Mundarija: kirish I bob. Arab tilidan kirib kelgan so’zlardagi ko’p ma’nolilik va bir ma’nolilik belgilari


II BOB. ARAB TILIDAN O’ZLASHGAN SO’ZLARNING LUG’AVIY-MA’NOVIY XUSUSIYATLARI


Download 36.38 Kb.
bet4/6
Sana28.03.2023
Hajmi36.38 Kb.
#1303746
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab tili

II BOB. ARAB TILIDAN O’ZLASHGAN SO’ZLARNING LUG’AVIY-MA’NOVIY XUSUSIYATLARI
2.1. O’zbek tili taraqqiyotida arab xalqlarning lisoniy ta’siri va arab so’zlarining lug’aviy ma’nolari
Xalqaro munosabatlar, iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar taraqqiyoti va ularning soamaralari ana shu xalqlarning tillari leksikasida ham o'z ifodasini topgan bo'ladi. Bunday hodisalarning ahamiyatya va roliga bag'ishlangan son-sonoqsiz tadqiqotlar mavjud. Lekin shunga qaramay, bu boradagi bahs va qizgin munozaralar barham topmagan. Chunki so'z o'zlashtirish masalasida tilshunoslar hanuzgacha qat'iy to'xtamga kelganlari yo'q qariyb 300 yildirki, tillarning o'zaro ta'siri qonuniyatlarini o'rganish, ularning o'zlashgan tillardagi roli va funksiyalarini belgilash kabi bir qator masalalar dunyo tilshunoslari tomonidan o'rganilib kelinmokda.
O’zbek tili lug’at tarkibidagi arab o’zlashmalari asrimizning 50-yillarida boshqacha mafkura ta’sirida o’shanga moslab o’rganilagan edi, unda ko’pgina arab so’zlariga salbiy munosabatda yondoshilib, ular rus va rus tili orqali o’zlashgan boshqa yevropacha lug’aviy birliklar bilan zo’rma-zo’raki almashtirilgan. Arab lug’aviy birliklarining baynalmilal “qobiliyati” va imkoniyatlari ochiq-oydin inkor etilgan edi.
S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko’p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan, jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo’lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy, sinonimik, so’z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir.
Turkiy tillar bo’yicha jiddiy va yirik tadqiqot ishlari olib borgan professor N.K.Dmitriev arab va turkiy tillar aloqasi masalasining qadimdan dolzarb muammo sanalganini alohida ta’kidlaydi. Olim boshqird tiliga o’zlashgan arab lisoniy elementlariga imtiyoz bergan holda, bu til leksikasidagi arabcha so’zlarni faol va nofaol qatlamlarga ajratadi. Arab lug’aviy birliklarining aktiv qatlami deganda atoqli(kishi ismlari) otlarni, diniy va kundalik turmush bilan bog’liq tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarni nazarda tutadi. Passiv qatlam tushunchasi ostida adabiy til bilan ish ko’ruvchi ayrim shaxslar leksikonidagina uchraydigan arab o’zlashmalarini ko’zda tutadi.
N.K.Dmitriev e’tirof etgan mazkur fikr o’zbek tili leksikasidagi arab lug’aviy o’zlashmalari uchun ham daxldordir. Darhaqiqat, o’zbek tili leksikasidagi ko’pgina so’zlar kishi ismlari maqomida faol ishlatiladi. Malohat, Salomat, Ra’no,
Boqi, Ali, Muhammad, Muborak va boshqalar. Ziyolilar nutqida, ayniqsa, poetik nutqda ko’pchilik tomonidan ishlatilmaydigan arab o’zlashmalari ham uchrab turadiki(masalan: oraz, mansura, tatabbu, ta’riz va hokazolar), ular o’zbek tili leksikasidagi arabcha so’zlarning nofaol-passiv qatlamini tashkil qiladi. Bunday qatlamga mansub so’zlarning o’zbek tiliga badiiy nutq orqali o’zlashganligi o’z- o’zidan aniq.
Bir tildan boshqa bir tilga so’z o’zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslik fanining muhim muammolari sirasiga kiritadi. Qozon tilshunoslik maktabining namoyondalaridan biri V.A.Bogoroditskiy esa o’z tilni o’rganishda boshqa tilning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi. Tillarning o’zaro ta’siri, bir tildan boshqa bir tilga lisoniy birliklarning o’zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ha e’tiborli o’rinda turadi. Xususan , u arab va arab bo’lmagan boshqa tillardan ot turkumiga xos so’zlarning o’zlashishi, bunday sotsiolingvistik jarayonda o’zga til leksemalarining morfologik qiyofasidagi o’zgarishlar haqida qimmatli fikrlar bildiradi.
Mustaqil O’zbekistonimizning birinchi prezidenti Islom Karimov O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’liga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday degan edi: “ Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko’z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo’qligini afsus bilan aytishga to’g’ri keladi”.1 Jahondagi rang-barang tillar dunyosining tirikchilik tarixi shuni ko’rsatadiki, tilning taraqqiyoti barcha davrlarda siyosiy tuzumning milliy tilga qanday munosabatda bo’lishiga bog’liq bo’lgan. Bordi-yu, tilga davlatning munosabati ijobiy bo’lsa, tilning rivoji tezlashgan, u boyib brogan, bordi-yu, davlat tilga nopisand munosabatda bo’lsa, til rivoji sekinlashgan yoki deyarli to’xtagan, muloqot va hissiyot quroli sifatidagi vazifasi barham topgan, hatto o’lik tilga aylangan.
O’zbek xalqi o’z tilini qalbidagi tengsiz gavhar, tabiat in’om qilgan qutlug’ ne’mat sifatida asrlar davomida ardoqlab, saqlab, uning boyish, rivoji uchun qayg’urdi va kurashdi. Bu o’rinda Yurtboshimizning quyidagi fikrini eslash o’rinlidir: “…Ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar mobaynida tilimizni, dilimiz va dinimizni, o’zbekning o’zligini har tomonlama asrab-avaylab, barkamol avlodlarni voyaga yetkazdilar. Bunday fazilatlar asl e’tiboriga ko’ra bizning zahmatkash xalqimizga munosibdir va bu bilan har qancha g’ururlansak arziydi”.2 Tilimizga bosim o’tkizilgan qiyin sharoitda ham o’zbek tili va o’zbek tilshunosligi imkoniyat datajasida rivojlandi, o’zbek tilining lug’aviy, fonetik, semantik, grammatik xususiyatlari, uslubiy imkoniyatlari, tarixi haqida tadqiqotlar olib borildi. “Hozirgi zamon o’zbek tili” (1956), “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (ikki jildli, 1966), “Ozbek tili grammatikasi” (ikki jildli, 1975), “O’zbek dialektologiyasidan materiallar” (I jild, 1957, II jild 1960), “O’zbek shevalari leksikasi” (1966), “O’zbek tilining izohli lug’ati” (ikki jildli, 1981) kabi fundamental tadqiqotlar yaratildi. Endilikda tilga olingan tadqiqotlar nafaqat o’zbek tili va tilshunosligi, balki o’zbek xalqining ilmiy-ma’naviy boyligiga aylandi.
Bugungi jadal globallashuv jarayonlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji misli ko’rilmagan ko’lamlarni qamragan bir davrda bir tildan boshqasiga so’z o’tmasligini tasavvur etishning o’zi mushkul.Turli davlatlar bir-biri bilan xilma-xil sohalarda “olish-berish” muomalasidan qochib qutulolmaydi. Bu bugungi dunyoning inkor etib bo’lmaydigan lisoniy-mantqiy haqiqatlaridan biridir.
O'zbek tili taraqqiyotida boshqa xalqlarning lisoniy ta'siri, xususan, leksik qatlamda yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, 90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar tilga, uning leksikasiga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Natijada muayyan bir tillardan o'zlashgan so'zlarning mavqei pasayib, iste'moldan chiqdi, ularning o'rnida allaqachon istorizm va arxaizmga aylangan arabcha so'zlar yana ishlatila boshlandi. Masalan: jumhuriyat, jamoat,muxolif, majlis, viloyat, jarida, muallif, noshir, noib, fuqaro, muxtor, nohiya,muassis, tijorat, shirkat, hokim, jjjj vazir va boshqalar.
Masalaga mazkur nuqtai nazar asosida yondoshilganda, o'zbek tili leksikasidagi arabcha so'zlarning barchasini o'zlashgan desak, xato bo'lmaydi. Chunki arab o'zlashmalarining deyarli barchasi o'zbek adabiy tilining fonetik va grammatik konuniyatlari ta'siriga beriladi, ayniqsa, ular turlanish sistemasida o'zbek tilining o'z so'zlari bilan teng maqomda ishtirok etadi, zero ular chin ma'noda o'zlashgan lug'aviy birliklardir.
O'zbek tili leksikasidagi ba'zi o'zlashmalar poetik jihatdan boshqacha qiyofaga kirib, ularning aslida arabcha so'zlar ekanligi unutiladi. Masalan, yorug'lik, chiroq ma'nolaridagi barq ¿j (so'zi) so'zi (barq urmoq) Fe'l yasovchi -i affiksini qabul qilgan va sof o'zbekcha so'zga aylangan. U r tarzidagi tovush o'zgarishi bilan (balqimoq) ishlatilganda, uning asli mutlaqo inkor etiladi va yasovchi asosi arabcha ekanligi sezilmaydi.
R.A.Budagov lug'aviy o'zlashmalarning o'z tildagi shakli bilan so'z qabul qilgan tildagi shakli 8 funksional qiymat bilan munosabatga kirishi haqida fikr bildiradi. Bu fikrni o'zbek tilidagi arabcha so'zlar tabiati ham to'la tasdiqlaydi. Xususan: a) arab tilida konkret ma'noda ishlatilgan lug'aviy birlik o'zbek tilida mavhum ma'no bildiradi (soxib (ega), ayyom (kunlar), mavj (to'lqin)); b) arab tilida
jins ma'nosida ishlatiluvchi so'z o'zbek tilida tur ma'nosida qo'llanadi: murabbo (murabbo, marmalad), ayol (bola-chaqa, oila-ayol(xotin), maraz (umuman kasallik, dard)-maraz (yaramas, razil inson); v) arab tilida bir ma'noda ishlatilgan so'z o'zbek tilida polisemantik xarakter kasb etadi (g'alayon, bisot); g) arab tilidagi otdan o'zlashgan ba'zi so'zlar o'zbek tilida uslubiy muqobiliga ega bo'lmaydi (anhor, anqo, araq, ariza, aruz); d) arab tilida noarxaik tavsifdagi lug'aviy birlik o'zbek tilida arxaiklashgan bo'ladi; (qozi, firqa, ishtirokiga, xikmat (fizika); o) arab tilida lug'aviy mustaqillikka ega bo'lgan so'z o'zbek tilida lug'aviy mustaqilligini inkor etadi (almisoq(dan beri), 6) arab tilida lug'aviy birlik ba'zan o'zbek tilida so'z tavsifida bo'ladi (lisoniy, lug'aviy, sifat, fe'l, taqriz); k) arab tilida so'z holida ishlatiluvchi birlik o'zbek tilida so'z birikmasi tarkibida qo'llanadi (nazar solmoq, avf etmoq, xayol surmoq, bahridan o'tmoq);

Download 36.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling