Mundarija kirish I bob. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o'ziga xos xususiyatlari


Download 117.62 Kb.
bet4/8
Sana31.03.2023
Hajmi117.62 Kb.
#1311584
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs

O’rta guruh.O’qitishning dastlabki oylarida maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik figuralar: doira va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarni miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar – bosh qotirgichlar (cho‘plardan-har xil geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirishi mumkin. 7 ta cho‘pdan 2 ta kvadrat tuz: 6 ta cho‘pdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuz; 7 ta cho‘pdan 3 ta uchburchak tuz; 5 ta cho‘pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish mumkinmi? Bu mashqlar bolaning topqirligini, xotirasini, tafakkurini, rivojlanish imkonini beradi. Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli. O‘quv yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini aniqlaydi. Geometrik figuralar haqidagi bilimlarni musahkamlash va aniqlash, shuningdek bolalarni kataklar bo‘yicha o‘lchashga mashq qildirish uchun katakli qog‘ozda kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi. Geometrik figuralar, shuningdek sodda shakldagi predmetlar (bayroqchalar, olxo‘rilar, olmalar va h.k.) ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 ta talimiy faoliyat ajratiladi. Figuralarni guruhlashda bolalar bitta belgi bo‘yicha mo`ljal olib, boshqa belgilarga e`tibor bermaydilar. Guruhlashga doir mashqlar o‘tkazganda bolalarning figura haqidagi bilimlarini sistemalashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin figuralarni guruhlarga ajratish, so‘ngra yumaloq figuralar orasidan doira va ovallarni, ko‘pburchaklar orasidan to‘rtburchaklar va uchburchaklarni ajratish kerak.
Nihoyat, to‘rtburchaklar orasidan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlarni topish
kerak. Bolalar ayrim shakllar orasida bog‘lanishlar o‘rnatadilar. Figuralar juftini tanlashga doir mashqlar shu maqsadda xizmat qiladi: uchburchaklar, to‘rtburchaklar va h.k. har xil rang va o‘lchamdagi, ammo bir xil proporsiyadagi figuralar, masalan, teng yonli uchburchaklar juft tashkil qiladi. Bolalarda har xil proporsiyadagi bir jinsli figuralarni taqqoslashadi. Bolalarga maishiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, «Topingchi, qatorda qaysi shakl ortiqcha», «Shakllarni tanlashda qanday xato qilishgan?» qator qilib qo‘yilgan 6 ta uchburchak orasidan bitta to‘rtburchak qo‘yilgan va h.k.). Qanday shakl yetishmaydi?» (uch to‘rt xil o‘lchamdagi uchburchaklar, to‘rtburchaklar qatorlarga joylashtirilgan, har qaysi qatorga predmetlar kattaliklari kichiklashib boradigan tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta figura yetmaydi). Bir guruhdagi shakllarning ikkinchi guruhdagi shakllardan farq qilishi alomatlarini topishga doir masalalar uchburchaklar, to‘rtburchaklar va boshqa shakllar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, uchburchaklar to‘rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan jadvallardan foydalanish mumkin. Shakllar ikki-uch xil o‘lchamda va rangda berilgan.
Katta guruh uchun “Postlar qo‘yish” o‘yini bolalar ketma-ket mashq qilib turadilar. Boshlovchi oldinga boradi. Boshlovchi(qarsak chaladi) signal berganda oxirgi ketayotgan bola darhol to‘xtab qimirlamay postda turadi qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday qilib boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilagan tartibda portga qo‘yib chiqadi . Natijada bir geometrik shakl hosil bo‘ladi (katta, kichik to‘rtburchak qilib, uchburchak aylana) so‘ng bolalardan ular qanday shaklni yasaganliklarini so‘raladi. Oldin boshlovchi tarbiyachi bo‘ladi. Keyin yangi boshlovchi saylanadi va har bir bola boshlovchi bo‘lguncha qadar davom etadi.


Download 117.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling