Mundarija: kirish I. Bob. Ekologiya sohasidagi dfavlat boshqaruvi tushunchasi


Ekologiya sohasidaagi davlat boshqaruvi organlari vakolatlari


Download 85.31 Kb.
bet3/11
Sana21.09.2023
Hajmi85.31 Kb.
#1683894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi-www.hozir.org

1.2. Ekologiya sohasidaagi davlat boshqaruvi organlari vakolatlari 
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari deganda, ularning shu sohadagi faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar:
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me'yoriy hujjatlarni qabul qilish yo`li bilan davlat organlari qonun va hukumat qarorlaridagi qoidalarni yanada rivojlantiruvchi va detallashtirilgan idoraviy normativ hujjatlar qabul qiladilar. Masalan, O`z-bekiston Respublikasining Soliq kodeksida yer solig`iga oid me'yorlar kiritilgan va uning 99-moddasiga muvofiq, yer solig`i stavkalari O`zbekis-ton Respublikasi Vazirlar Mashkamasi tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari yer solig`ini shisoblash va undirish bo`yicha munosabatlar O`zbe-kiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi tomonidan 2002-yil 21-yanvarda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 27-mart 2002-yil 1118 raqam bilan davlat ro`yxatiga olingan “Yer solig`ini shisoblash va tilash tartibi to`grisida”gi Yo`riqnoma bilan tartibga solinadi. Idoraviy me'yoriy hujjatlar asosan me'yoriy hujjatlarda texnik va tabiiy fanlar talablarini kiritish lozim bo`lganda qabul qilinadi. Bunday yo`riqnomalar geologiya va konlardan foydalanish sohasida ko`p qabul qilingan.
Davlat organlari atrof tabiiy muhitning muhofazasini ta'minlovchi normativlarni qabul qiladilar. Bularga: suvda ifloslantiruvchi moddalar-ning yo`l qo`yiladigan darajada tiplanishi; atmosfera havosida ifloslan-tiruvchi moddalar va biologik organizmlarning yo`l qo`yiladigan darajada to`planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa zararli ta'sir ko`rsatishning yo`l qiyiladigan darajalari kiradi.
Ekologik standartlash orqali asosan ishlab chiqarilayotgan mahsulot-larning ekologik talablarga javob berishi belgilanadi. O`zbekiston Respub-likasining “Standartlash to`grisida”gi qonunining 8-moddasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Sog`liqni saqlash vazirligi standartlash organlari sifatida belgilangan va ular ekologik standartlashni amalga oshiradilar.
O`zbekiston Respublikasining “Sertifikatsiyalash to`grisida”gi va "Tabiatni muhofaza qilish to`grisida"gi qonunlariga muvofiq, ekologik sertifikatsiyalash sertifikatsiya qilinadigan mahsulotni belgilangan ekolo-gik talablarga muvofiqligini aniqlash bo`yicha faoliyatdir. Ushbu qonun-ning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya sohasidagi davlat organlarini va boshqa yuridik shaxslar ekologik sertifikatsiya qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi huzuridagi O`zbekiston Davlat stan-dartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi organlarida akkreditatsiya-dan o`tadilar, ya'ni ushbu faoliyatni amalga oshirish bo`yicha ruxsat beriladi.
Tabiiy obyektlar to`grisida ma'lumot yig`ish maqsadida davlat organlari ularning davlat hisobini amalga oshiradilar. Ushbu vakolat orqali tabiiy obyektlarning son va sifat ko`rsatkichlari, ya'ni ularning miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflari aniqlanadi. Tabiiy obyektlarni davlat hisobi tabiiy obyektlarning monitoringi (ularni kuza-tish), inventarizatsiya yoki foydalanishni ro`yxatga olish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad tabiiy obyektlar haqida to`gri va to`liq ma'lumotlar olish, ularning holatini aniq-lashdan iborat. Tabiiy obyektlarning miqdori va sifati, ularning huquqiy, tabiiy, xo`jalik holati, foydalanish darajasi to`grisidagi ma'lumotlar tizimi tabiiy obyektlar kadastrlari deb nomlanadi. Tabiiy obyektlar kadastrlari har bir tabiiy obyekt yuzasidan alohida yuritiladi va ularni yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Masalan, davlat yer kadastrini yuritish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15-moddasi, “Davlat yer kadastri to`grisida”gi qonuni, Vazirlar Mashkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastri yuritish tartibi to`grisidagi No`zomi va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda 736-raqam bilan ro`yxatga olingan ”Yer uchastkalarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`grisida”gi yo`riqnoma qo`llaniladi3.
Tabiiy obyektning kadastri shu tabiiy resursni idora etuvchi maxsus davlat organlari tomonidan yuritiladi va davlat budjeti mablag`laridan moliyalashtiriladi. Davlat kadastrini yuritishda tabiiy resurslardan foydalanuvchilardan olinadigan ma'lumotlarga asoslanadi, masalan, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yerdan foydalanishdagi o`zgarishlar to`grisida davlat organlariga ma'lumot berishlari lozim.
Davlat kadastri yagona tamoyillarga asoslangan holda yuritiladi: jumladan, qonuniylik, ya'ni ular qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda davlat boshqaruvi organlarining vakolatlarini va ularning faoliyatlarini belgilaydi; kadastrlarni yuritish bo`yicha chora-tadbirlarni o`tkazishning uzluksizligi; kadastrlarni yuritish tartibiga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish; kadastrga kiritiladigan ma'lumotlarning to`griligi uchun mas'ul shaxslarning javobgarligi.
Kadastr ma'lumotlarining ishonchliligini ta'minlash maqsadida kadastr materiallari vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi, masalan, tabiiy obyektning sifat va son ko`rsatkichlari o`zgarganda; yangi foydalanuv-chilarga tabiiy resurslar ajratib berilganda va boshqa hollarda aniqliklar kiritilib turiladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ishlari respublika xalq xo`jaligi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining rivojlantirish istiqbollarini belgilash chog`ida umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar tomonidan rejalashtiriladi. Masalan, o`zlashtiriladigan yerlar maydoni va ularni qishloq xo`jaligi, sanoat hamda boshqa maqsadlarga ajratish mo`ljallangandi. Bundan tashqari, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning maxsus rejalari tuziladi. Bular tarkibiga yer tuzish loyihalari, shaharlarning bosh rejalari, suv xo`jaligi balanslari, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish rejalari, o`rmon tuzish loyihalari va boshqalar kiradi. Tabiiy resurslardan foyda-lanish va ularni muhofaza qilishning maxsus rejalari umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar tomonidan tasdiqlanadi (Yer kodeksining 13-moddasi, “O`rmon ti”gi. qonunining 16-moddasi).
Tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash bu vakolatli organ-larning davlat mulki bo`lgan tabiiy resurslarni davlat nomidan tasarruf etib, ulardan foydalanishni tashkil etishdan iborat. Ushbu vakolatni amalga oshirish yo`li bilan davlat organlari tabiiy resurslarni foydalanishga ajratib beradilar va qaytarib oladilar. Yer uchastkalarini egalikka, foydalanishga va ijaraga berish to`grisidagi qarorlarni O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-7, 23-moddalariga muvofiq, Vazirlar Mashkamasi, mahalliy hokimiyat organlari qabul qiladilar. Suvlardan maxsus foydalanish bo`yi-cha ruxsatnomalar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi organlari tomonidan beriladi (O`zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foyda-lanish to`grisida”gi qonunning 27-moddasi). O`rmonlardan foydalanish huquqi esa o`rmon xo`jaligi davlat organlari yoki ular vakolat bergan o`rmon xo`jaligi korxona, muassasa va tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida vujudga keladi (O`zbekiston Respublikasining “O`rmon to`grisida”gi qonunning 20-moddasi). Tabiiy resurslarni foydala-nishga ajratib berish huquqiga ega bo`lgan organlar boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, ekologik talablarni buzganlik uchun hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarga ko`ra shunday foyda-lanishni bekor qilishlari mumkin.
Davlat organlarining tabiiy resurslarni hududiy joylashtirish vakolati tabiiy resurslardan foydalanishga berish to`grisidagi qarorlarni amalga oshirishga qaratilgan. Tabiiy resurslarni hududiy joylashtirish yer tuzish, o`rmon tuzish, qishloq xo`jaligining tabiiy moslashuvi jishatidan yerlarni rayonlashtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Masalan, yer tuzish ishlari orqali foydalanish huquqini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari joyida (naturada) ajratilib, chegaralari belgilanib beriladi. Tabiiy resurslarni hududiy joylashtirishga maxsus vakolatli organlar bo`lmish Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, Sanoatda, konchilikda va kommunal sektorlda ishlarning bexa-tar olib borilishini nazorat qilish Inspeksiyasi, o`rmon xo`jaligi organlari-ning vazifasiga kiradi. Ammo suv va hayvonot dunyosiga nisbatan mazkur vakolat amalga oshirilmaydi.
Ekologik nazorat vakolati tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etilishi ustidan kuzatuv va tekshiruvlar orqali amalga oshiriladi. Ekologik nazoratni umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari olib boradilar. Bugungi kunda ekologik nazorat to`grisida me'yoriy hujjat bilmasa ham, uni amalga oshiradigan organlarning vako-latlari “Tabiatni muhofaza qilish to`grisida”gi qonunda, Yer kodeksida, tabiiy resurslar to`grisidagi boshqa qonunlarda hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrai davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Sanoatda, konchilik-da va kommunal sektorlda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Inspeksiyasi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi to`grisidagi nizomlarda o`z aksini topgan. Bundan tashqari, ekologik nazoratni amalga oshirish cho-g`ida O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik yurituvchi subyektlar fao-liyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`grisida”gi 1998-yil 24 dekabr qonunning talablariga, shu jumladan ushbu qonunning 10-moddasi birinchi qismida ko`zda tutilgan tekshirishlar davriyligiga rioya etilishi lozimdir.
Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish chog`ida foydalanuvchilar, davlat organlari va boshqa shaxslar o`rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda davlat organlari qatnashadilar. Tabiiy resurslarning huquqiy holatini belgilovchi qonunlarda ushbu nizolarning hal qilinishi masalasi turlicha yoritilgan. Masalan, Yer tikodeksning 89-moddasida yer to`grisidagi nizolar faqat sud organlari tomonidan hal etili-shi belgilangan, “Suv va suvdan foydalanish to`grisida”gi qonunning 85-moddasida esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek suvlarni idora etuvchi maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar suvdan foydalanishga doir nizolarni hal qiluvchi organlar sifatida belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan vakolatlardan tashqari, aloshida tabiiy resurs-lardan foydalanish va ularning muhofazasi bo`yicha davlat boshqaruvi organlari maxsus vakolatlarni amalga oshiradilar. Masalan, qonun hujjat-larida suvlar zararli ta'sirining (suv toshqini, zax bosishi va hokazolarning) oldini olish, o`rmonlarni qayta ko`paytirish, yerlarning melioratsiyasini tashkil etish va hokazolar ko`zda tutilgan.

Download 85.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling