Mundarija Kirish I. Asosiy qism
Download 57.74 Kb.
|
Ilk cholg\'u asboblari
I.Asosiy qism
I.1.Ilk cholg’u asboblarining paydo bo’lishi Musiqiy cholg’ular azal-azaldan insoniyat hayotida juda muhim bo’lgan ma’naviy estetik vosita sifatida shakllanib kelgan. Cholg’u ijrochiligi san’ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida o’rganilib kelajak avlodlarga buyuk madaniy meros sifatida qoldirilmoqda. Musiqiy cholg’uar juda qadimiy va boy tarixga egadir. Zarbli cholg’ular musiqa san’atida eramizdan avvalgi o’n uchinchi ming yillikda paydo bo’lgan dastlabki cholg’ulardir. Qadimgi davr cholg’ularining paydo bo’lish jarayonlarini bevosita o’sha paytda yashab o’tgan xalqlarning turmush tarzi bilan bog’laymiz. Dastlab paydo bo’lgan o’sha davr zarbli cholg’ulari ham mehnat qo’shiqlari, ov qo’shiqlari va shunga o’xshash marosim qo’shiqlarini ritmik tuzilishini ifodalab bergan. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 939 Keyinchalik esa shovqinli ya’ni qarsak chalib ritmni ifodalash zarbli cholg’ular ta’sirini kuchaytirgan. Qadimgi davr zarbli cholg’ular - debu, doira, daff, daz, dov, sanj, g’o’lachalar miloddan ikki ming yil muqaddam nisoniylar davrida vujudga kelib, turli shakllari, tuzulish va zarblari bilan takomillashgan holda bizgacha yetib kelgan. Samarqand viloyatining Urgut tumanidan topilgan eramizdan besh ming yil ilgari suyakdan ishlangan beshta teshikka ega bo’lgan nay cholg’usi qisman saqlangan bo’lib, qadimgi davrda bunday cholg’ularda qanday kuylar ijro etilganligini tasavvur qilish mumkin. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ammo bizgacha to’liq cholg’u sifatida yetib kelmagan bo’lsa-da, ilmiy manbalarda tasviri tushurilgan ushbu cholg’ular paleolit davriga to’g’ri keladi. Bu kabi musiqiy cholg’ular qadimgi odamzot tarixida ilk musiqa rivoji qay darajada ekanligidan va o’sha paytlarning madaniy saviyasidan so’zlaydi. Qadimgi hayvon suyaklaridan hamda qamishlardan ishlangan damli cholg’ular hozirgi kunda cholg’u ijrochiligining zamonaviy talablariga to’la javob beradigan nay, goboy, klarnet cholg’ularining ibtidosi sanaladi. Qadamlarning bir maromda bosilishi, ov yoki boshqa jamoa tadbirlaridagi harakatlardan, qarsak chalish va badanni chertishdan paydo bo’ladigan sadolar, mehnat qurollari, buyumlar va toshlarning bir-biriga tegishidan kelib chiqadigan ritmik tovushlar - zarbli cholg’ularning vujudga kelishiga sababchi bo’lgan. Ritmik-usul ibtidoiy inson hayotining markaziy unsuri bo’lib, u jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, uni borliqtabiat va koinot bilan uyg’unlashtiruvchi yagona vosita bo’lgan.1 Miloddan avvalgi ikki ming yillikka oid Samayli-tosh arxeologik qazilmalaridan topilgan tarixiy obidalarda doirasimon cholg’ularda ijro etayotgan sozandalar tasvirlangan.2 Bu esa o’z-o’zidan ma’lumki bizning milliy cholg’ularimizdan hisoblanmish doira cholg’usi juda qadim zamonlarda ham qabila va xalqlarning madaniy musiqiy hayotida o’z o’rniga ega bo’lgan cholg’u sifatida o’z tasdig’ini topganligidan dalolat beradi. Arxeologik qazilmalarning natijasi shuni ko’rsatadiki qadimda doira cholg’usiga asosan ayollar jo’r bo’lishgan. Ular doira cholg’usi usullari asosida qo’shiqlar kuylashgan va raqslarga tushishi o’sha davrlardanoq shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Doira, qayroq, zang va safoyil cholg’ulari turli marosimlarda kohinlar tomonidan ham ijro etilgan. Keyinchalik vaqt o’tishi bilan ibtidoiy odamlar tabiiy damli cholg’u sanalmish inson ovozi hamda tabiiy zarbli cholg’u hisoblangan o’z tanalari bilan kifoyalanmay yana ham mukammalroq va ovoz imkoniyatlari kengroq bo’lgan cholg’ularni yaratishga kirishib ketganlar. Bu yo’lda esa marosim paytida tanalariga turli xil shiqildoq va taqinchoqlar taqib raqslarga tushishlar ham rivoj topgan. Cholg’ularni yangi turlarini yaratishda ular aynan ikki narsaga ahamiyat qaratishgan: 1 A.Tashmatova “Ijrochilik san’ati tarixi” darsligi “1 - tovush chiqarish vositasi aks sado bo’lsa, 2 - tovush balandligi, tovush xarakteri hamda tovush hosil qiladigan manba va materiallarning kattaligi. Bu davrga kelib, cholg’uchilar chuqurlik va o’ralarni hosil qilib, yog’ochlar hamda to’nkalarni ushbu chuqurliklar ustiga joylashtirishgan va uning ustiga raqs tushish orqali ritmlarni, tovushlarni hosil qilishgan. Loydan yasalgan tuvaklar hamda qovoqlarning ichini o’yib unga ishlov berish va hayvonlarning terilari orqali qadimgi baraban cholg’ularini yasashgan. Ushbu cholg’ular hozirda bizga ma’lum bo’lgan zamonaviy baraban hamda litavra cholg’ularining ibtidosi sanaladi. Shu tarzda qovoqlar ustiga turli xil uzunlikdagi yog’och bo’laklarini joylashtirish natijasida marimba cholg’usi hosil bo’lgan. Bu cholg’uni hozirgi kunda ham Yevropa hamda Osiyo mamlakatlarida uchratish mumkin. Vaqt o’tishi bilan esa ya’ni “Bronza” va “Mis” davrlariga kelib ksilofon cholg’usi - metallofon cholg’usiga aylandi. Ibdtidoiy odamlarda brogan sari rivojlanishi barobarida musiqiy cholg’ular va musiqiy madaniyat ham rivojlanishda davom etadi. Tovush hosil qilishi mumkin bo’lgan manbalardan unumli foydalanayotgan xalqlar naysimon cholg’ularni yaratishda davom etdilar. Damli cholg’ular miloddan avvalgi III-I asrlarda ham naysimon, tilli va karnaysimonlarga ajratilgan. Qadimgi arxelogik qazilmalarda jumladan Misr, Bobil, va boshqa sharq mamlakatlarida damli cholg’ular guruhi turli xil haykalchalar va yodgorliklarda o’z aksini topgan. Damli cholg’ular zarbli cholg’ular bilan birgalikda ijro etish orqali harbiy yurishlarda jangovor shaylikni oshirish va ruhiyatini ko’tarish maqsadida ushbu cholg’ulardan unumli foydalanishgan. O’sha davrlarda harbiy sozandalarga alohida ehtirom ko’rsatilgan hattoki jang paytida harbiy o’ldirilmas, balki asir olinib, o’z kasbi doirasida xizmat qilishga buyurilgan. Keyinchalik torli cholg’ular insonlar hayotiga kirib kelishni boshladilar. Birinchi navbatda kamonga o’xshash yoysimon shakldagi yo’g’ochga ot qili tortilgan antiqa cholg’u paydo bo’lgan. Uning torlari hamda kamoni ham ot qillari asosida tayyorlangan. Torli-kamonli cholg’ular eramiz birinchi ming yilligining uchinchi qismida paaydo bo’lgan degan taxminlar ham mavjud. Old Indiya g’oridagi tasvirda noksimon lyutniya cholg’usi oldida kamoni bilan tasvirlangan. Bu to’g’rida X asrda Al-Farobiy to’laroq sharxlagan va uning to’rtinchi torini o’zi taqib, ushbu cholg’uda ijod qilgan. Qadimgi davr cholg’ulari shu darajada takomillashib hamda ommalashishib va bir yurtdan boshqa yurtga cholg’ular o’tib brogan. Bunga sabab esa qadimda ko’chmanchi qabilalar o’z cholg’ulari bir joydan ikkinchi joyga ko’chganlarida cholg’ular ommalushivuga olib kelgan degan tahminlar mavjud. Xulosa qilib aytganda qadimgi davrlar cholg’ulari hozirgi davr cholg’ularining yaratilishida asosiy omil vazifasini o’tagan va bunda aynan mana shu cholg’u shu yurtning cholg’usi deb bo’lmaydi. 1909-yilda Xorazmdan tashqarida arxelogik qazilmalar natijasida 7 ta sozanda burg’u chalayotgani aks ettirilgan Annikovaning kumush lagani topilgan. Sozandalardan uch kishi chap va to’rt kishi o’ng tomonga qarab, burg’ularni yuqoriga qaratib chilishmoqda. Signal beradigan damli cholg’ular turiga kiruvchi yeti burg’uning uzunligi, tuzulishi va ijro uslubi bir xildir. Qadimiy Xorazm musiqa cholg’ulari tasvirlarining soni 19 taga teng. Cholg’ularning barcha asosiy turlari namoyon etilgan bo’lib, ulardan: torlilar 11 tani, damlilar 7 tani va zarbli cholg’u bittani tashkil etadi. Halq cholg’u asboblari, ma’lumotlarga qaraganda juda qadim zamonlarda, eramizdan avvalgi XIII ming yillikda paydo bo’lgan, deb taxmin qilinadi. Cholg’ulardan dastlab urma zarbli cholg’ular paydo bo’lgan, chunki eng qadimgi mehnat qo’shiqlari, ovga chiqishlar usul (ritm) tuzilish jihatidan bevosita bir-biriga bog’liq bo’lgan. Keyinchalik shovqinli musiqa asboblari paydo bo’ldi. Ijrochilar qarsak chalib, usul (ritm) ni ta’kidladilar, shovqinli cholg’ular ta’sirini kuchaytirdilar. Keyinroq halq ustalari tomonidan qamish va bambuk poyasidan surnay, hushtak, yana bir oz o’tgach esa nay, naysimon xushtaklar, shiqildoqlar, chiltor (arfa) yasaldi. O’sha paytdagi nay cholg’u asboblari xozirgi zamon zamonaviy ko’p teshikli naylardan bir oz farq qilgan. Vaqt o’tib, ushbu cholg’ular takomillashib, ko’p yillik naylar yuzaga keldi, so’ngra torli-mizrobli va torli-kamonchali musiqa cholg’ulari paydo bo’la boshladi. Ulardan saroy a’yonlarining marosimlarida, harbiy yurishlarida foydalanilgan. Qadimgi Sharq madaniyati quchog’ida o’zbek halq cholg’u asboblari shakllandi. Ular ko’p asrlik taraqqiyot davomida o’ziga xos xususiyatlarini, tovush tusini saqlab qoldi. O’ziga xos tuzilishi tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g’ijjak, qobizlar an’anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi. Eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida O’rta Osiyoni G’arbiy viloyatlarida Parfiyon(a), Sharqda esa Grek Baqtriya Davlatlari tashkil topdi. Eramizning I asrida O’rta Osiyoning Janubiy qismida qudratli Ko’shon shohligi tashkil topdi. Mahalliy Kushon sulolasi ostida bir qancha davlatlar birlashdi, buning natijasi ularoq shaharlar yuksaldi, madaniyat gullab yashnadi, yangi-yangi musiqa cholg’ularining yaratilishiga shart-sharoit yuzaga keldi. Quldorlik jamiyati O’rta Osiyo halqlari madaniyati rivojida muhim bosqich bo’ldi. Xalq musiqasi yanada yuksalishi bilan birga, cholg’u asboblar ham takomillashdi. Download 57.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling