Mundarija kirish. Bob. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish


Download 331.06 Kb.
bet28/31
Sana09.02.2023
Hajmi331.06 Kb.
#1182293
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Ashurov

- diagramma

URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasi tomonidan 2011-2012 yillarda moliya -xo’jalik faoliyati xarajatlari o’zgarish
diagrammasi
2011 yil

2012 yil



Manba: “ URG-ANTEP-YASHAM ” qo’shma korxonasining 2011-2012 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisoboti ma’lumotlari
2.2.1- diagrammada “URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasi tomonidan 2011-2012 yillarda moliya-xo’jalik faoliyati xarajatlari o’zgarish tendensiyasi ko’rsatilgan. Korxonada sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi o’zgarish tendensiyasida sezilarli darajada oshganligini ko’rishimiz mumkin. Korxona umumiy foydasiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ta’sir etganidek boshqa xarajatlar xam birdek ta’sir ko’rsatadi. Korxonada davr xarajatlari mahsuloti ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan ancha yuqoriligi korxona xarajatlariga birmuncha salbiy ko’rsatsada, moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar ancha tejamkorligiga erishilganligini, xamda mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan sof foydaning o’sishi korxona samaradorligiga erishishganligidan dalolat beradi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar
bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o’tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o’rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to’g’ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini uyg’unlashtirish uchun sharoit yaratadi.


  1. Download 331.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling