Mundarija кirish: I bob. Asosiy qism
Download 1.76 Mb.
|
Xxxxxx xxxxxxxx fiz-kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.2. Gess qonuni va Kirxgoff qonuni.
Ishning maqsadi
1. Issiqlikni kalorimetrik metodda o`lchash usuli bilan tanishish. 2. Tuzning erish issiqligini topish . 3. Susiz tuzdan kristallogidratlar hosil bo`lish issiqligini topish. Ish uchun kerakli jixozlar Aralashtirgich o`rnatilgan D’yuar idishi; 0,5l li kolba; Bekman termometri; tuz solish uchun probirka; shisha tayoqcha; analitik tarozi, 1 minutga mo`jjallangan qum soat. Kaliy nitrat; mis kuporasi; suvsiz mis (II)-sulьfat. Asbobning tavsifi Tuzning erish issiqligini topish uchun kalorimetrdan foydalansa bo`ladi (5- rasm). 500ml li Dьyur idish (1) og’zi probka (3) yordamida Bekman termometri (4) o`rnatiladi va tuz solish uchun probka (ampula) (5) mahkamlanadi, probkaning ichida shisha tayoqcha (6) bo`ladi. Eritma (7) bilan aralashtiriladi. Kalorimetrning doimiyligini topish Kalorimetr ichida bo`ladigan jarayonning issiqlik effektini hisoblash uchun kalorimetr doimiyligini, aralashtirgich, suv va tuz solingan probirka bilan birgalikda 10S ga isitish uchun kerak bo`lgan issiqlik kaloriya hisobida bo`lishi zarur. Δt darajaga isitish uchun Q = KΔt Issiqlik kerak bo`ladi. Kalorimetr doimiyligi K ni erish issiqligi maьlum bo`lgan biror tuz, kaliy nitratning, erish issiqligidan foydalanib topsa bo`ladi. Buning uchun (6-7 g) kaliy nitrat tuzini xovonchaga solib, yaxshilab tuyiladi. Ichiga tayoqcha solingan bo`sh ampulaga bir gramgacha aniqlikda tortiladi, ampulaga taxminan Kristallogidratning hosil bo’lish issiqligini quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: Hh.b.kristallogidrat= Herish suvsiz-Herish kristallogidrat I.2. Gess qonuni va Kirxgoff qonuni. Gess qonuni. Gess qonuni termodinamika 1-qonunining matematik mahsuli bo‘lib, termokimyoning nazariy asosini tashkil qiladi. Gess qonunining quyidagi ta’riflari bor: -kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti (ichki energiya o‘zgarishi) dastlabki va oxirgi moddalar holati bilan tarkibiga bog‘liq bo‘lib, reaksiya olib borilgan yo‘lga bog‘liq emas; -har qanday yopiq jarayon uchun (sistema dastlabki holatga qaytadigan) izoxorik yoki izobarik jarayonlarda chiqarilgan yoki yutilgan issiqlikning algebraik yig‘indisi har doim nolga tengdir. Yopiq siklik sistemalarda holat funksiyalari o‘zgarmaganligidan dU 0; dH 0 ; (10) yuqoridagi ikki ta’rif kelib chiqadi. Termokimyoviy tadqiqotlarda termodinamikaning 1-qonunini turli fizikkimyoviy jarayonlarning (kimyoviy reaksiyalar, fazaviy o‘tishlar, kristallanish jarayonlari, erish, bo‘kish, ho‘llanish va boshqa jaryonlar) issiqlik effektlarini hisoblashga tatbiq qilinishi ko‘rib chiqiladi. Izoxorik va izobarik jarayonlardagi reaksiya issiqligi reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi (ushbu jarayonlarda faqat kengayish ishi bajarilishi mumkin). 22 Endotermik reaksiya issiqlik yutilishi bilan boradi va musbat bo‘ladi. Ekzotermik reaksiya issiqlik chiqishi bilan boradi va manfiy deb qabul qilingan. (7) tenglamadan p = const da H = U+pV va W = nRT (11) tenglamadan: H=U+nRT (12) U ma’lum bo‘lsa (11) tenglamadan H ni topish mumkin. Agar reaksiya kondensirlangan (suyuq va qattiq) fazalarda borayotgan bo‘lsa, H va U lar orasidagi farqni hisobga olmasa bo‘ladi, chunki hajm o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. Termokimyoviy tenglamalarni yozayotganda reagentlarning agregat holatlari va reaksiyaning issiqlik effekti ko‘rsatiladi: Gess qonuni bo‘yicha ikkita reaksiyaning issiqlik effekti ma’lum bo‘lsa, uchinchisini aniqlash mumkin:1-yo‘l bo‘yicha borayotgan reaksiyaning issiqlik effekti 2-yo‘ldan borayotgan 2 ta reaksiya issiqlik effektlarining yig‘indisiga teng. Gess qonunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. –Lavuaze-Laplas qonuni. Kimyoviy birikmaning parchalanish issiqlik effekti H21. Uning hosil bo‘lish issiqlik effekti H12 ga. Absolyut son jihatidan teng bo‘lib, ishora unga qarama-qarshi qiymatga egadir. Yopiq jarayon bo‘lgani uchun (1-2-1), Gess qonuni bo‘yicha: H = H12+H21 = 0, bundan H12 = H21 (13) –Ikkita reaksiya borayotgan bo‘lsa va u har xil oxirgi holatga olib kelsa, bu ikki reaksiya issiqlik effektlarining ayirmasi 1-oxirgi holatdan 2-siga o‘tish issiqlik effektiga H32 teng. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling