Mundarija: kirish I bob. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha


Download 145.5 Kb.
bet2/16
Sana06.02.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1170971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha, allel va alternativ

Ishning maqsad: Allel va noallel genlar va ularning o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishini o’rganish.
Ishning vazifalari:

  • G. Mendel olib organ tadqiqotlarni tibbiyot va biologiya fanlarida qo’llanilishini

  • To'liq dominantlik

  • Chala dominantlik

  • O'ta dominantlik

  • Kodominantlik hodisasi

  • Allel bo’lmagan genlar

  • Kоmplеmеntar ta’sir

  • Epistatik ta’sir

  • Pоlimеr ta’sir

  • Mоdifikatоr ta’sir

Ishning obyekti: Allel va noallel genlar va ularning o’zaro ta’sirida belgilari
Ishning predmeti : G. Mendelning irsiyalanish bo’yicha o’tkazgan tajribalari va uchinchi qonun asosida o’tkazilgan diduragay chatishtirish tajribasi. 
Ishning amaliy ahamiyati: Biologiya yo`nalishida Genetikaga qiziquvchilar uchun Individual rivоjlanish, gеnlarni o’zarо murakkab ta’siri, Gеnоtip sharоitning ta’siri оstida tabiiy tanlanish, va irsiy bеlgi, irsiyatning naslga o’tishi, хrоmоsоmalarda jоylashish, kabi ma`lumotlarni ilmiy ishlarda qo`llash uni amaliy axamiyatini ochib beradi .
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 2 ta bob, 27 betdan iborat.


I BOB. GEN VA GEN KONSEPSIYASI HAQIDA TUSHUNCHA.
1.1 Gen konsepsiyasi evolyutsiyasi haqida umumiy tushuncha
XX asrning boshlarida gen bo’linmaydigan yaxlit birlikdan iborat deb kelingan bo’lsa, keyinchalik u muton, rekon va sistron kabi tushunchalar bilan tavsiflangan. Muton bu genning mutatsiyaga uchragan eng kichik birligidir. Ana shu kichik birlik bir yoki bir necha nukleotidlardan iborat. Rekon bu genning rekombinatsiya hosil etuvchi eng kichik birligi. U ham bir necha nukleotidlardan tashkil topgan. Sistron esa genning oqsil sintezini kodlaydigan ketma-ketligini ifodalaydi. U ilgarigi gen haqidagi tushunchaning sinonimi sanaladi. Hozirgi vaqtda gen DNK (ba'zi viruslar RNK)ning ma'lum funksiya’ni bajaruvchi ayrim qismi degan tushuncha barcha genetiklar tomonidan e'tirof etiladi. Har bir gen nukleotidlar izchilligidan tashkil topgan va oqsil kodlaydigan ekzonlardan va oqsil kodlamaydigan intron ketma￾ketliklardan tashkil topgan. Bundan tashqari gen faoliyatini boshqaradigan qator elementlar ham mavjud. Gen organizmlar irsiyati va irsiylanishning molekulyar-genetik birligi - moddiy asosini tashkil etadi. Gen - DNK molekulasi polinuk--leotid zanjirining ma’lum bo‘lagi bo‘lib, u ma’lum sondagi, ma’lum tartibda ketma-ket joylashgan nukleotidlardan tashkil topgan bo‘ladi.DNK da joylashgan gen tarkibidagi nukleotidlar tripletlar tarzida bo‘lib ularni kodogenlar deb ataladi. DNK molekulasi polinukleotid zanjirida joylashgan genetik axborotning ma’lum bir qismi transkripsiya jarayoni natijasida sintezlangan iRNK moleku-lasiga aynan ko‘chirilgan bo‘lib uning tarkibidagi tripletlar kodonlar deb yuritiladi. Kelgusi avlodga genetik axborot iRNK orqali beriladi va u oqsil sintezini boshqaradi. Molekulyar genetikaning so‘nggi dalillarining ko‘rsatishicha prokariot va eukariot organizmlar genlari o‘zaro strukturaviy tuzilishi jihatidan keskin farqlanadilar. Gen atamasi 1909 yilda Yoxanson tomonidan Mendel faktorlari asosida joriy etilgan.Gen konsepsiyasi Sutton tomonidan berilgan.Keyinchalik, Morgan, Bridjes va Myuller tomonidan o‘rganilgan va ishlab chiqilgan.



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling