Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

32-moddaga mahalla idoralariga oid ta’rif kiritilyapti: 

Fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z 
manfaatlaridan, rivojlanishning o‘ziga xos tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek 
milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda an’analardan kelib 
chiqqan holda, mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etish huquqi hamda uni 
amalga oshira olish qobiliyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb e’tirof 
etiladi. 
36-moddadagi: “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” degan jumla 
quyidagicha o‘zgartirilyapti: 

Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan 
intellektual mulkka bo‘lgan huquqqa ega. 
37-moddaga mehnat huquqiga doir quyidagicha normalar qo‘shilyapti: 

Har kim mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan 
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq 
olish huquqiga ega. 

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi 
uchun yetarli bo‘lishi kerak. 

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad 
etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 

Har bir ishlovchi ayol homilador bo‘lgan taqdirda va tug‘ish davrida haq 
to‘lanadigan ta’tilga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun 
ta’tilga yoki bolani farzandlikka olish uchun ta’tilga chiqish huquqiga ega. 


38 
Shu moddadagi: “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki 
qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” 
degan jumladan keyin quyidagicha yangi jumla qo‘shilmoqda: 

Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan 
foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
38-moddadagi: “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga 
egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan 
belgilanadi” degan jumla quyidagicha o‘zgartirilmoqda: 

Har bir shaxs dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlayotgan 
fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan 
har yilgi ta’tilga chiqish huquqiga ega. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling