Mundarija kirish I bob. Innovatsion faoliyat va salohiyatning nazariy asoslari


Download 72.59 Kb.
bet22/24
Sana19.06.2023
Hajmi72.59 Kb.
#1621712
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
1 KURS ISHI

TAKLIFLAR

  1. Bugungi kunda ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va tatbiq etish tizimini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Shu jihatdan olib qaralganda bu borada bir qator izlanishlar, metodik ta’minot yaratilishi maqsadga muvofiq.



  1. Ta’limda o‘qitishni yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab, tizimli yondashuv asosida uning umumiy samarasini yaxshilashga urinish lozim. Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgan «tashqi» chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi.

  2. Pedagogik fanlar doirasida innovatsion faoliyat va salohiyatni oshirish ta’lim samaradorligini yanada yuksaltiradi. Ayniqsa, O’qituvchining innovatorlik faoliyati va salohiyatini takomillashtirish lozim.

  3. Innovatsiyalarning muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan yoki to'sqinlik qiladigan omillarni o'rganish va ulkan empirik materialni, yangiliklarning turli tasniflarini tahlil qilish lozim.

  4. Innovatsion faoliyat va salohiyatni rivojlantirish orqali o’quvchi-yoshlarni innovatsiyaga qiziqtirish hamda yuqori natijalarga erishish mumkin.

UMUMIY XULOSALAR
Xulosa qilib aytganimizda, innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-tеxnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi tеxnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo`lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u q`oyalar maydonida ham va alohida bir subyеktning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo`ladigan holdagina haqiqiyin novatsion hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi tеxnologiyaning shakllanishi bo`lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kеlgan ixtironi loyihaga, loyihani – tеxnologiyaga aylantirishga yo`naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akadеmik ilm mantiqi bo`yicha tuq`ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo`llab-quvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo`ladi.


  1. Bugungi kunda ta'lim muassasalari va oliy ta’lim tizimidagi an’a naviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib, innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda.



  1. Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Shuningdek, jamiyatimizga foyda keltiruvchi innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqarish ko’lami ortib bormoqda.



  1. An’anaviy pedagogik ta’lim mazmuni va tashkil etish jihatidan aniq o‘quv fani bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi an’anaviy tizimda, faoliyatli yondashuv asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayon yotadi va bu jarayonda ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar subyekt-obyekt tarzida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda subyekt-o‘qituvchi ma’lum chegaralangan sharoitda b o‘lib, uning faoliyatini o‘quv reja va o‘quv dasturi boshqaradi va hamda munosabatlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Obyekt-talaba ma’lum darajadagi bilim hajmi bilan chegaralangan.



  1. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasini ng o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Ularning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning innovatsion ijoddagi hamkorligidir.



  1. O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.



  1. Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni k o‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Pedagogik ta’lim tizimida o’qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida, o’zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi.



Download 72.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling