Mundarija kirish hisоb-tехnоlоgik qismi
Yo’nаlishdа аvtоbuslаr hаrаkаti nоzimlik bоshqаruvi
Download 88.31 Kb.
|
Kurs ishi hamidullo 2
Yo’nаlishdа аvtоbuslаr hаrаkаti nоzimlik bоshqаruvi.
Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi yoʻlovchi tashuvchi avtomobil transportining ishini tashkil etish va boshqarish texnologiyasining soʻnggi bosqichi hisoblanadi. Bugungi kunda mavjud adabiyotlarda nozimlashtirish avtotransport vositalarining harakatini bir markazdan boshqarish va sozlash maʼnosida qoʻllanib kelinayapti. Yoʻlovchi tashuvchi transport ishini rasional tashkil etish ishlari ikki qismdan iborat boʻladi. 1. Birinchisi tashkiliy masalalar, yaʼni yoʻlovchi tashish rejasini ishlab chiqish va asoslash. 2. Ikkinchi masala-boshqaruv masalalari. Bu masalalar oʻz ichiga yoʻnalishlarda transport harakatini nazorat qilish va boshqarish hamda tashish boʻyicha tasdiqlangan rejani bajarilishini taʼminlash. Birinchi masala bilan avtokorxonalarninig tasarruf xizmati boʻlimi shugʻullanadi. Boshqaruv masalalari bilan esa nozimlik xizmatchilari shugʻullanadilar. Nozimlik xizmati quyidagilarni oʻz ichiga oladi: avtobuslarni harakat jadvaliga amal qilgan holda saroydan chiqishini taʼminlash va nazorat qilish; avtobuslar harakatini yoʻ nalish jadvalida belgilangan tartibda kelishini kuzatish va nazorat qilish. avtobuslarning harakati yoʻnalish jadvalida belgilangandan farq qilgan holatda harakat yoʻnalishini qayta tiklash. yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida avtobuslar harakatini boshqarish. harakat muntazamligini taʼminlash va hokazo. Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruv tizimi. Avtobuslar harakatini muvofiqlashtirish vakolatlari bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi va viloyatlardagi unging boʻlimlariga hamda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga yuklatilgan. Ular hokimiyat ijro etuvchi organi hisoblanib transport tarmogʻi va yoʻnalish tizimining rivojlanish istiqbollarini rejalashtiradi. Yoʻlovchi avtomobil transportida harakatni nozimlik boshqarish markazlashtirilgan boshqaruviga asoslangan boʻladi. Bu esa oʻz navbatida avtobuslar harakatini uzluksiz nazorat etish va butun avtobus tarmogʻi boʻyicha harakatni tezkor boshqarish imkonini beradi. Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik markaziy nozimlik xizmatining boʻlimi boshligʻi tamonidan amalga oshiriladi. Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi. U oʻz smenasida yoʻnalish nozimlari guruhi bilan birgalikda yoʻlovchi tashish holati va sifatiga, harakatni muntazamligiga va avtobuslardan samarali foydalanishga javobgardir. Nozimlik tizimi avtobuslarni safarga chiqarishga tayyorlash va chiqarishni tashkil qilish, yoʻnalishlarda harakatni boshqarish va oʻz vaqtida saroyga kelishini taʼminlash bilan bogʻliq barcha faoliyatlar majmuasini oʻz ichiga oladi. Avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi saroy ichi va yoʻnalish nozimligiga ajratiladi. Nozimlik hisobati tahlili maʼlumotlari asosida nozimlik xizmati harakatni tashkil qilish rejasini takomillashtirish boʻyicha kerakli tavsiyalarni kiritadi. Ushbu tavsiyalar nozimlik yigʻilishlarida muhokama qilinadi. Nozimlik xizmati ishining sifatini taʼminlash uchun unda ishlayotgan har bir xodimning mansab yoʻriqnomasi ishlab chiqilgan boʻlishi kerak. Markaziy nozimlik xizmatining asosiy vazifalari ikki qismdan iborat boʻladi: 1. Harakatni tashkil etish. 2. Harakatni boshqarish. Nozimlik xizmati oʻz faoliyatida bir qancha hujjatlarni toʻldirishi va tahlilqilishi, olingan natijalar asosida avtobuslarni harakatini boshqarish boʻyicha echimlar qabul qiladi. Boshqaruv xujjatlari beshta qisimdan iborat boʻlib, ularda quyidagilar bayon etilgan: 1-qism. Yoʻnalish nozimlarining lavozim vazifalari. Bu qismda umumiy holatlar, nozimlarning majburiyatlari, javobgarligi va huquqlari bayon etilgan. 2-qism. Bu qismda shahar yoʻlovchi transportini harakatini muntazamligini hisobni olib borish va nozimlik vedomostini rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnoma bayon etilgan. 3-qism. Yoʻnalish nozimlari uchun chipta-hisob varaqasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi boʻyicha yoʻriknoma bayon etilgan. 4-qism. Yoʻnalishlardagi harakatlanuvchi tarkibni kunning soatlari boʻyicha miqdorini aniqlash tartibi boʻyicha yoʻriknomalar berilgan. 5-qism. Yoʻnalish nozimligi lavozimiga ishga olish va MNX bilan mehnat shartnomasini tuzish tartib bilan bogʻliq boʻlgan masalalarga qaratilgan. Download 88.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling