Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

55-moddaga quyidagicha normalar qo‘shiladi: 

Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham 
bo‘lishi mumkin. 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli 
bo‘lib, tadbirkorlik sub’yektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi. 
56-moddaning amaldagi talqini quyidagicha: “O‘zbekiston Respublikasida 
qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy 
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, 
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari 
jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi”. Mazkur moddani quyidagicha tahrirga 
o‘tkazish taklif etilyapti: 

Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan mahallalar, siyosiy partiyalar
harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va 
shaxslarning boshqa jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil 
etadi, uning mazmunini belgilaydi. 

Fuqarolik jamiyati institutlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga, ijtimoiy hamda 
madaniy maqsadlarga erishish uchun ko‘maklashishga, jamiyatning ma’naviy va 
boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgandir. 
61-moddaga diniy erkinlikka oid quyidagicha normalar qo‘shiladi: 


44 

O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda faoliyat 
ko‘rsatayotgan barcha diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligi kafolatlanadi. 

Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi. 
63-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir 
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning 
ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”. Mazkur modda quyidagicha 
tahrirga o‘tkaziladi: 

Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini, aholini saqlab qolish hamda 
ko‘paytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida bo‘ladi. 

Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga 
asoslanadi. 

Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va 
iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi. 

Davlat ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy 
kafolatlar berilishini ta’minlaydi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling