Mundarija: kirish I bob alisher navoiy hayoti va ijodi


«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi


Download 81.76 Kb.
bet7/9
Sana15.08.2023
Hajmi81.76 Kb.
#1667222
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ALISHER NAVOIY (2)

«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi
Alisher Navoiyning to‘rtinchi tarixiy asari, memuar biografik xarakterdagi risola bo‘lib, u «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» deb nomlanadi. O‘ziga «otaday» mehribon bo‘lgan Sayyid Hasan Ardasher to‘g‘risidagi asar to‘g‘ridan to‘g‘ri «Holot» ya’ni biografiya deb ataladi. Asar tasnif odobiga ko‘ra, «Bismillohir-rahmonir - rahiym» so‘zidan so‘ng keladigan «Hamd» Alloh madhi o‘rniga nasimga murojaat bilan boshlanadi, asar mazmuni shunday xarakterlanadi: «Soliki foniy va gavhari koniy, orifi maoniy Sayyid Hasani Ardasher (rahmatullohi) siyar va holotida». YA’ni bu asar «o‘tkinchi foniy dunyodagi solik, gavharlar koni va ma’nolar orifi Sayyid Hasan Ardasher biografiyasi» deb ataladi.
Asar boshida muallif Sayyid Hasani Ardasherning otasi to‘g‘risida qisqa ma’lumotlarni keltiradi, undan so‘ng, Alisher Navoiy uning o‘zi ham yoshligida otasi kabi Boysung‘ur Mirzo xizmatida bo‘lgani, turli sohalar bo‘yicha bilim olganini yozadi. Temuriylar saroyida xizmat qilib, doim hurmat va e’tiborda bo‘lgani, hatto Sulton Husayn Mirzo unga katta davlat lavozimini taklif qilganida, dunyo ishlaridan yuz o‘girib, darveshlikni ixtiyor etganini zikr etadi. Risolada Sayyid Hasan Ardasherning tarixi, uning badiiy didi, turkiy va forsiy tildagi adabiyotni yaxshi bilishi, imom G‘azzoliyning «Kimiyo-i saodat», Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarlarini xush ko‘rishi, hayotida bo‘lib o‘tgan voqealar tafsilotilarining eng muhimlari zikr etiladi. Natijada, kitobxon ko‘z o‘ngida Temuriylar zamoni ziyolilarining yorqin vakili siymosi tarixi namoyon bo‘ladi. O‘sha davr ijtimoiy hayotiga tasavvur ta’limoti katta ta’sir o‘tkazganini ko‘ramiz. Chunki, e’tiqod yuzasidan Sayyid Hasan Ardasher davlat lavozimidan voz kechgen shaxsdir.
Sayyid Hasan Ardasher nomini Alisher Navoiy o‘zining «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarida chuqur hurmat bilan yod etadi. Umuman, «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi Temuriylar davri ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettirgan muhim tarixiy manbadir. Unda Alisher Navoiy o‘zining hayotida juda katta rol o‘ynagan katta zamondoshi Sayyid Hasan Ardasherga munosib tarixiy yodgorlik o‘rnatadi.



Download 81.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling