Mundarija. Kirish I bob. Davlat mustaqilligi va inson erkinligi qomusi


Download 1.01 Mb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1632045
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8 nomer akbar


Mundarija.
Kirish…………………………………………………………………………2..4
I bob.Davlat mustaqilligi va inson erkinligi qomusi.
1.1.O’zbekiston Respublikasi Prezdenti konstitutsiya haqida umumiy ma’lumot………………………………………………………………………5…9
1.2. Konstitutsiyaning qabul qilinishi va unda aks etgan xususiyatlar……10…14
II bob. O’zbekiston Respublikasining mazmun va mohiyatini belgilovchi asosiy g’oyalar.
2.1 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishi va sifatini belgilovchi mezonlar. …………………………………………………………………15…19
2.2.Yangilangan konstitutsiya haqida……………………………………20…29
Xulosa……………………………………………………………………30….31
Foydanilgan adabiyotlar…………………..………………………………32
Ilovalar…………………………………….…………………………. .33…..34

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-moddasidan.Gulhayo yoshligidan rasm chizishga qiziqadi. Maktabda o‘qib yurgan kezlarida tasviriy san’at to‘garagida mahoratini oshirdi. Ayniqsa, uning “Kuz manzarasi”, “Ona va bola”, “Qishloq” kartinalari muxlis va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.U turli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Toshloq iqtisodiyot kollejining 1-bosqichida tahsil olayotgan Gulhayo barcha yutuqlarini Bosh qomusimizda belgilab berilgan kafolatlar bilan bog‘laydi.Barcha tengdoshlarim qatori mening hayotimda ham Konstitutsiyaning o‘rni katta, – deydi G.Ma’murjonova. – Bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganish, ishlash, dam olish va davolanish, chet ellarga chiqish imkoniyatlariga egaman. Mustaqil O‘zbekiston farzandi sifatida orzularimga yetishish yo‘lidagi barcha eshiklar men uchun ochiq ekanini bilaman va g’ururlanaman.Maqsadim, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, barkamol avlodning biri bo‘lib yetishish, el-yurt ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish.
Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi: Aytish kerakki, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 17-19 avgust kunlari “Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi O‘zbekiston Prezidentining xorijga qilgan birinchi mustaqil – tarixiy tashrifi edi”. Yurtboshimiz Hindistonda bo‘lgan bir paytda – 19 avgust kuni o‘zini “Davlat favqulodda holat qo‘mitasi”, ya’ni GKChP deb atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to‘ntarishini sodir etishga qaratilgan murojaati e’lon qilindi.Afsuski, O‘zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKChPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix buni yaxshi eslaydi.Bu voqealarning davomi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining so‘zboshi qismida shunday bayon etilgan:
“Prezident Islom Karimov GKChP e’lon qilinganini Agrada eshitib, 19 avgust kuni zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni hamda Markazdan kelgan 3 nafar general kutib oladi.Bu o‘sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga mutlaqo zid bo‘lib, tagdor siyosiy ma’noga ega edi.Islom Karimov aeroportdan to‘g‘ri hukumat binosiga kelib, kechqurun hukumat a’zolari bilan uchrashdi hamda O‘zbekiston SSR hududida GKChPning qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko‘rsatma berdi. Shu tariqa GKChP gumashtalari O‘zbekitston hukumati nomidan qabul qilgan barcha hujjatlarni bekor qildi”.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling