Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

1
-modda qo‘shilmoqda: 

Har kim davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy ma’lumot 
olishga haqli. 

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada 
o‘zini o‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o‘tkazish va 
o‘qitish erkinligi huquqiga ega. 

Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy 
aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi. 
42-moddaga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligidan tashqari, badiiy ijod 
erkinligi ham qo‘shiladi: 


41 

Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat 
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. 
Konstitutsiyaga 42
1
-modda qo‘shilmoqda: 

Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar hamda yoshlarni 
ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
Amaldagi 43-modda quyidagicha bitta 
jumladan 
iborat: “Davlat 
fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlaydi”. Mazkur moddani quyidagicha qayta yozish taklif 
etilmoqda:

Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy 
maqsadidir. 

Davlat 
inson 
va 
fuqaroning 
Konstitutsiyada 
hamda 
qonunlarda 
mustahkamlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi. 

Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha 
usullar bilan himoya qilishga haqli. 
44-moddaga quyidagicha yangi band kiritilyapti: 

Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro 
shartnomalariga muvofiq o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari 
himoya qilinishi uchun inson huquqlari bo‘yicha milliy va xalqaro institutlarga 
murojaat qilishga haqli. 
Amaldagi 45-modda quyidagicha 
bitta 
banddan 
iborat
“Voyaga 
yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat 
himoyasidadir”. Mazkur moddaga quyidagicha ikkinchi band qo‘shiladi: 

Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini 
oshirishga, ularga jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda 
ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy 


42 
ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 
choralar ko‘radi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling