Mundarija Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari
Download 1.02 Mb.
|
Bozor muvozanati Kurs iwi22222222222222222222
Kirish.Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, oʼtgan davr mobaynida milliy xoʼjaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, maʼmuriy-buyruqbozlik tizimidan meros boʼlib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror oʼsishi taʼminlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratoʼzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Maʼnaviy jabhada ham tub oʼzgarishlar qilinib, jamiyat aʼzolari ongida milliy istiqlol gʼoyasi va mafkurasi shakllantirildi. Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyilgan vazifalar qatorida valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish va sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarurligini taʼkidlab oʼtdi1. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish koʼp jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy oʼzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bogʼliqdir. Inson maʼnaviyati uning ehtiyojlari va manfaatlarini belgilaydigan va anglab yetadigan, ularni himoya qilish yoki qondirish yoʼlida amalga oshiradigan faoliyatining mazmun-mohiyatini namoyon etuvchi eng asosiy mezondir. Аynan shu sababli barkamol shaxsni shakllantirishda uning maʼnaviyati, ehtiyojlari va manfaatlari oʼrtasidagi muhim mutanosiblikni toʼgʼri baholay olish hamda shaxsning moddiy ehtiyojlari va manfaatlarini yuksak maʼnaviyat meʼyorlari orqali mushohada etish nihoyatda zarurdir.
Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling