Mundarija kirish I. Bob. Boʻshliqichlilar (Cnidaria) tipi umumiy tavsifi
Download 38.91 Kb.
|
tayyor
Korall poliplar (Anthozoa) sinfi. Korall poliplarga faqat dengizlarda o‘troq hayot kechiradigan 6000 dan ortiq bo‘shliqichlilardan iborat. Ko‘pchilik turlari koloniya hosil qiladi. Kattaligi har xil, yakka yashovchi poliplar bir necha mm dan bir necha o‘n sm gacha, ba′zan turlari 1 m gacha bo‘ladi. Korall poliplar nasl almashinmasdan rivojlanadi, ya‘ni faqat polip shaklida uchraydi; meduza davri bo‘lmaydi.
Tuzilishi. Tanasi gidropoliplarga o‘xshash, lekin ularga nisbatan murakkab tuzilgan. Yakka poliplarda silindrsimon tanasining yassi tovon qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koloniyali poliplarda har qaysi individ tovon bilan koloniya poyasiga yoki shoxiga yopishadi. Og‘iz teshigi polip tanasi uchki qismida joylashgan bo‘lib, sakkiz (sakkiz nurlilar kenja sinfi), yoki olti qirrali halqumga ochiladi. Halqum devori gastral bo‘shliqqa osilib turadi. Halqum og‘iz karra mikdorda paypaslagichlar bilan o‘ralgan (41-rasm)bo‘lib, og‘iznig nayga o‘xshash uzun diski devorini polip tanasiga botib kirishidan hosil bo‘lganligi tufayli ektodermal epiteliy bilan qoplangan. Halqum nayi va halqum teshigi bir tomonlama yassilashgan tirqishga o‘xshaydi. Halqumning bir uchida yoki ikkala uchida ham sifonoglif - og‘iz egatchalari joylashgan. Egatchalardagi kipriklar harakati tufayli gastral bo‘shliqqa suv kiradi. Halqumning boshqa qismi orqali suv gastral bo‘shliqdan oqib chiqadi. Gastral bo‘shliq endoderma bilan qoplangan, parda to‘siq - septa yordamida kameralarga bo‘lingan. Septaning bir tomoni tana devoriga yopishgan periferik kameralarni hosil qiladi; ikkinchi tomoni gastral bo‘shliqda erkin joylashgan. Shu sababdan gastral bo‘shliq markaziy qismi kameralarga bo‘linmagan. Septaning tana bo‘shlig‘ida erkin joylashgan qalinlashgan uchi mezenterial iplar deyiladi. Mezenterial iplarda hazm qilish fermentlari ishlab chiqaruyvchi bezli hujayralar joylashgan. Septalar endoderma bilan qoplangan mezogleydan iborat. Ular soni paypaslagichlar soniga teng bo‘ladi. Koloniya bo‘lib yashovchi korall poliplar ohak, ba‘zan muguz (sakkiz nurlilar) skelet hosil qiladi. Ko‘pchilik yakka korallar skeleti bo‘lmaydi. Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyda tarqoq joylashgan mikroskopik ohak ninalardan iborat. Qizil korall tanasidagi skelet ninalari o‘zaro yopishib, birmuncha tig‘iz skeletni hosil qiladi. Yakka yirik korallar (aktiniyalar)ning skeleti bo‘lmaydi; asta-sekin harakatlanishi bilan kolonial korallardan farq qiladi. Ularning paypaslagichlari ayniqsa sezgir bo‘ladi. Aktiniyalar ta‘sirlansa tanasi qisqaradi; paypaslagichlarini tortib olib, yumaloqlanadi. Aktiniyalar - yirtqich; qisqichbaqalar va mollyuskalar bilan oziqdanadi. O‘ljasini paypaslagichlari yordamida tutib, otiluvchi ipchalari yordamida falajlaydi. So‘ngra aktiniya og‘zini katta ochadi va halqumining bir qismini tashqariga chiqarib o‘ljani qamrab oladi. Ozig‘i tana bo‘shlig‘i va hujayra ichida (fagotsitoz) hazm bo‘ladi. Download 38.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling