Mundarija Kirish I – bob. Qashqadaryo vohasini arxeologik yodgorliklarini o’rganilishi


Download 94.68 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi94.68 Kb.
#1828312
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qashqadaryo vohasi


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………….2-3
I – BOB. Qashqadaryo vohasini arxeologik yodgorliklarini o’rganilishi.
1.1 Qashqadaryo vohasi davr arxeologik yodgorliklari……………………...4-11
1.2 O’rta asrlar davriga oid Qashqadaryo vohasi arxeologik yodgorliklari…12-18
II – BOB. O’rta asrlarga oid Qashqadaryo vohasi arxeologik maskanlar.
2.1 Kesh vohasining qadimgi va o’rta asrlar davri tarixi va madaniyatiga tutgan o’rni…………………………………………………………………………..19-23
2.2 Yerqo’rg’on arxeologik yodgorligi………………………………………24-27
Xulosa………………………………………………………………………..28-29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….30

Kirish
Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng mamalakatimiz rivojlanishning turli jabhalarida tub o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Jumladan ijtimoiy fanlarga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib, tariximizning dolzarb muoammolari izchil va chuqurroq o’rganish, yuksak tarixiymadaniy an’analarini targ’ib qilish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Vatanimizning tarkibiy qismi bo’lgan Qashqadaryo vohasining qadimgi va o’rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari, xususan, ilk temir davridan o’rta asrlargacha bo’lgan davrlarga oid ilk shahar manzilgohlar, diniy inshoatlarni o’rganish orqali qadimgi va o’rta asrlar tarixi va madniyatini yoritib berish tarixchi mutaxassis olimlar oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. YUNESKO Bosh konferensiyasining 32- sessiyasida Shahrisabz shahrining 2700-yilligini nishonlash haqida qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Shahrisabz shahrining 2700-yilligi nishonlashga tayyorgarlik to’g’risida” (2002-yil 29 mart) qarorlari jahon tarixi va madaniyatida alohida o’rin tutgan Shahrisabz shaxrining yubiley tadbirlariga tayyorgarlik ishlarni jadallashtirib yubordi. Bu sana munosabati bilan O’zbekiston Respublika Birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Shahrisabz shahrining tarixiy yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi. Qashqadaryo vohasi yurtimizning qadimiy odamlar yashagan maskanlardan biridir. Qashqadaryo tarixini o’rganishimizda bizga arxeologik maskanlarni o’rganilishi, yurtimiz tarixini yanda boyitishga sababdir. Bugungi kungacha Qashqadaryo vohasidan juda ko’plab tarixiy joylar topilgan. Ushbu kurs ishimida Qashqadaryo vohasining o’rta asrlar davriga oid bo’lgan arxeologik maskanlarni o’rganishga bizga ta’lim bergan ustozlarimning maslahatlari bilan kirishdim. Mavzuning maqsadi va vazifasi Kurs ishimizning maqsadi Qashqadaryo vohasining o’rta asrlarga oid bo’lgan arxeologik manzilgohlarni o’rganish, Vazifalari esa - Qashqadaryo vohasini arxeologik yodgorliklarini o’rganilishi; - Qashqadaryo vohasi davr arxeologik yodgorliklari; - O’rta asrlar davriga oid Qashqadaryo vohasi arxeologik yodgorliklari; - Kesh vohasining qadimgi va o’rta asrlar davri tarixi va madaniyatiga tutgan o’rni; - Yerqo’rg’on arxeologik yodgorligining o’rganilishidir.

Download 94.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling