
2. Kadrlar siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim mutaxassislari rezervini shakllantirish va malaka oshirish kurslarida tizimli o‘tishini ta’minlash sohasida xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish va ilg‘or tajribasini o‘rganish.
3. Pedagogik oliy ta’lim muassasalariga (bakalavriat, magistratura) “Maktabgacha ta’lim bo‘yicha pedagog” mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish.
|
2017-yil 1-noyabrga qadar
|
3.
|
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish orqali navbatga qo‘yish tartibini takomillashtirish.
|
1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish:
qabul to‘g‘risida elektron arizalarni berish, navbatni onlayn tartibda kuzatib borish imkoniyati orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati, ularning reytingi va o‘quv-tarbiyaviy jarayonining tarkibi bilan tanishish uchun yagona elektron axborot maydonini yaratish.
3. Bolalarni qabul qilish tartibini takomillashtirishni, shu jumladan, mazkur sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish.
4. Komissiyaga chora-tadbirlar dasturi loyihasini kiritish.
|
2017-yil 1-noyabrga qadar
|
Xalq ta’limi vazirligi,
Axborot texnologiyalari
vazirligi,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura
|