Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari


Download 182.73 Kb.
bet8/10
Sana31.01.2024
Hajmi182.73 Kb.
#1818665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot

Sayqallash jarayoni
Sayqallash jarayonida murtagidan, po’sti (qobig’i) bilan qo’shilib ketgan yormalar ajratib olinadi. Bu jarayonga mahsulotlar saralash boyitish jarayonidan keyin yuboriladi. Bu jarayondan so’ng yirik yormalar – o’rtacha→mayda→dunstlar-ga aylanadi.
Un tortish jarayoni
Bu jarayonda yorma-dunstlar un holigacha maydalanib, yakunlovchi texnologik jarayon hisoblanadi.
Un tortish jarayoni 6 ta sistemadan iborat bo’lib, unda vallarning parametrlari quyidagicha: Y=14º; V=5 m/s; R=sp/sp. 1,2,3 un tortishda hosil bo’lgan sxodlar 4-un tortish; 4-un tortish→5-un tortish→6-un tortishga beriladi.
Oliy navli un – 2-saralashdan, sayqallash sistemalaridan, 1,2,3 un tortish sistemalaridan olinadi.
I navli un – III – IV maydalash, 1,2,3 saralash sayqallash sistemalari, 3,4,5,6-un tortish sistemasidan olinadi.
II navli un – IV-V maydalash, 1,6-un tortish sistemalarida hosil bo’ladi. Un nazorati ZRSh-4M elaklarida, mahsulotlarni R3-BER entoleytorlari orqali zararsizlantirilib, qumoqlari maydalab yuboriladi. Entoleytorlardan 1,2,3 un tortish sistemlarining elaklaridan oldin o’rnatilgan.
Ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi haqida qisqacha ma’lumot
Bu yerda kelayotgan va qayta ishlangan mahsulotlar sifati, norma va standartlarga javob berish bermasligi nazorat qilinadi. Mutaxassislar donni qabul qilish (un-yormalar) iste’molchiga yuborilayotgan mahsulotning sanitarik holati, ishlab chiqaruvchi sexlarni holati baholanadi, talablarga javob berishi muntazam nazorat qilib turiladi.
Korxona ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi korxonaning asosiy tarmoqlaridan bo’lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
― kelayotgan xom-ashyo va mahsulotlarni norma va konditsiyalarga asosan sifatini baholash;
― iste’molchiga uzatilayotgan mahsulot standartlariga javob berishi bermasligini tekshirish;
― donga ishlov berish jarayonini nazorat qilish;
― ishlab chiqarish binolarini sanitar holatini baholash;
― mahsulotlarni chiqishini baholash;
― sifatini baholash.
Laboratoriya 3 ta bo’limdan tashkil topgan: don qabul qilish bo’yicha, un tortish va tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish bo’limlaridan iborat. Laboratoriya o’lchov tarozilar, don bo’lgichlar, diafanaskop, quritish shkaflari, laboratoriya elaklari, o’choq (печь) lar bilan jihozlangan.
Bu yerda quyidagi jurnallar yuritiladi:
― kelayotgan xom-ashyo sifati nazorati;
― texnologik jarayonni nazorat qilish jurnallari.

Download 182.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling