Mundarija kirish I bob. Dramaturgiya janri va uning o’ziga xos xususiyatlari
Download 267.5 Kb.
|
Irodaxon 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. JADID DRAMALARINI ADABIY TA’LIMDA O ‘RGATISH. 2.1. Jadid dramalarini o‘qitishning dastur va darsliklardagi ifodasi.
I BOB. BO’YICHA UMUMIY XULOSALAR.
Muxtasar qilib aytganda, teatr – dunyo, dunyo esa tomoshaxona. Sahna aylangani kabi dunyo ham hamisha aylana harakatda. Kelajakni ko’zlagan odam o’tmishni, kechmishni o’ylashi, bugunini rostlashi zarur. Kelajak o’tmishdan boshlanishi ma’lum gap. Mustaqil davlatning poydevorini mustahkamlar ekanmiz, o’tmishdan, xususan, yaqin tarix namoyondalari bo’lmish jadidlar faoliyatidan ibrat olmog’imiz darkor. Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham alohida ta’kidlab o’tishgan. Jadidlar faoliyatidan o’rnak olish, ularning asarlarini keng miqyosda ommaga yetkazish uchun xalqaro miqyosda ilmiy konferensiyalar ham tashkillangan. Bizga ulardan juda kata meros qolgani, shubhasiz. Ularning ibrati aytgan purma’no so’zlari hamda bajargan ishlarida qoldi. Jadid bobolarimiz o’z g’oyalarini, saboqlarini biz – yoshlarga o’z asarlari, she’rlari, sahna asarlari orqali meros qilib qoldirdi. Ularni o’qib-o’rganish, asar mohiyatini anglash, ulardagi asl ma’nolarni o’quvchilarga yetkaza olish esa biz uchun ham qarz, ham farzdir. II BOB. JADID DRAMALARINI ADABIY TA’LIMDA O ‘RGATISH. 2.1. Jadid dramalarini o‘qitishning dastur va darsliklardagi ifodasi. Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng jadid dramaturgiyasi maktab darsliklaridan o’zining mustahkam o’rnini egallay boshladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida umumta’lim maktablarida o’quvchilarning tanishadigan ilk dramatik asari Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Burungi saylovlar” dramasi edi. 7-sinfda Hamza Hakimzoda Niyoziyning mazkur dramasini o’rganishga 5 soat vaqt ajratilib, quyidagicha taqsimlanadi: Kirish mashg’uloti – 1 soat. Matn ustida ishlash – 1 soat.Dramaning mavzusi, g’oyasi, obrazlarga tavsif – 1 soat. Dramaning badiiy xususiyatlari – 2 soat. Maktab darsligida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Burungi saylovlar” dramasidan so’ng berilgan yana bir jadid dramasi bu Komil Yashinning “Nurxon” dramasidir. Maktab dasturida “Nurxon” dramasini o’rganish uchun 5 soat vaqt ajratilgan. Bu soatlar esa dasturda quyidagicha taqsimlangan: Kirish mashg’uloti – 1 soat. Matn ustida ishlash – 1 soat. Dramaning mavzusi, g’oyasi, obrazlarga tavsif – 1 soat, Dramaning badiiy xususiyatlari – 2 soat54. 2008-yilda nashr etilgan umumta’lim maktablarining 8-sinflari uchun adabiyot darsligida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” dramasi berilgan bo’lib, dasturda uni o’rganish uchun jami 6 soat ajratilgan. Dastur hajmidagi materiallar quyidagicha taqsimlash tavsiya etilgan: Hamza – o’zbek adabiyotining asoschilaridan biri. Hayoti va ijodi – 2 soat. Hamza haqida zamondoshlari. Hamza obrazi – 1 soat. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asarini o’rganish – 3 soat. Pyesani o’rganish uchun ajratilgan soatlarni quyidagicha taqsimlash mumkin: Matn ustida ishlash – 1 soat. Asarning mavzusi, g’oyasi, obrazlarga tavsif – 1 soat. Asarning badiiy xususiyatlari – 1 soat55. Davr o’tishi bilan maktab darsliklariga zamon va talabga munosibroq bo’lgan boshqa jadid dramalaridan namunalar keltirilgan bo’lib, ularni tanlashda o’quvchilarning Yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi inobatga olingan. Shularni nazarda tutgan holda hozirda maktab darsliklarida Fitrat ham Behbudiyning sahna asarlaridan namunalar keltirilgan. Bugungi kunda umumta’lim maktablarining 10-11-sinf adabiyot darsliklarida jadid ijodkorlarining dramalaridan namunalar keltirilgan bo’lib, ular quyidagilar: 1. 10-sinf adabiyot darsligi. Mualliflar: Boqijon To’xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Toshkent. 2017-yil. Ushbu darslikda o’zbek dramaturgiyasi asoschisi Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi keltirilgan. Dasturda bu mavzular uchun jami 4 soat ajratilgan bo’lib, ulardan 1 soat dramaturgning hayoti va ijodiy faoliyatini o’rganish uchun; 1 soat drama matni bilan tanishib chiqish uchun; 2 soat dramani tahlil etish uchun ajratilgan. 2. 11-sinf adabiyot darsligi. Mualliflar Boqijon To’xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Toshkent. 2018-yil. Mazkur darslikda jadid adabiyoti vakili Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Abulfayzxon” dramasi keltirilgan bo’lib, dasturda ijodkor va uning asari uchun jami 4 soat ajratilgan. 1 soat Abdurauf Fitratning hayotiy va ijodiy faoliyatini o’rganish; 3 soat dramadagi asosiy qahramonlar talqini, asarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari va ma’rifiy ahamiyatini o’rganish uchun ajratilgan. Download 267.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling