Mundarija kirish I bob. Biologik ta’limning umumiy xususiyatlari


Download 85.15 Kb.
bet4/15
Sana04.11.2023
Hajmi85.15 Kb.
#1746214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BIOLOGIK TA’LIMNING UMUMIY XUSUSIYATLARI

Uzluksiz ta'lim- malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi to’zilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Uzluksiz ta'lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
ta'lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash
tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi.
Uzliksizlik- bu matabgacha ta’lim bilan boshlang’ich ta’lim, boshlang’ich ta’lim bilan umumiy o’rta ta’lim, umumiy o’rta ta’lim bilan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi orasidagi ta’lim mazmunida buzilish bo’lmasligi, ya’ni keyingi ta’lim turi mazmuni oldingisini uzliksiz davom ettirilishi tushuniladi.
Ta’limda uzviylik deganda ikki xil ma’noda qo’llaniladi.
Birinchidan, ta’lim turlari o’rtasidagi uzviylik. Bunda ta’limning keyingi turi mazmuni avvalgisini faqat davom ettirishi, qisman takrorlab, mazmun jihatidan uzviy bog’langan xolda keyingi ta’lim turlarida davom ettirishi kerak.
Ikkinchidan, o’quv fanlari orasida uzviylik.Buni fanlararo yoki predmetlararo bog’lanish deyiladi.
Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish. Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, inson-parvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Pedagog kadrlarning obro‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv, shu jumladan, differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.
Shuni qayd etish kerakki, biologiyani o’qitish jarayonining birligi va yaxlitligini tasavvur etish uchun o’qituvchi o’zi pedagogik faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni e’tiborga olgan holda o’rganiladigan mavzuning didaktik (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanti-ruvchi ) maqsadlarini aniqlashi, mavzu mazmunidan o’rin olgan bilim (tushuncha, atama, g’oya, nazariya, qonuniyat)lar va o’quvchilarda tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni yoritib beradigan o’qitish vositalarini tanlashi, ulardan dars davomida o’z o’rnida samarali foydalanish yo’llarini loyihalashi zarur.



Download 85.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling