Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari
Download 182.73 Kb.
|
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyor mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari
- 2.2. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati mehnat muhofazasi,korxonaning texnik-iqtisodiy koʼrsatkishi
Xom-ashyo sifatining tavsifi
O’zbekistonning turli rayonlaridan qabul qilinadigan donlarning sifat ko’rsatkichlari o’rtacha quyidagini tashkil etishi kerak: ― namligi – 9-13 %; ― iflos aralashma – 1,0-2,4 %; ― donli aralashmalar – 3,0-5,6 %; ― natura og’irligi – 750 g/l; ― shaffofligi – 50-52 %. Tayyor mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari ― Un namligi – 15 % dan ko’p emas; ― Hidi – unga xos hid; ― Ta’mi – unga xos ta’m, begona ta’mning bo’lmasligi; ― G’ichirlamasligi kerak; ― Metallomagnit aralashmalar 1 kg da 3 mg gacha yo’l qo’yish mumkin; ― Zararkunandalar bilan zararlanishga yo’l qo’yilmaydi; ― Oliy navli un kuldorligi – 0,55 %; ― I navli un kuldorligi – 0,75 %; ― II navli un kuldorligi – 1,25 %. 2.2. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati mehnat muhofazasi,korxonaning texnik-iqtisodiy koʼrsatkishi Har bir korxona va muassasalarda sogʼlom va xavfsiz ish muhitini yoʼlga qoʼyish asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Shu navbatda donni qayta ishlash korxonalarida ham bu narsaga katta eʼtibor beriladi, shunki bu korxonalar portlash xavfi bor guruhga kiritilgan. Korxonada don tozalash va un tortish boʼlimlarida shang hosil boʼlish bilan keshadigan jarayonlar ketadi. Havo tarkibidagi changning ishchi zonadagi miqdori YoʼQBK (un changi uchun) – 6 mg/m3, don changi uchun esa – 4 mg/m3. Changlarni zararli taʼsirini kamaytirish uchun aspirattsiya va ventilatsiya usullaridan foydalaniladi. Havo almashinishiga qarab, umumiy va mahalliy turlariga boʼlinadi. Yilning sovuq paytlarida havo haroratini normalash uchun isitishdan foydalaniladi. Yoritilganlik – tabiiy va sunʼiy turlarga boʼlinadi. Binolarni yoritish uchun gaz razryadli, past va yuqori bosimli lampalar ishlatiladi. Elektr xavfsizligi – elektr qurilmalar insonga xavfli boʼlgani uchun signalizatsiya, ogohlantiruvshi plakat, belgilar bilan oldini olish mumkin. Elektr uskunalarning metall qismi himoyaviy “erga ulash”, “0” ga keltirish, izolyatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish shovqini va tebranishidan himoyalash – insonga salbiy taʼsir qilgani uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: ― vibroakustik faol uskunalarni olib tashlash; ― uskunalarni toʼgʼri montaj qilish; ― toʼgʼri foydalanish (eksplutatsiya); ― shovqin chiqaruvchi uskunalarni maxsus toʼsiqlar bilan berkitish; ― sanitar profilaktik chora-tadbirlar olib boriladi. Individual himoya vositalaridan foydalanish – ishchilarni changdan, silos va quduqlarda ish olib borilganda respirator, protivogaz, himoya koʼz oynaklaridan foydalanish zarur. Shikastlanish va kasalliklarni oldini olish uchun – toʼsiqlar, tormoz moslamalari, signalizatsiya, masofadan boshqaruv, belgi va signal ranglar yordamida amalga oshiriladi. Ishlab shiqarish korxonalarini joylashtirish, loyihalash – binoning sanitar-himoya zonalari ishlab shiqarish xarakteriga bogʼliq boʼlib, qayta ishlash korxonalari IV klassga kiritilgan, himoya zonasi – 100 m. Korxona maydoni atmosfera yogʼinlariga bardoshli, transport yoʼlaklari, yongʼin yoʼlakchalari, oʼtish yoʼllarining radius, burshaklari, ogʼish, gabaritlar, yoritilish, suv-kanalizatsiya joylari hisobga olinib loyihalanadi. Texnologik jarayonlarning avtomatizatsiyasi Oziq-ovqat sanoatida turli yengil texnologik vositalar, yangi mikroprotsessor, robot va manipulyatorlarni avtomatlashtirish muhim oʼrinni egallab kelmoqda. Avtomatlashtirishning asosiy masalalaridan biri – bu yangi texnologiyalarni yoʼlga qoʼyish, texnologik uskunalar sonini kamaytirish, mexanizatsiya va avtomatlashtirish darajasini oshirish hisoblanadi. Avtomatlashtirishning asosiy maqsadlaridan biri mehnat samaradorligini oshirish, shiqayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, resurslardan optimal darajada foydalanishni yoʼlga qoʼyib ishlashdan iborat. Oziq-ovqat sanoatida avtomatlashtirish 3 yoʼnalishda amalga oshiriladi: 1. Mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni ekspress analiz qilish uchun yangi uskuna va avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish; 2. Avtomatik sistema boshqaruvini yoʼlga qoʼyish; 3. Mikrooprotsessor jarayonlarni EHM lar yordamida jarayonlarni rostlash va nazorat qilish. Tegirmonning don tozalash boʼlimida avtomatlashtirish moslamalari quyidagi vazifalarni bajaradi: ― tozalangan don uchun bunker hajmini oʼlshovi; ― don sarfi va uzatish miqdorini rostlash URZ dozatori ishlatiladi; ― oqish transport mexanizmini boshqarish; ―yuvish mashinalarida PV-3 namlik oʼlchovi mashinalaridan foydalaniladi; ― II maydalash jarayoni oldidan dimlash sarfini oʼlshash; ― pnevmotransport v aspiratsion moslamalr ishini nazorat qiladi, barcha elektrodvigatellar PDU-2 pulti orqali boshqariladi; ― texnolgik jarayonalar optimal boshqarishini tashkil etishdan iborat. Download 182.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling