Mundarija: kirish I bob alisher navoiy hayoti va ijodi
Download 81.76 Kb.
|
ALISHER NAVOIY (2)
.Xalilov. Texnologicheskoye issledovaniye sochineniye Alishera Navai «Tarixi muluki Ajam». Avtoref. Diss.. kand. Filol. Nauk.-T.: 2015
pozitsiyasidan yondashgan. "Xamsat ul-mutahayyirin" muqaddimasida Jomiyning nasabi, tug'ilishi, tarbiyalanishi, bilim olishi, shoir va olim sifatida tanilishi hamda Navoiy uning bilan qachon uchrashgani haqidagi ma'lumotlar beriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, Navoiy Jomiyning she'riyatdagi iste'dodini, qudratini, uning belgilovchi fazilati deb biladi. Uning tasavvur yo'lidagi kamolati va shuhrati xususida so'zlar ekan, Navoiy tasavvur nazariyasi va istilohlari yuzasidan mavjud adabiyotlardan farqli o'laroq, Jomiy bu ilmga oid fikrlarni o'z asarlarida ko'pchilikka tushunarli qilib, sharh va izohlar bilan bayon etganligini ta'kidlaydi. Asarning birinchi maqolatini Navoiy o'zi bilan Jomiy oralarida bo'lib o'tgan qiziq va ittifoqiy (tasodifiy) voqealar bayoniga bag'ishlaydi. Bu fasl tarkibidagi 13 lavhada Jomiyning ma'naviy va ijtimoiy qiyofasini ochib beruvchi turli voqealar va shu voqealar munosabati-la u bildirgan mulohaza va maslahatlari, uning hazil-mutoyibaga moyilligini ko'rsatuvchi maroqli naqllar va turli adabiy mavzularda o'tkazilgan suhbatlar beriladi. Ayni choqda, Navoiyning o'zi ta'kidlangandek, Jomiyning unga bo'lgan alohida xususiyat va iltifotlari ma'lum bo'ladi. Shuningdek, bu lavhalarning asosiy maqsadni atrofli ochib berishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularda talay madaniyat ahllari-adib, shoir,san'atchi va davlat arboblariga hamda oddiy xalqning xushta'b namoyandalariga, ilmiy va badiy asarlarga ma'lum munosabat bildirilib o'tiladi, baho berib ketiladi. Navoiy voqealarni, uchrashuv va suhbatlarni qatorasiga emas, balki Jomiy ijodiy yoki ijtimoiy biografiyasining angiq bir qirrasini ko'rsatib beruvchi eng xarakterlilarini qalamga oladi. Masalan, Jomiyning hayotdan ajralgan, go'shanishin ijodkor bo'lmaganligidan katta voqealar, saroy va saroydagilar, hayoti, xulq-atvori juda yaqindan qiziqtirgan va mashg'ul etganligidan dalolat beruvchi hikoyatlardan birida bayon etilishicha, Navoiy sipohiylikdan, ya'ni davlat xizmatidan bezor bo'lib, mansabni tark qilmoqchi bo'lganida Jomiy buning sababini so'raydi. Navoiy shunday deb javob beradi: -Inson jinsi suhbat va ixtilotidan malul bo'lib erdim, bu ishga ul bois bo'ldi. Jomiy bunga javoban g'oyat qisqa, lekin nihoyatda o'tkir, vaziyatga juda muvofiq tushadigan savol bilan murojaat qiladi: -Inson qimni xayol qilib erding, bizga dag'i ko'rguz? Bundan Navoiy o'zining qat'iy qarori Jomiyga "noxush kelmagan"ligini uqadi. Navoiy bilan Jomiy orasidagi bu suhbat ustozning haj safaridan endigina qaytgan, shohning esa Balx ustiga yurish qilib turgan vaqtida sodir bo'ladi. Buning ustiga yurish qilib turgan vaqtida. Buning ustiga Hirotga kelgandan keyin Jomiyga safar chog'ida turli shaharlar, jumladan Bog'doddagi chiqishlari uchun bid'atda ayblangani ovozasini yetkazadilar. Jomiy nihoyatda qakttiq ranjiydi. Hech shubhasizki, bunday vaziyatda Jomiyning Navoiyga yuqorida aytgan so'zlari g'oyat samimiy va tabiiy edi. "Xamsatul-mutahayyirin"ning ikkinchi qismi- maqolati Jomiy va Navoiyning o'zaro yozishmalariga bag'ishlanadi. Bu yerda Jomiyning Navoiyga yo'llagan 15 nomasi va javob xatlari hamda Navoiyning ham Jomiyga yozgan 15 maktub va javoblari keltiriladi. Bu ikki shaxs orasidagi yozishmalarni mazmunan uch turkumga ajratish mumkin. 1.Ikki dustning bir-biridan xabar topish maqsadidagi xatlari: 2.Badiiy ijod bilan aloqador yozishmalar: 3.Ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog'liq ruq'alar. Jomiy va Navoiy orasidagi do'stlik, shunungdek siyosiy-ijtimoiiy masalalarda ham sirdosh, hamfikr va maslahatdosh bo'lishni taqoza qilgan. Bir necha maktublar (uchinchi turkum)da Jomiyning ham, Navoiyning ham davr uchun dolzarb, xalq manfaati uchun zarur bo'lgan masalalarga munosabatlari qalamga olinadi. Masalan, bir maktubda Jomiy Navoiyning podshohning Qunduz viloyatiga qilmoqchi bo'lgan yurishiga yo'l qo'ymaslikka undaydi. U yozadi: "Ulcha imkoni bor, bu yurishning man'ig'a sa'y qilg'aysen va ul matlub sur'at bog'lamag'ay, azimat jazm bo'lsa yozib yuborgaysen". Yana bir xatda Jomiy Navoiyga davlat ishlaridan dilgir bo'lmasligi lozimligini hamisha xalq manfaati yo'lida qayg'urishdan tolmasligi kerakligini uqdiradi. Bulardan ko'rinadiki, Jomiy davlat ishlari boshida Navoiydek xalqparvar, oqil arbobning turishini istar edi. U Navoiy siymosida mehnat ahli farovonligi va mamlakat osoyishtaligi yo'lida uhdador davlat arbobini, tolmas muboriz donishmandni ko'rar edi va unga maslahat, o'gitlari bilan madadkor bo'lishni o'z burchi deb bilar edi. Ayni choqda, Jomiy Navoiyning oliyjanob intilishlari, ulkan orzulari ro'ybga chiqmagan yoki benihoya mushkil, mashaqqatli harakatlari ko'ngildagidek natijalar bermaganini, bunday hollarda Navoiyning nihoyatda dilgir bo'lib, tushkunlikka tushib ketishligini ham chuqur idrok etar, uning dardiga hamdard bo'lishdan, unga taskin va tasallilar berishdan charchamas edi. Ba'zida esa uning e'tiborini ijod ishlariga tortar edi. Bu nomalarning g'oyaviy-badiiy va sotsial tarixiy ahamiyati juda kattadir. Ular Sharq insho san'ati tarixi hamda adabiyotshunoslikda Navoiy va Jomiyning shaxsiyatini o'rganish uchun muhim manba'dir. "Xamsat ul-mutahayyirin"ning uchinchi qismida Navoiy va Jomiyning ijodiy faoliyatidagi hamfikirliklari bayon etiladi, ularning bir-birlari tavsiyalari bilan yaratgan, bir-birlariga, bag'ishlangan asarlari, Jomiy dostonlaridagi Navoiy shaxsiyati va ijodi haqidagi mulohaza va baholari, Navoiy dostonlarida ham Jomiy sha'niga bitilgan parchalar keltiriladi. Ma'lum bo'ladiki, Jomiy va Navoiy o'z ijodiy faoliyatlarida o'zlari yaratgan har bir asarni bir-birlariga ko'rsatib, fikr almashib, bir-birining tahriridan o'tkazib turganlar. Jomiy Navoiy "Xamsa"sini yuksak baholab, uning ona tilida yaratilishini esa davr adabiyotidagi buyuk bir voqea sifatida talqin qilgan. Navoiyni o'z xalqi adabiyotining asoschisi ekanligini birinchilardan bo'lib o'sha zamondayoq belgilab bergan. Har ikkala buyuk shoirlar bir-birlarining maslahat va tavsiyalari bilan o'z she'riyatlaridan devonlar tuzganlar va ularni nomlab chiqqanlar. "Xamsat ul-mutahayyirin"ning so'nggi bobi - "Xotima"da Navoiyning Jomiy huzurida mutolaa qilgan asarlari sanab o'tiladi va Jomiyning hayotida yuzbergan va g'ayri tabiiy tuyulgan voqealarni bayon etuvchi bir necha naqllar keltiriladi. "Xotima"da shuningdek, Jomiy vafotining tafsilotlari, davn marosimi juda ta'sirli va hayotiy qilib bayon etiladi. Barcha adab ahli keng xalq ommasi uchun kata yo'qotish bo'lgan Jomiy o'limi Navoiy uchun shaksiz og'ir musibat edi. U o'zining yurak-yuragidan chiqqan alamini har biri o'n baytdan iborat yetti bandli (140 misra) tarkibband marsiyada izhor qiladi. Sadriddin Ayniy ta'biri bilan aytganda, marsiya adabiyotning eng jono'rtovchi namunasi bo'lgan bu asarda Jomiyning butun ilmiy va adabiy qudrati mujassamlangandir. Download 81.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling