Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari


II bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati texnologik tavsifi


Download 182.73 Kb.
bet5/10
Sana31.01.2024
Hajmi182.73 Kb.
#1818665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot

II bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati texnologik tavsifi
2.1. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati korxona elevatorining texnologik tavsifi,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tavsifi
Elevator – bu butunlay mexanizatsiyalashgan don ombori bo’lib, donni saqlash, dastlabki ishlov berish amalga oshiriladi. Bunda yuqori samaradorlik bilan donni saqlash jarayoni olib boriladi. Elevatorni asosiy qismlari siloslar hisoblanib, bu korpusning maqsadi donni yo’qotishlar va sifatini pasayib ketishini oldini oladi.
“G’alla-Alteg” OAJ da mavjud elevatorning hajmi 27.000 tonna bo’lib, 3 ta silosli korpuslardan: 10.000 tonna, 10.000 tonna va 7.000 tonna hajmga ega, shuningdek, ishchi binoda donni tashish, dastlabki ishlov berish va tegirmonga uzatish uchun uskunalar o’rnatilgan.
Vertikal holatda donlarni aralashtirish uchun I-100 rusumli noriyalar (5 ta), gorizontal aralashtirish uchun LT-500 va LT-650 rusumli lentali transportyorlardan foydalaniladi. Temir yo’l transporti orqali elevatorga kelayotgan don xoperlar orqali qabul qiluvchi chuqur (yama) ga kelib tushadi, so’ngra, transportyor orqali 1-noriyaga kelib tushadi. Don DN-100 rusumli tarozida tortilib (2 ta), bir qismi tozalashga, qolgani saqlash uchun siloslarga tarqaladi.
Tarozida tortilgandan keyin VSh-8 qayiltirilgan (поворотный) trubalar orqali silosdan oldingi (надсепараторный) bunkerlarga kelib tushadi, undan buratlar yordamida yirik aralashmalar ajratib olinadi, keyin separator A1-BIS-100 uskunasida yirik, mayda va yengil aralashmalardan tozalanadi.
Separatsiyalangandan so’ng ZSSh-20 rusumli elakli separator yordamida yirik va mayda fraksiyalarga ajratiladi (1-bosqich). Keyingi bosqichlarda A1-BIS-100 va A1-BLS-100 uskunalarida don tozalanadi.
Don tozalangach bunkerlarga beriladi, pomol partiyalar tuzilib, lentali transportyor yordamida don massasi don tozalash bo’limiga beriladi.
Havodagi changni tozalash va normal texnologik jarayon kechishini ta’minlash maqsadida don tozalash bo’limi va elevatorda aspiratsion kolonkalar o’rnatilgan. Don chiqindilari va mayda fraksiyalar iste’molchiga temir yo’l va avtotransport orqali uzatiladi.

Download 182.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling