Mundarija kirish i-bob g`aznaviylar davlatining tashkil topishi


II-BOB G`AZNAVIYLAR DAVLATIDA BOSHQARUV TIZIMI


Download 359.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi359.5 Kb.
#1582956
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmning s

II-BOB G`AZNAVIYLAR DAVLATIDA BOSHQARUV TIZIMI
2.1 Mahmud G’aznaviy davrida G’aznaviylar davlati
G’aznaviylar davlati. G’aznaviylaraning siyosiy va kuch sifatida yuzaga kelishi va yuksalishi masalasida ham biz sovet tarixshunosligidagi mavjud ba’zi bir qarashlarni qabul qila olmaymiz. Chunki ilgari g’aznaviylarni (demak, ularaning zamonini ham), asosan, salbiy tomondan ko’rsatishga intilib kelingan, desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunonchi, bu sulola asos topgan G’azna viloyati “isyonkor turk lashkarboshilari”ga boylik orttirish uchun qulay joy sifatida sharhlanib, o’z-o’zidan shu yerda kuchga kirgan va mazkur shahar (viloyat) nomila tanilgan g’aznaviylar sulolasi tarixi ham go’yo huddi shunday maqsad yo’lida yuzaga kelgan va faoliyat ko’rsatganday bayon etilgan. Aslida esa tarixiy voqelik sabablari bir nechta.
Birinchidan, Ismoil Somoniydan keyin somoniylar orasidan har jihatdan yetuk, yuqori darajada siyosat yurg’iza oladigan arbob yetishib chiqqani yo’q. Buning oqibatida somoniylar o’z ichki, ya’ni sulolaviy imkoniyatlaridan ko’ra ko’proq mavjud siyosiy muhit qonun-koidalariga bog’liq bo’lib qolganlar. Siyosiy muhitni esa bu vaqtda nufuzli lashkarboshilarsiz Tasavvur qilib bo’lmasdi. G’azna viloyatidagi, kuchlar siyosiy faolligining oshishi va borrib-borib alohida bir sulola darajasiga ko’tarilishi ham huddi shunday yirik lashkarboshila nomi bilan bog’liq bo’lganini biz quyida yaqqol ko’ramiz.
Ikkinchi, Turkiston mintaqasida siyosiy taraqqiyotning o’ziga xos tomonlaridan biri-bu davrda xuddi madaniy hayotdagi kabi bir qator o’ziga yarasha kuchli davlat arboblarining, siyosiy sulolalarning yuzaga chiqishidir. Gap bu yerda shunday holning yaxshi-yomonligida emas, oqibatlaridan qatьi nazar, shunday vaziyat sodir bo’lgan va bu bilib qo’yilsa har jhatdat foydalidir.
G’aznaviylar sulolasi qandaydir “o’ljaparastlik” ketidan emas, balki mintaqada kechgan ijtimoiy­­­­-siyosiy munosabatlar muhitida yuzaga kelganligiga doir guvohliklar manbalarda yetaruli darajada topiladi. Yuqorida biz somoviylar saroyida yirik lashkarboshilar tutgav mavqe haqida aytib o’ggan. 961 yili somoniy hukmdor Abdumalik o’limidan so’ng vazirlar taxgga marhumning o’g’lini o’tkazadilar. Bunga, manba tili bilan aytganda “Somoniylar xonadoni uchun maqtovga loyiq xizmatlar qilib kelgan hamda noiblik va lashkarboshchilik yo’lini tuggan” Alptegin qarshilik qiladi. Shu tariqa davlat arkonlari va Alptegin o’rtasidagi muxoliflik kuchayib avjiga chiqadi. Lashkarboshi Buxoroni tark etadi. Xatto shundan keyin ham ziddiyatlar tugamay, oxirida Alptegin va Buxoro qo’shinlari o’rtasida to’qnashuv sodir bo’lib, buxorolik lashkar mag’lubiyatta
uchraydi. Somoniylar xonadoni va Movarounnahr bilan aloqani uzgan Alptegin G’azna viloyatini o’z hukmronligini o’rnatadi. Uning vaftidan (963) so’ng G’aznada navbati bilan Amir Is’hoq ibn Alptegin, Amir Bilgategin, Amir Piriy, Amir Sabukteginlar hukmronlik qiladilar. G’aznaviylar sulolasiga asos solgan ham aslida ana shu Sabuktegin bo’ladi. Shu bilan birga G’aznaning mintaqa siyosiy markazlaridan biriga aylanishda birinchi salmoqli qadamni Alptegin qo’ganini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Zikr qilinganidek Alptegin somoniylar bilan aloqani uzgan bo’lishiga qaramay somoniylar G’aznada mujassamlashgan va quloch yoyib borayotgan siyosiy-harbiy kuchga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Buning yaqqol isbotini Sabuktegin va somoniy Nux III (976—997) o’rtasida Kesh atrofida bo’lib o’tgan uchrashuv (bunda Sobuktegin Nuxni qo’llab-quvvatlashi haqida vada bergan) yo bo’lmasa 994 yili somoniylarning eng ashaddiy dushmanlaridan Abu Ali Simjuriyning tor-mor etilishida Sabuktegin tuggan asosiy o’rin orqali ko’rish mumkin. Sabukteginning obro’-e’tibori so’ngi yillarda shu darajada yuqori bo’lganki u “dinu davlat himoyachisi (Nosir ad-din va ad davla)” faxriy unvotni bilan mashhur edi.
G’aznaviylarning ham rasman, ham amalan siyosiy kuch sifatiad tan olinishi 996 yiliga to’g’ri keladi. Yuqorida qo’rib chiqilganidek, qoraxoniylar bir necha marta Buxoroga tahdid soladilar. Tilga olingan yili esa Sabuktegii somoniylarni qoraxoniylar “changali” dan saqlab qoladi. Somoniy Nux III raqib oldidagi zaifligini sezgan hodda unga murojaat qiladi. Sabuktegin esa Buxoroni qo’lga olib, qoraxoniylar bilan kelishuvga imzo chekadi. Bunga ko’ra Amudaryodan janubda joylashgan barcha viloyatlar Sabukteginning nomiga muxirlanadi. Uning vafotidan (997) keyin avqaliga taxgga bir oz muddat uni yg’li Ismoil va 998 yildan esa boshqa farzandi Mahmud chiqadi. G’aznaviylar qudrati va shuhratini oshirgan hukmdor ham aslida ana shu Mauhmud hisoblanadi. Chunonchi, uning hukmronligi davrida (998—1030) Xorazm, Xuroson, Seyiston, Qobul, G’azna, Shimoliy Hindiston qabi viloyatlar va makonlar g’aznaviylar izmida bo’lgan. Mahmudning o’limidan so’ng taxtga uni o’g’li Muhammad o’tiradi, vaholanki, undan katta o’g’li (Mas’ud) ham bor edi. O’sha zamonda yozilgan manbalar sharhiga ko’ra, Mahud taxtni kichik o’g’li Muhammadga vasiyat qilish bilan birga, unga “Akang Masud bilan qarama-qarshilikka borma, agar u senga qarshi chiqsa, urushib yurma, (bekor) nobud bo’lasan” degan. Haqiqatdan ham tez orada Mas’ud va Muhammad o’rtasida muxolifat yuzaga keladi. Masьudning Muhammaddan ustun bo’lganligi zamondash tarixchilar ham tan oladilar. Xulldas, shu yilning o’zidayoq Masьud taxtni egallaydi.
Ilgarilari ham ko’p marta ko’ganimizdek odatda, buron-bir sulala tarixida muayyan bekamu ko’st, doimi “oshig’i olchi” siyosatchi tarix sahnasiga bir marta chiqadi. G’aznaviylar ham bundan mustasno emasdilar. Shushning uchun ham Mas’ud davri (1030—1041) asosan Mahmud sa’y-harqatlari bilan qo’lga kiritilgan natijalarini saqlab qolish yo’lidagi urinishlari yillari bo’ldi, desak to’g’ri bo’ladi. Birinchidan 1034 yili Xorazm g’aznaviylar ta’sir doirasidan chiqadi Ikkichidan esa Xurosonda boshqa bir siyosiy sulola saljuqiylarning kuchayib borishi ham xuddi mana shu Mas’ud davriga to’g’ri kelgan. 1035 yilgi kelishuvga binoan Mas’ud saljuqiylarga (Yabg’u, To’g’ril, Dovud boshqa qabilalarga) Niso, Farova Dehiston valoyatlarin maskan va yaylov sifatida berishga majbur bo’ladi. Vaqt o’tishi bo’lib kuch-qudrat orttirgan saljuqiylar 1038 yili Nishopurni egallaydilar. Shu yilgi Saraxs atrofidagi Mas’ud bilan jangda mag’lub bo’lishlariga‚ qaramay, ko’p o’tmay – 1040 - yili Marv va Saraxs oralig’idagi Dandonaqonda saljuqiylar g’aznaviylarga chunonan zarba beradilarki, shundan so’ng Subuktegin avlodlari o’zlarini o’nglay ololmaydilar. Xuroson qo’ldan ketadi. Garchi Mas’ud o’g’li Mavdud (1041—1049) o’z xonadonining ilgarigi mvqeini tiklashga urngan bo’lsada, buning uaddsidan chiqa olmagan. Chunki fursat qo’ldan ketgandi. G’aznaviylar bundan buyon faqat G’azna viloyati va Shimoliy Hindistondagina hukm yurgizishga qodir bir xududiy sulolaga aylanib qolganlar. Biroq nima bo’lgnada ham 1187 yilga qadar ular o’z faoliyatlarini to’xtatmaganalari yo’q. Mavduddan so’ng sulolaga navbati bilan Ali, Abdurashid, Ibrohim, Mas’ud II, Arslonshoh, Bahromshoh, Xisravshoh, Xisrav Maliklar yYetakchilik qilganlar.
G’aznaviylar davri boshqaruv tizimi o’zining murakkabligi bilan diqqatini jalb etadi. U ko’p jihatdan somoniylar, qoraxoniylar zamonidagi davlat boshqaruvi tizimlariga yaqin va o’xshash. Bu tabiiy hol. Chunki ilgari ham ta’kidlab o’tganimizdek, har qanday boshqaruv tizimi (shakli) mavjud ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy sharoitga bog’liq bo’ladi. Boshqa tomondan esa g’aznaviylar hukmronligi ostida
bo’lgan Xuroson, Seyiston, Kobul, G’azna kabi viloyatlar mintaqaning ajralmas tarkibiy qismlari bo’lib kelganliklari nazarda tutsak, boshqaruvchilik taraqqiyotidagi o’xshashliklar, yangiliklar sababi ma’lum bo’ladi.
Demak, boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Avvallari ham ko’rilganidek, dargohga oliy hukmdor (g’aznaviy hukmdorlar “Amir” unvoniga ega bulganlar) hayoti va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan. Ular orasida “hojiblik” xizmati alohida eьtiborga loyiq. G’aznaviylar davri bo’yicha manbalarda biz hojiblikning quyidagi shakllariga duch keddik: ulug’ hojib, saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib-jomador. Ulug’ hojib nafaqat boshqa hojiblar orasida, balki umuman mamlakat va davlat hayotida alohida mavqega ega bo’lgan. Bunga ishora beruvchi bir necha misollar keltiramiz. Mahmudning o’limidan keyin Muhammadning taxtga o’tirishiga bosh-qosh bo’lgan va qisqa muddatga bo’lsada boshqaruv ishlarini o’z ixtiyorida mujassamlashtirgan ham ulug’ hojib Ali Qarib bo’ladi. Rasmiy marosimlarda ulug’ hojib oliy hukmdorga eng yaqin joyni egallagan. Unga g’oyat muhim vazifalar yuklatilgan. Katga ahamiyat uasb etuvchi janglarda ulug’ hojibga qo’shinning eng salmog’li va mas’uliyatli qismiga boshchilik qilish vazifasi yuklatilgan. Masalan, oliy hukmdor markazni boshqarsa, sipohsolar o’ng qanotga, ulug’ hojib esa chap qanotga qumondonlik qilgan. Ulug’ hojib o’ta jiddiy harbiy yurishlar, maxsus saralangan qismlarni tekshirish, ta’minotini joyiga qo’yish tadbirlarida ham faol bo’lgani ma’lum. Oliy hukmdor va ulug’ hojiblararo munosabatlar nechog’lik bo’lgan shundan ham ko’rish mumkinki, Mas’ud ulug’ hojib Ali Qaribga yo’llagan bir maktubida unga “fozil (ulug’) hojib, birodar” deb murojaat qiladi. Saroy hojibining vazifasi tushunarli — u saroy eshikog’asi bo’lgan.
Hojibga kelsak, fikrimizcha, hojiblik, umuman olganda, qandaydir bir ijtimoiy-siyosiy tabaqa sifatida ko’proq namoyon bo’ladi. Faraz qilish mumkinki, o’z davri uchun hojiblik ritsarlik tushunchasiga yaqin bo’lsa ajab emas. Masalan, manbalarda shunday ma’lumotlarga ham duch kelamiski ular kengroq mulohaza qilinsa, mazkur faraz beasos emasligi ravshan bo’ladi. “Tarixi Mas’udiy” da o’qiymiz: “Amir Abdurazzoq... viloyat amirligi xal’atini kiydi... Uning ikki g’ulomiga esa qora (chakmon) berdilar, hojiblik uchun”. “Hojib Badr va hojib Erteginlarga ikkita qimmatbaho xal’at berdilar. Badrga ulug’ hojiblik (hal’ati), Erteginga esa g’ulomlar boshlig’i (xal’ati) berildi. Hojiblar bir vaqtning o’zida shihna yo sipohsalor mansabiga ega bo’lganlarini ham eslatib o’tish joizdir. (Hojiblar odatda qora chakmon va ikki uchli kuloh kiyib yurganlar.)
Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdor shaxsiy xujjatlari, yozuv-chizuvi bilan bog’liq ishlarga bosh-qosh xizmatchi), pardador (mahram, sir saqlovchi, pinhona vazifalarni bajaruvchi), martabador (saroydagi o’rta darajadagi amaldor), farrosh (saroydagi kichik xizmatchilardan) xazinachi, jomaxona (kiyim-kechak saqlanuvchi xona) boshlig’i kabi mansab va xizmatlarning ham o’z o’rni bo’lgan.

Download 359.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling