Mundarija: kirish I. Bob. Ishlab chiqarish, texnologiya va ishlab chiqarish funksiyasi


Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish


Download 80.82 Kb.
bet4/10
Sana25.04.2023
Hajmi80.82 Kb.
#1396824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg\'or texnologiyalaridan foydalanish

1.2.Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish
Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish to‘g‘­ri­sidagi amaliy bilimlardir. Ma’lumki, texnologiyaning takomillashuvi fan­da va texnikadagi yangi yutuqlarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish orqali boradi. Yangi texnologiya yangi ishlab chiqarish usul­laridan foydalanishni, yangi mashina va mexanizmlardan yanada yuqori malakaga ega bo‘lgan mehnatdan foydalanishni taqozo qiladi. Yangi tex­nologiya yangi turdagi mahsulotlarni yaratishga yordam beradi. Yan­gi texnologiya mahsulot sifatini oshirishga, ish sharoit­larini yaxshilash­ga, berilgan resurslar miqdori o‘zgarmaganda ishlab chiqariladigan mah­sulot miqdorini oshirishga, xarajatlarni kamay­tirish­ga olib keladi.
Ishlab chiqarish funksiyasi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
Q = f (K, L, M)
Q-maksimal ishlab chiqarish miqdori, K-kapital, L-mehnat, M-materiallar.
Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita omilga bog‘liq bo‘lsa, unda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f (K, L)
Ishlab chiqarish funksiyasi faqat sarflangan mehnatga bog‘liq bo‘lsa, u holda, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f ( L)
Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil – mehnat va kapitaldan foyda­laniladigan ishlab chiqarishni ko‘rib chiqamiz. Masalan, mebel ishlab chi­qarish sexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va meh­natning ma’lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda.


Download 80.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling