Mundarija: kirish I bob. Arab tilidan kirib kelgan so’zlardagi ko’p ma’nolilik va bir ma’nolilik belgilari


I BOB. ARAB TILIDAN KIRIB KELGAN SO’ZLARDAGI KO’P MA’NOLILIK VA BIR MA’NOLILIK BELGILAR


Download 39.56 Kb.
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi39.56 Kb.
#1315656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab tili

I BOB. ARAB TILIDAN KIRIB KELGAN SO’ZLARDAGI KO’P MA’NOLILIK VA BIR MA’NOLILIK BELGILAR
1.1.Arab tilidan so’zlarning kirib kelishi
Turkiy tillarga, jumladan, o'zbek tiliga, ko'proq uning lug'at tarkibi boyishiga arab tili ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mahalliy xalqlarning tillariga arab tilining ta'miri bevosita YIII asr boshlarida arablarning O'rta Osiyoni bosib olish, arab xalifaligi hukmronligining boshlanishi va bu yerdagi xalqlarning musulmonlikni, islom dinini qabul qilishi bilan bog'langan. Arab xalifaligining O'rta Osiyoni istilo qilishi bu yerdagi mahalliy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta putur yetkazdi, ular ko'p 10 asrlik madaniy boyliklari yemirib tashlandi, yozuvlari yo'q qilib yuborildi. O'rta Osiyo xalqlari Islom dini bilan birga arab yozuvini ham qabul qildilar. Arab tili esa mamlakatning ijtimoiy-madaniy hayotida asosiy o'rinni egallay boshladi. Arab tili faqat Islom dinini targ'ib qilish, islom falsafasi va aqidalariga doir g'oyalar, fikr va tushunchalarni ifodalash va diniy ibodat majburiyatlarini bajarish sohasidagina emas, balki davlat idora ishlarida, mamlakatning ilmiy-madaniy hayotida ham hukmron til sifatida qo'llanar edi. Arab tilining fan va adabiyotida keng ishlatilishga uning islom dini bilan birga va uning tili sifatida juda katta xududda tarqalishi va umumiy tilga aylanishi ham sabab bo'ldi. Bu tarixiy xodisalar mahalliy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti va madaniyatiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu davrlarda diniy aqidalarni targ'ib qiluvchi, shuningdek turli fanlarga oid ilmiy asarlar aasosan arab tilida yozilar edi. Jumladan, O'rta Osiyo xalqlari orasidan yetishib chiqqan yirik olimlar – Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy,Maxmud Qoshg'ariy kabilar o'z asarlarini ona tilida emas, balki arab tilida yozishga majbur bo'ldilar. Yuqorida ko'rsatilgan tarixiy jarayon natijasida mahalliy xalqlarning tillariga arab tilidan ko'plab so'z va iboralar qabul qilindi. Arab tilidan kirib kelgan yangi o'zlashtirmadan dastlabki paytlarda ko'proq islom bilan, diniy-axloqiy aqidalar bilan bog'liq tushunchalarni ifodalovchi so'zlardan iborat bo'lgan: hikmat, ummat, ro'zimashhar, hadis, oyat, qur'on haq, iymon, payg'ambar, lomakon, arvoh, bashorat, taqdir, qudrat, avliyo, xoliq, xidrat, ibodat, mo''min, musulmon arafot kabi. Bu kabi so'zlar bir tomondan, Qur'on va hadislar singari bevosita islom diniga doir kitoblarning tarjimalari, tavsiflar orqali mahalliy tillarga, jumladan o'zbek tiliga qabul qilindi. Ikkinchi tomondan esa, diniy mavzularga bag'ishlangan asarlarning (Yassaviy «Hikmat»lari, «Qissai Rabg'uziy» kabi) yaratilishi ham o'zbek tilidan arab tiliga xos chuz va iboralarning ko'payishiga olib keldi. Keyinroq esa adabiyot, fan va madaniyatning rivojlanishi bilan bog'liq ravishda adabiyot, amaliyot, maslahat, javob, ijodiy, madaniyat, imlo, abjad, idora, alifbo, bino, bo'z, vazifa, kitob, maktab, ilova, lug'at, iymon, mustaqil, masofa, nafaqa, raqam, vaqt, nizom, dune, vazn, ijobiy, luqma, zuxra, iroda, kamolot kabilar. Shuni eslatish kerakki, arab tilining O'rta Osiyo xalqlari tillariga, shu jumladan, o'zbek tiliga bo'lgan ta'siri asosan lug'at tarkibi bilan chegaralanadi. O'zbek tili leksikasiga arab arab tilidan kirib kelgan so'zlarning ko'pchiligini predmet ma'nosini, ayniqsa mavhum predmetini va belgi ma'nosini bildiruvchi iboralar tashkil qiladi. O'zbek tilining fonetik tuzilishi va grammatik qurilishiga esa arab tili sezilarli ta'sir ko'rsata olmadi. VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida imon, tinchlik, ahillik va xayrixohlik g´oyalariga tayangan islom dini paydo bo`lib, qisqa muddatda keng yoyildi. Bu dinning yoyuvchisi muqaddas Makkadagi quraysh qabilasidan bo`lgan Muhammad ibn Abdulloh (570—632) edi. Uning payg´ambar sifatidagi faoliyati 610- yildan boshlandi. U bir vaqtlar Hazrati Odam sig´ingan, Ibrohim alayhissalom iymon keltirgan islom dinini yangiladi. Unga yangi ruh,yangi mazmun berdi. Ayniqsa, 622- yilda Muhammad alayhissalom o`z tarafdorlari bilan Makkadan Madinaga hijrat etgandan keyin adolatli bu g´oyalar katta kuch-qudrat kasb etdi. Hijrat musulmonlarning hijriy yilini boshlab berdi. 630- yilda Makka musulmonlarning ustunligini tan oldi.
2006-2008-yillarda chop etilgan ―Oʻzbek tilining izohli lugʻati besh jilddan iborat bo’lib, bu lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli oʻzbekcha izohli lug’atlarning sarasidir. Dastlabki, 1981-yil chop etilgan ikki jildli izohli lugʻatga asoslangan holda yaratilganligi ushbu lugʻatning yanada mukammal yaratilishiga sabab boʻldi. Chunki bir vaqtning oʻzida soʻzlarni bir-biriga chogʻishtirish va yangi soʻzlarni kiritish orqali yangicha zeb berildi. Oʻzbek tilini qaytadan isloh qilish maqsadida kiritilgan lotin yozuvidan ancha keyin tayyorlangan boʻlsa ham, kirill alifbosida chop etilganligiga guvoh bo’lamiz. 2014-yil ―Oʻzbek tilining izohli lugʻatida berilgan barcha havolalar oʻzbekcha vikilugʻatga maxsus bot yordamida qoʻshildi. Tahlil jarayonida o’zbek tilining izohli lug’ati 2-jildiga kiritilgan so’zlar ustida ayrim ilmiy xulosalarni berib o’tdik. Ushbu jildga―Ye dan ―M harfigacha bo’lgan so’zlar kiritilgan bo’lib, 1040 ta arabcha so’zlar tahlilga tortilgan, ularning har biriga alohida izoh va u so’zlar ishtirok etgan parchalar yoki ayrim gaplardan namunalar keltirish orqali asoslab berilgan. Ishimizning ilmiy asosini keltirish uchun quyidagilariga to’xtalib o’tamiz: ―Yesir so’zi arab tilidan tarjima qilingan bo’lib, asl ma‘nosi ―qul, ―asir so’zlarining ko’pligi sifatida ishlatiladi. Bizda esa bu so’z ko’p hollarda yetim so’zining jufti sifatida qo’llanib kelmoqda. Ammo izohli lug’atda esa yesir so’zi ―eri o’lgan, ersiz qolgan xotin; beva, tul sifatida keltiriladi. Masalan:“Eroniylar el-yurtni talab, erkaklarni qul, ayollarni yesir qilib olib ketayotirlar”. Ammo biz uyimizdagi yoshi katta erkak kishilardan ―Biz ota-onamizdan erta qolib, yesir o’sganmiz degan gapni ko’p bora eshitganmiz. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bu so’z xalq orasida faqatgina ayollarga nisbatan emas, erkaklarga nisbatan ham ishlatilishi ko’rinib turibdi. Tahliliy ma‘lumotlar shuni ko’rsatadiki, bunda ―yesir so’zi ―yetim so’zi bilan sinonim holda qo’llanilishi nutq momentida o’z yechimini topgan. - ―Jamila so’zi ham arab tilidan tarjima qilinganda ―go’zal, ―suluv degani maʼnolarni ifodalab keladi. Bugungi kunda nom leksemasi ostida ishlatilib kelayotgan atoqli otlarda ham ―jamila so’zini qizlar ismi sifatida foydalanilishiga duch kelishimiz mumkin. Ammo uning sifat so’z turkumi holida qo’llanilishi adabiy til me‘yorlaridan chiqib ketganligiga guvoh boʻlamiz. Bunga sabab oʻtgan arsning boshlaridagi yaratilgan asarlarni misol sifatida keltirish mumkin. Masalan, Abdulla Qodiriyning ―Mehrobdan chayon romanida shunday jumla keltiriladi: “Mirzo Anvar kabi donishmandni yetishtirgan kishi oqila va jamila qiz tarbiya qilmaganmikin, degan andishaga boribdilar”. Koʻrinib turibdiki, ushbu soʻz ot soʻz turkumiga bitishuv yoʻli bilan tobelanib sifat soʻz turkumi vazifasida kelmoqda. Arab tilida oʻzlashgan yana bir soʻzning tarixiy taraqqiyotiga nazar tashlash bilan tahliliy maʼlumotlarni davom ettirishni maʼqul topdik. Masalan, ―zomin so’zining arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ―kafil ma‘nosini beradi. Ushbu so’z izohli lug’atda ―ro’y bergan ko’ngilsiz ishga sababchi, aybdor deya izoh berilgan. Bizning fikri ojizimizcha, bu arab tilidagi kafil ma‘nosidan biroz farq qiladi. Chunki lug’atda kafil so’ziga ―kafolat beruvchi shaxs ma‘nosida biror narsa yoki biror kimsa haqida boshqalarni ishontirib, mas‘uliyatni, javobgarlikni o’z ustiga oluvchi, kafolat beruvchi shaxs deb ta‘rif berilganligi ilmiy asarlardagi misollar orqali asoslab berilgan. Masalan: Men Ergashning yaxshi do’st bola olishiga kafilman. Bu so’z ham atoqli ot sifatida ishlatilib, o’rin-joy ma‘nosini bildirib kelganligini keyingi misolda koʻrishimiz mumkin. Misol uchun,“Zomin tumanining shimoli, markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, janubi-g’arbi qir, adir va tog„lardan iborat”. Bundan tashqari, ushbu soʻzning birikma holatdagisi ham ishlatilib, barqaror birikmalarni tashkil etadi. Bunday holatda oʻz maʼnosidan tashqari boshqa leksik maʼno ifodalovchi soʻzlar bilan ham maʼnodoshlik vazifasini bajarib keladi.



Download 39.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling