Mundarija kirish I bob. Abu rayhon beruniyning ilmiy-madaniy me'rosi
Abu Rayhon Beruniy jahon olimlari nigohida
Download 99.22 Kb.
|
ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY-MADANIY
2.2 Abu Rayhon Beruniy jahon olimlari nigohida.
Abu Rayhon Beruniy geologiya va minerologiya fanlarining nazariyotchisi va asoschisidir. Turli soha olimlarining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri buyuk allom Abu Rayhon Beruniy ilmu odobda, narsalarning mohiyatini bilishda, handasa va falsafada shu qadar bilimdon ediki, uning zamonida unga tenglashadigan hech kim yo`q edi. G`aznaviylar tarixchisi Abu Fazl Bayhaqiy ( XI asr) Abu Rayhon Beruniy suhbati shirin, xushmuomala, shirinsuxan, iffat-nomusli, zamonasining ilmi va aqlida unga teng keladigan boshqa odamni ko`rmadi. U idrok etiladigan va tavsifiy fanlar sohasida qay darajada obro`-e`tibor qozongan bo`lsa, hissiy bilimlar va inson qo`li bilan bunyodga keltiriladigan mo`jizalar dunyosining yaktosidir Arab sayyohi va geografi Yoqut al-Hamaviy (XIII asr) Abu Rayhon Beruniy arab adabiyoti okeanida yagona qoyadir. Hindistonshunoslikda Beruniyga teng keladigan kishini na ilgari va na so`nggi vaqtlarda o`tganini bilmaymiz. Nemis sharqshunos olimi Z. Zaxau (XIX asr) Abu Rayhon Beruniy o`z zamonasining eng ulug` olimi bo`lib qolmay, balki hamma zamonlarning eng ulug` siymosidir. Dunyo fani tarixida XI asrning birinchi yarmini "Beruniy davri” deb atash mumkin. Amerikalik olim G. J. Sarton (XIX asr) Dunyoda hind xalqining sadoqatli do`stlari ko`p. Ular orasida kelib chiqishi musulmon bo`lgan sharqning buyuk donishmandi Abu Rayhon Beruniy ham bor. Hali dunyoda hech kim hind xalqini, uning qadim va boy madaniyatini Beruniychalik targ`ib qilmagan. Binobarin hind xalqi bor ekan, uning do`sti Abu Rayhon Beruniy ham bor. Biz hamisha uning ilg`or tafakkuri oldida bosh egamiz. Mahatma Gandi O`rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri ham hind madaniyatining chigal masalalarini chuqur ilmiy ruhda tushunishda Abu Rayhon Beruniy erishgan yutuqlarga erisha olmadi. Hind olimi Hamid Riza (XX asr) Abu Rayhon Beruniy birinchi hindshunos olim bo`lishi bilan birga, barcha davr hindshunoslarining ham eng yirigidir. Bir tomondan, har tomonlama va aniq ma’lumotlari tufayli, ikkinchi tomondan esa sabr-toqati, halolligi va rostgo`yligi tufayli u insoniyatning eng buyuk mutaffakkirlaridan biri hisoblanishi kerak. Hind olimi S. Chatterji (XX asr) Sharq va g`arbning qadimgi va o`rta asrlardagi butun ilmiy adabiyotida "Hindiston” kitobiga teng keladigan asar yo`q. Rus sharqqshunos olimi I. Yu. Krachkovskiy (XX asr) Minerallarning solishtirma og`irligini birinchilardan bo`lib aniq o`lchaganligi, shubhasiz Abu Rayhon Beruniyning buyuk xizmatidir. Rus sharqqshunos olimi G. G. Lemileyn (XX asr) Abu Rayhon Beruniy ilk o`rta asr olimlarining buyugidir. Qadimgi Sharqning eng porloq madaniyatidan biri bo`lgan Xorazm madaniyatining ming yillik tarixi unda mujassamlangan. Beruniy siymosida o`rta asrlar sharqining ulug` qomusiy olimi – astronomi, geografi, minerologi, etnografi, tarixchisi, shoiri mujassamdir. Mashhur "Qonuni Ma’sudiy” matematika, geografiya va astronomiya sohasida olamshumul ilmiy tadqiqot bo`lib, Beruniy bu asari bilan yunon olimlaridan allaqachon o`zib ketdi. Abu Rayhon Beruniy tomonidan olam tuzilishining geosentrik va geliosentrik manzaralari baravar e’tirof etilishi "arab” olimlari o`rtasida hukm surgan Ptolemey ta’limotiga nisbatan olg`a tashlangan katta qadam. Sharqiy Yevropa geografiyasi va etnografiyasini ishlab chiqish, musulmon Sharqi mamlakatlarini slavyanlar bilan hamda Sharqiy Yevropaning boshqa xalqlari bilan tanishtirish ishiga Beruniy va Xorazmiy kabi buyuk daholar katta hissa qo`shdi, deb bemalol aytish mumkin. Arablar, forslar, qolaversa, hindlar, asosan, Abu Rayhon Beruniy asarlari tufayli birinchi marta varyag-normanlar va "Zulmat mamlakati” xalqlari – Yevropa Arktikasi aholisi bilan tanishdilar. Taniqli rus olimi S. P. Tolstov (XX asr) Bu qanday davr ? Shu savolga yaxshiroq javob berib… yana bir qancha ulug`larning nomini tilga olamiz – bu odamlar ham XI – XIV asrlarda yashaganlar. Mana ular: Rudakiy, Rumiy, Hofiz – buyuk shoirlar; Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rushd – buyuk olimlar, faylasuflar. O`rta asrlarni yorib o`tib, yangi davrga yo`l ochgan qudratli kuchlar – shulardir. Feodalizm olamining umumiy tarixida biz Rennesans – uyg`onish davri deb ataganimiz – shiddatli burilish davrini yaratgan kuchlar xuddi shulardir. Akademik N. Konrad ( XX asr) Abu Rayhon Beruniy ilmiy ishlarini diqqat bilan puxta va aniq bajaruvchi tengsiz tadqiqotchidir. U hech qachon o`zining shaxsiy manfaatlari bilan qiziqmagan, u insonni turli mamlakat va xalqlarni dini, e’tiqodi, irqidan qat’iy nazar hurmat qilgan va birdek sevgan . Sharqshunos olim A. Paun ( XX asr) Ko’p qirrali va boy merosini jahon fani mulkiga aylantirish hamda mumkin qadar tezroq o`rganishdan iboratdir. Beruniyning ilmiy faoliyati dunyo fani tarixida eng buyuk o`rinlardan birini egallashi zarur. Beruniy asarlari bilan , Beruniy dahosi bilan hayratlanishning o`zigina kifoya qilmaydi. Bu beqiyos, mislsiz olim haiqa zudlik bilan badiiy asarlar, ilmiy monografiyalar, ilmiy-ommabop asarlar yaratmoq kerak. Download 99.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling