Mundarija. Kirish. I. Bob. Hindistonda XVI-XIX asrlarda ijtimoiy iqtisodiy ahvol


Kurs ishining obyekti va predmeti


Download 50.59 Kb.
bet2/6
Sana09.01.2023
Hajmi50.59 Kb.
#1085183
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hindiston ijtimoiy iqtisodiy hayot

Kurs ishining obyekti va predmeti. Hindiston davlatining vujudga kelishi bu davlatlarning yangi hind madaniyati shakllanishida tutgan o‘rni, va bu madaniyatning ilk o‘rta asr davlatlari siyosatiga, ilim-fan taraqqiyotiga, madaniy aloqalar rivojiga ko‘rsatgan ta'sirini manbalar asosida yoritib berish.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi , yozma, lingvistik va numizmatik materiallarni kompleks o‘rgangan holda ilk o‘rta asrlarda vujudga kelgan hind davlatlari tarixi va boshqaruv tartiblarini, ularning Hind va Osiyo davlatchiligi taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, shuningdek Hind madaniyatning shakllanish tarixini o‘rganishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi. Kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat. Ishning umumiy hajmi ilovalar hisobga olinmaganda 34 betni tashkil etadi.
I.BOB.Hindistonda XVI-XIX asrlarda ijtimoiy iqtisodiy ahvol.
1.1.Yangi davrda Hindistonning Ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy ahvol.
XVIII asr o'rtalarida shimoliy va markaziy Hindiston hududlari Boburiylar yoki «Buyuk mo'g'ullar» (Yevropaliklar noto'g'ri ravishda Boburning kelib chiqishi mo'gullardan deb u asos solgan davlatni «Buyuk mo'g'ullar» davlati deb nomlaganlar) davlati tarkibiga birlashtirilgan bo'lib, bu davlatda Hindiston aholisining 2/3 qismi yashar edi. Shuningdek, Boburiylar davlati janubida musulmon sulolalarining hukumronligida bo'lgan Bidjopur va Golkonda sultonliklari bilan shimoliy-sharq va sharqdan Nepal knyazliklari, Tibet va Assam bilan chegaradosh edi.Boburiylar davlatida yashovchi bengallar, maratxlar, gujaratlar, panjobilarda asta-sekin bo'lsa ham o’nik-madaniy jamoalar shakillanayotgan edi. Biroq hindlardagi kastachitik tizimi va mamlakat aholisining 1/10 qismini musulmonlardan iborat ekanligi umumdavlat miqiyosida aholining diniy va siyosiy hamjihatligiga to’sqinlik qilmoqda edi.Boburiylar davlati harbiy-feodal davlat bo'lib, uning hukumdori «podshoh» deb yuritilgan. Mamlakatning soliq, ma'muriy, harbiy va sud hokimiyati podshoh qo'lida jamlangan. Podshoh xazina ishlari bo’yicha-devon, harbiyboshliq qilishi va oliy sudga rahbarlik qiluvchi-qoziga tayangan holda davlatni boshqargan. Sud ishlari islom shariati asosida yuritilgan.Podshoh Avrangzeb (1658-1707) hukumronligi davrida davlat 19-ta viloyat-sublarga bo'linib, ularni podsho tomonidan tayinlanadigan noyiblar-subadorlar boshqargan. Har bir viloyatlardagi ma'muriy, harbiy va sud hokimiyati subadorlarga tegishli bo'lgan. Ular ixtiyoridagi ma'lum miqdorda harbiy qo’shin bo'lib, bu qo'shin yordamida subadorlar viloyataholisini podshohga tobelikda saqlagan. Viloyat devonlariga yer solig'i va boshqa to'lovlarni yigishda yordam bergan. Mazkur viloyatlarda sud hukmlarining ijrosini ta'minlagan, okruglarning (viloyat okruglariga, okruglar esa volostlarga bo'lingan) boshqaruvchilari bo'lganlaksillar, volostlarning boshqaruvchilari bo'lgan-parkanalari tayinlangan va ularni nazorat qilgan. Deyarli barcha oliy lavozimlar musulmonlar qo'lida bo'lib, ularni ijtimoiy va etnik kelib chiqishi turli xil bo'lgan. Hukmdorlar, harbiy boshliqlar va bir qism oddiy harbiy askarlar turkiylardan, qo'shin askarlarining ko'pchiligi afgonlardan iborat bo'lib ma'muriyatda shia mazhabiga e'tiqod etuvchi eroniylar va ruhoniylar orasida esa arablar ko'pchilikni tashqil qilgan.Podshoh mamlakatdagi barcha yerlarning oliy feodal mulkdori bo'lgan. Shu sababli ishlov beriladigan hamma yerlardan davlat foydasiga soliq va majburiyatlar yig'ilgan. Yerlarning katta qismi jag'ir, zamindor, in'om va vaqf kabi feodal yer mulklaridan iborat bo'lgan. Jag'irlarning egalari-jag’irdorlar deb atalgan, ular feodallarning hukumron qatlamini tashkil qilganlar. Bular harbiy boshliqlar bo'lib, davlat oldidagi xizmatlari uchun unvon va mansabining katta va kichikligiga qarab ma'lum bir hududdagi yer soliqlarini o'zlashtirish huquqiga ega bo'lganlar. Avrangzeb hukmronligi vaqtida mamlakatda jag'irdorlarni soni 4 ming kishiga etgan. Jag'irdorlar daromadining bir qismini harbiy unvonga mos ravishda ma'lum maqsadda qo'shinni ta'minlashga sarflangan. Jag’irdorlik naslidan nasliga meros o'tgan. Jag’irdorlarning aksariyat qismi musurmonlardan iborat bo'lgan jag’irdorlardan farqli ravishda zamindorlar yollanma harbiy harajatlarni ta'minlash majburiyatidan xoli bo'lganlar. Ular ma'lum bir hududdagi dehqonlardan podsho xazinasiga yer soliqlarini yig’ish bilan shug’ullanib yig’ilgan soliqning 10%ni xizmat uchun o'zlashtirganlar. Zamindorlar o'zlariga tegishli yer mulkni meros qoldirish huquqiga ega bo'lganlar. Ba'zan zamindorlarga yer solig’idan ozod etilgan yer mulklari ham berilgan. Zamindorlar asosan hind feodal aslzodalaridan iborat bo'lgan.Xizmatlari uchun yoki iltifoti ramzi sifatida ayrim kishilarga in'om qilingan yer in'om mulklari deb atalgan. Ko'pincha podsholar musulmon ruhoniylarga ana shunday yer-mulklarini in'om etganlar, bu feodal mulklardan olinadigan yer solig'i to'liq ravishda in'omdor ixtiyorida qoldirilgan in'om yerlari ham nasldan-naslga meros o'tgan.Vaqf yerlari bu musulmon dini masalalariga tegishli yer mulklari bo'lib ulardan olinadigan daromad masjid va madrasa va hokazolar ta'minotiga ishlatilgan.Hindistonning so'ngi o'rta asr va mustamlaka davriga agrar tizimning ijtimoiy-iqtisodiy asosini qishloq jamoasi tashkil qilar edi. Yerga jamoa bo'lib egalik qilish jamoa ichida dehqonchilik bilan hunarmandchilik uyg’unlashivi jamoa doirasida mehnatni o'zaro taqsimlashini dehqonchilik va hunarmandchilik kabi ishlab chiqarsh sohalarini bir biridan mustaqilligi va ularni tovar almashuvidagi o'zaro munosabati, asosan, natural soliqlarni olishi turli ko'rinishlagi kasta jamoalarini mavjudligi, jamoa nazorati ostidagi xizmat ko’rsatish va hunarmandchilik tizimini biqiqligi bu hind qishlog'i jamoasini asosiy belgilari edi.Hind qishloq jamoalarining ijtimoiy tarkibi bir xil emas edi. Ularning har birida turli huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan eng kamida 3 xil toifadagi aholii mavjud bo'lgan ularning orqasida oila toifani jamoa yerlari va boshqa mulklarga egalik qilgan oilalar guruhi tashkil qilgan. Teng huquqli jamoachi oilalarni har biri meros uchun ishlov beriladigan yer uchastkalariga ega bo'lgan jamoaga solingan davlatning yer va boshqa feodal soliqlari jamoachi dehqonlar tomonidan umumiy kafillik asosida to'langan jamoa panchaya deb nomlangan. Qishloq kengashi boshqargan panchayatga jamoaning yer solig'ini to’lovchi dehqonlar kirgan va unga ishlovchi oqsoqoli «patel» rahbarlik qilgan. Jamoa ma'muriyatining boshqa bir vakillik va boshliq mirzasi-«patvapi» edi. U jamoa yerlari bilan bog'liq bo'lgan hisob-kitob ishlarini yuritgan. Oqsoqol (patel) va mirzo (kotib) (patvariy) mansablari avloddan avlodga meros o'tgan.Hind qishloq jamoasining tarkibiy qismlaridan birini jamoachi hunarmandlar va xizmatkorlar tashkil etgan. Ular temirchi, duradgor, etikdo'z, cho'pon va x.k kabi kasbiy kastalarga kirganlar ular xizmatlar evaziga belgilangan miqdorida hosilning bir qismigaba'zan esa hatto yer mulklariga ega bo'lganlar unda yer uchastkasiga egalik qilish va hunarmandchilikning mazkur turi bilan shug'ullanish huquqi ham meros o'tgan.Qishloq jamoasi davrasida jamoa yerlarini vaqtincha merosiy ijaraga olib mehnat qiluvchi ijtimoiy qatlam ham mavjud edi. Mazkur qatlam vakillarining eng quyi kastalarga tegishli ekanligi jamoada ularning yarim qul holatini ta'minlagan. Jamoalar yetishtirayotgan hosilning teng yarimi yer solig'i sifatida davlat xazinasiga to'lanlar. Bundan tashqari jamoa davlat foydasiga turli xil mehnat majburiyatlarini ham o'tagan.1


Download 50.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling