Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritishning muhim elementlari
117-moddada mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylovni Markaziy
saylov komissiyasi o‘tkazishi haqida norma kiritilmoqda. 122-moddaga quyidagicha bandlar qo‘shiladi: 52 O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetini va davlat qarzini shakllantirish hamda ijro etish tartibi ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonunda belgilanadi. 3.2 O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritishning muhim elementlari Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida davlat va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlar qiiish zaruriyati vujudga keladi. 1993-yil 28-dekabrda birinchi bor Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, “0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga 57 asosan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismi ( 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iboratjdagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi 58 . 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, 0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanib, 2000-yil 25-may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish va 2004-yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi bo‘lib, 2002-yil 4-aprelda “Referendum yakunlari 57 Узбекистон Республикаси Олий Кенгаши Ахборотномаси, 1994 й. №1, 5-модда 58 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 763 b 53 hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun 59 qabul qilingan. Mazkur Qonun asosida 2003-yil 24- apreldagi “0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 60 ga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi 61 . Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‘ishlangan bo‘lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palatajga bag‘ishlangan 62 . Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq Konstitutsiyaning 76- moddasida “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organibo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil” degan qoida mustahkamlandi 63 . Bunday hujjatning qabul qilinishi mamlakatimizda jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etayotgani bilan izohlanadi. Bunda o‘tish davrining muvaffaqiyatli yakunlangani, iqtisodiy islohotlarning barqaror amalga oshirilayotgani, buning barobarida siyosiy munosabatlarni shunga mos ravishda shakllantirib borish, mamlakat siyosiy tizimini takomillashtirish zarurati paydo boMganini ta‘kidlash lozim. Ko‘ppartiyaviylik tizimining mustahkamlanishi, mamlakat ijtimoiy hayotining huquqiy asoslarini rivojlantirish, jamiyat a‘zolarining 59 Узбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2002 й. 4-5-сон, 60-модда 60 Узбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси , 2003 й. 3-4-сон, 27-модда. 61 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 763 b 62 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 763 b 63 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 764 b 54 siyosiy-huquqiy tafakkuri yuksalishi, milliy huquq tizimimizni xalqaro huquq talablari darajasida takomillashtirish hamda mukammal saylov tizimining mavjudligi professional parlamentni shakilantirish, uni ikki palatali tizimga o‘tkazish uchun xizmat qiluvchi omillar hisoblandi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi parlamentning quyi - Qonunchilik palatasi muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi professional organga aylantirildi, yuqori palata - Senat esa hududlar manfaatlarini ifodalovchi vakillik organi sifatida shakllantirildi 64 . Konstitutsiyaning O`zbekistonRespublikasining Prezidentiga bag‘ish!angan XIX bobiga ham o‘zgartish kiritildi. Kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq Konstitutsiyaning 89-moddasidan “O`zbekistonRespublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi” degan qoida chiqarib tashlandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga o‘tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23- bandiga ko‘ra esa, amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. llgari O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya to‘g‘risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi 65 . Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlangan XX bobiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga rnuvofiq, ilgari Konstitutsiyaning 98-moddasida “Vazirlar Mahkamasi tarkibini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy 64 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 764 b 65 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 764 b 55 Majlis tomonidan tasdiqlanadi” degan qoida mavjud boMgan bo‘!sa, kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, 98-moddaning ikkinchi qismida “Vazirlar Mahkamasi tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakl lantiriladi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O`zbekislon Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi” degan qoida belgilandi. Shuningdek, Konstitutsiyada O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda, 5- qismiga “O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi”, 6- qismiga esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqii” degan qoidalar kiritildi 66 . Mazkur kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga rnuvofiq O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga “O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish” vakolati berildi. Konstitutsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi “O`zbekistonRespublikasida 66 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 765 b 56 Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O`zbekistonRespublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” degan qoida o`rniga “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ulaming konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O`zbekistonRespublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” degan qoida kiritildi. Shu moddaning 3-qismi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zo!ari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar” degan qoida bilan to'ldirildi 67 . Shuningdek, 2003-yil 23-aprelda Konstitutsiyaning 6-bo‘!imiga ham o‘zgartish kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki 127- moddasi “O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi” deb belgilangan edi. Kiritiigan o‘zgartish va qo‘shimchalardan so‘ng mazkur moddada “O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi 67 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 763 b 57 tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekistonRespublikasining referendumi bilan kiritiladi” degan iboralar o‘z ifodasini topdi 68 . Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas‘uliyatini oshirish, mamlakat, Prezidenti vazifalarini aniq- ravshan belgilash hamda huquqiy me yorlar doirasida cheklash, shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modemizatsiya qilishda siyosiy partiyalaming roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007-yil 11-aprelda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunjl4 qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008-yil 1-yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi 69 . Kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi “O`zbekistonRespublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi” degan tahrirda, 93- moddasining 15-bandi “viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi” degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi “Viloyat va Toshkent shahar hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi” degan tahrirda bayon etildi. 2008-yil 25-dekabrdagi “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekistonRespublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun* 315 bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining birinchi qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 68 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 766 b 69 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 766 b 58 Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iboratjga o‘zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan. Unga ko‘ra mazkur moddaning birinchi qismi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat”, degan tahrirda bayon etildi 70 . O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotiarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” nomli ma'ruzalarida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o'zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o‘rin olgan 71 . Mamlakatimiz rahbari tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011-yil i8-apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddaIariga)”gi Qonun3,6da o‘z ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i - Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlaming yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan iborat 72 . 70 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 767 b 71 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 767 b 72 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 768 b 59 Bu borada O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi qismining 15-bandiga qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vaziming hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va ta‘sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o‘zaro bir-birini tiyish va muvozanat saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Mazkur o‘zgartish kiritilishi orqali O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishdan iborat parlament tinglovi institutining milliy qonunchilik negizi yaratilishi ta‘minlanadi. Bu bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotning ba‘zi strategik masalalari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini tinglash singari muhim parlament nazoratining institutlaridan foydalanish u yoki bu sohadagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga, bu muammolarni hal qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash va qabul qilishga yordam beradi 73 . O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga kirtilgan normaga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to‘g‘risidagi Farmonini tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitutsiyamiz 93-moddasining 12-bandidagi “O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va” degan so‘zlardan keyin “uning o‘rinbosarlari” degan so‘zlar chiqarilib, ulaming o‘miga “Hisob palatasi raisini” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi 74 . 73 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 768 b 74 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 768 b 60 Asosiy Qonunirnizning ushbu moddalariga kiritilgan o‘zgartishlar mamlakatni modernizatsiya qilish va demokratik islohotlarni yanada rivojlantirishning mustahkam qonunchilik negizini yaratishda o‘ta muhimdir. Bugungi kunda Hisob palatasi raisining o‘z lavozimiga ega bo‘lish tartibining qonunchilikda o‘z ifodasini topmaganligi yuzasidan uning qonunchilik asoslari yaratilyapti. Shuningdek, davlat hokimiyati tizimida xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning muhim vositasi bo‘lgan oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organ - parlament yuqori palatasining rolini kuchaytirish borasida muhim qadam qo‘yildi 75 . O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstitutsiyamizning 93-moddasi 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan so‘zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan o‘zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89- moddasiga ko'ra, “O`zbekistonRespublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi”. Shu nuqtayi nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlami yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi 76 . Kiritilgan yana bir muhim o‘zgartish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 15-bandini “viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi” degan so‘zlardan oldin “O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan” degan so‘zlar bilan toMdirish borasidadir. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, 75 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 769 b 76 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 769 770 b 61 davlat boshqaruvini yanada iiberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog‘liq. Zero, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining huquq va vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi o‘zgarishlaming muhim tarkibiy qismidir. Mazkur o‘zgartish orqali O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mahalliy ijro etuvchi organ rahbari, ya‘ni hokimni lavozimga tayinlashda markaziy ijro etuvchi hokimiyat rahbari bo‘lgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ishtirok etish huquqi ta‘minlanadi. Binobarin, Vazirlar Mahkamasi rahbari sifatida Bosh vazirga hokimlar faoliyati haqida batafsil madumotga ega bo‘lish, ular bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yish, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid masalalami hal qilishdagi faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi 77 . Qonundan o‘rin olgan normalardan biri O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 16-bandini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli” degan so‘zlar bilan toddirishga oid. Kiritilgan mazkur norma davlat boshligd sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o‘tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining, xo‘jaiik va ijtimoiymadaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko‘ra O`zbekistonRespublikasining amaidagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi 77 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 770 b 62 Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlic'na talqin etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri berildi 78 . O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi konstitutsiyaviy qoida joriy etildi. Unga ko‘ra O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatiik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Ushbu qo‘shimchalaming kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega boiib, mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi hisoblanadi. Zero, O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga mamlakat hukumatini shakllantirishning yangi tartibi kiritilishi siyosiy partiyalarning mas‘uliyatini, ulaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi rolini oshiradi hamda mamlakat siyosiy hayotida partiyalararo raqobatning yuqori darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir muhim o‘zgartirish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqining berilishi bilan bog‘liq. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilanishicha., O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha Bosh vazirga 78 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 770 b 63 nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga kiritiladi 79 . Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‘foga chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi o‘rnini ancha oshiradi. 2011-yil 12-dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati etti yildan besh yilga qisqartirildi 80 . 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-modda]ariga)”gi Qonunihokimiyat va boshqaruv tizimini yanada dernokratlashtirish, “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta‘minlash, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro 79 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 771 b 80 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 771 b 64 etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat furiksiyalarini kuchaytirish, shuningdek, hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi mas‘uliyatini oshirish maqsadini ko‘zlaydi 81 . Ushbu qonun asosida Konstitutsiyaga quyidagi muhim o'zgarishlar kiritildi: birinchidan, Konstitutsiyasining 32-moddasining ikkinchi jumlasiga fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda “ishtirok etishi o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi ” kabi norma kiritildi; - ikkinchidan, Konstitutsiyasining 78-modda birinchi qismining 21-bandiga O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari sifatida parlament nazoratini amalga oshirish huquqi belgilandi. Darhaqiqat, parlament demokratik asosda shakliantiriladigan, xalq xohish-irodasini ifoda etuvchi oliy vakillik organidir. Mazkur organning davlat ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi qabul qilinayotgan qonunlami samarali ijrosini ta‘minlashga xizmat qiladi 82 . Parlament nazorati — birinch id a n , qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi darajasini o'rganishga; ik k in c h id a n , qonunlarning amaliyotda qo‘llanilishiga salbiy ta‘sir etuvchi ob’ektiv va subyektiv omillami o‘z vaqtida aniqlashga; u c h in c h id a n , mavjud kamchiliklami bartaraf etishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlarni belgilashga; to‘rtinchidan, tegishli qonunlarga nazorat-tahlil natijalariga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishiar kiritilishiga; beshmchidan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning qonun hujjatlari 81 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 772 b 82 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 772 b 65 qoida-taiablariga so‘zsiz amal qilish mas‘uliyati va majburiyatini oshirishga xizmat qiladi; - uchinchidan, 93-moddaning 8, 10, 16, 24-bandlariga ayrim tuzatish va toMdirishlar kiritildiki, ular Bosh vazir vakolatlarini kengaytirdi, Prezidentning ayrim vakolatlarini amalga oshirish tartibotini yanada takomillashtirdi; - to‘rtinchidan, Konstitutsiyaning 98-moddasi mazmuni Bosh vazir lavozimiga nomzod O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo`jallangan harakat dasturini taqdim etishini nazarda tutadigan yangi qoidalar bilan to`dirildi. Shu bilan birga Konstitutsiyaning 98-moddasida Vazirlar Mahkamasi va Bosh vazirning vakolatlari aniq belgilab berildi; - beshinchidan, Konstitutsiyaga (103-modda) mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mustaqiiligining kafolatlari va ayni paytda vakillik organlari oldidagi mas‘uliyatini kuchaytirishga qaratilgan norma kiritildi. Unga ko‘ra viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etishi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishi tartibi mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur norma ham vakillik organlari tomonidan mahalliy ijro hokimiyati ustidan amalga oshiriladigan nazoratning huquqiy asoslarini takomillashtirdi; - oltinchidan, Konstitutsiyaga (117-modda) demokratik saylov tizimining tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan normalar kiritildi. Unga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boMishi alohida belgilandi 83 . Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a‘zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo'qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanishi, 83 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 773 b 66 Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a‘zolari orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanishi kabi konstitutsiyaviy norma mustahkamlandi1. Mamlakatimizda 2016-yildan boshlab barcha jabhalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-2021- yillarda O`zbekistonRespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, davlatning taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim yo‘nalishlarda bir qancha maqsad va vazifalar belgilab berildi. Albatta, buning negizida inson manfaatlari har narsadan ustun g‘oyasi ustuvorlik ahamiyat kasb etdi. Ko‘plab qonunlar, qonun osti hujjatlar, davlat dasturlari, kontseptsiyalar ishlab chiqish vazifalari yuklatildi. Hammamizga, ma‘lumki, Konstitutsiyamizning 11- moddasida sud hokimiyati alohida hokimiyat tarmog‘i sifatida o‘z faoliyatini mustaqil tarzda amalga oshiradi. Asosiy vazifasi sifatida inson huquq va erkinliklarini himoyalashga qaratadi. Shundan kelib chiqib, 2017-yil 6-aprelda “O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimcha!ar O`zbekistonRespublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash maqsadida kiritildi. Qolaversa, O`zbekistonRespublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta‘minlashga ko‘maklashish uchun O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda ulaming asosiy vazifalari sifatida, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, eng malakali va mas‘uliyatii mutaxassislar orasidan sudyalami tayinlash, shuningdek, rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini shakllantirish va boshqa shu kabi vazifalar belgilandi 84 . Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddaning 4-bandi quyidagi 84 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 774 b 67 tahrirda bayon etildi. Unga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash masalasi Oliy Majlisi Senati tomonidan amalga oshirilishi belgilab berildi. Darhaqiqat, O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar bamjamiyatining organi hisoblanishining o‘zi Raisga ulkan mas‘uliyatni yuklaydi. Mamlakatimizda sud tizimidagi islohotlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 81- moddaning yettinchi qismidagi “Oliy xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “Sudyalar oliy kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirildi 85 . Qonunchilik tashabbuskorlari subyektlarini belgilab beruvchi 83-moddadagi “Oliy xo‘jalik sudi” degan so‘zlar chiqarib tashlandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari mazkur sud tizimidagi konstitutsiyaviy islohotlardan kelib chiqib, tegishli tarzda yangicha tahrir etildi. Xususan, Konstitutsiyaning 93- modda birinchi qismining 13-bandiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi. Mazkur moddaning 14-bandiga muvofiq esa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a‘zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi. Oxirgi ikki yil davornida sud hokimiyatini amalga oshirishda bevosita ta‘sir etadigan sud tizimida, ulaming ijtimoiy moddiy ta‘minoti va faoliyatining kafolatlarida qator o‘zgarishlan amalga oshirildi. Xususan, jinoyat, fuqarolik, ma‘muriy va iqtisodiy nizolarni ko‘ruvchi ko‘p 85 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 774 b 68 pag‘onali sudlar tizimi shakllantirilib, ushbu sudlarning sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi sifatida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi belgilandi 86 . Mazkur yangilanishlar asnosida, Konstitutsiyaning 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo‘ldi. Jumladan, “O'zbekiston Respublikasida sud tizimi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sucUari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma‘muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma‘muriy sudlaridan iboraf’. Qolaversa, 110-moddaning birinchi qismi “jinoiy” degan so‘zdan keyin, “iqtisodiy” degan so‘z bilan toddirildi, uchinchi qismidagi “Qoraqaipog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlaming” degan so‘zlar “quyi sudlarning” degan so‘zlar bilan almashtirildi. Sudyalar oliy kengashinining konstitutsiyaviy maqomini mustahkamlash maqsadida, Konstitutsiyaning I 11-moddasi yangi tavsifda bayon etildi. Unga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O`zbekistonRespublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta‘minlashga ko‘maklashadi. O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. MaMurnki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “O`tgan bir yil davomida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash bo‘yicha keng kodamli ishlar boshlandi. Xususan, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hech 86 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 775 b 69 qaysi hokimiyat bo‘g‘iniga bo‘ysunmaydigan organ - Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengash tomonidan sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlashda ta‘sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatildi”318, deb bu borada amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tgan edi. Shubhasiz, ushbu sohada amalga oshirilayotgan amaliy chora- tadbirlar fuqaroiaming huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynadi 87 . Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud - huquq sohasini mustahkamlash maqsadida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yil 1-iyunda e‘lcm qilingan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsisining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (80, 93,108 va 109-moddalariga)gi qonunida, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi maqomi, faoliyati qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirildi. Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80- moddasining 5- bandi chiqarib tashlandi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini tayinlash). Shuningdek, mazkur moddaning 12-bandidagi “O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar chiqarib tashlandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatiga tegishli bo‘lgan Konstitutsiyaning 93-modda birinchi qismining 13-bandidagi “O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlar qo‘mitasining raisi” degan so‘zlar chiqarib tashlandi. Bu yerda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlis Senatiga Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi nomzodini taqdim etish vakolati haqida so‘z bormoqda. Ma‘lumki, O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga rnuvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi sud hokimiyati organidir. Konstitutsiyaviy sud huquqiy 87 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 776 b 70 maqomini takomillashtirish yuzasidan 1995-yi! 30-avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” to‘g‘risidagi qonunning ko‘plab normalarini vangitdan ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish natijasida, 2017-yil 31-mayda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining konstitutsiyaviy sud faoliyati bilan bogTiq boTgan normalari ham takomillashtirildi 88 . Xususan, Konstitutsiyaning 108 hamda 109 moddalari yangi tahrirda bayon etildi. Konstitutsiyaning 108-moddasiga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlami ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini saylaydi. Xorijiy mamlakatlar tajribasiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, Germaniyada federal konstitutsiyaviy sud mamlakat parlamentining yuqori palatasi - Bundesrat tomonidan shakllantiriladi. Bunda nomzodlar palatajami a‘zolarining uchdan to‘rt qismi ovozini to‘p!ashi lozim1. Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq, Konstitutsiyaviy sudni saylashda O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining ishtiroki, Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini saylash tartibi konstitutsiyaviy sud majlisi tomonidan amalga oshirilishi kabi yangi qoidalarni nazarda tutadi 89 . 88 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 777 b 89 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 778 b 71 Konstitutsiyaning 109-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: 1) O`zbekiston Respublikasi qonunlarining va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 2) O`zbekistonRespublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlarining O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O`zbekistonRespublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xuiosa beradi; 4) O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; 5) O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi biian kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi; 6) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi; 7) O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari biian berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran kuchga kiradi 90 . 90 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 778 779 b 72 Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat‘iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun biian belgilanadi”. Mazkur o‘zgartishlarga ko‘ra, O`zbekistonRespublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlarining O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘ llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi biian kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqish, konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish kabi yangi qoidalar biian takomillashtirildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yiI 22-dekabrdagi Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida Kengashlar faoliyati xususida to‘xtalib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi: “ Keyingi paytda yurtirnizda xalq deputatlari Kengashlarining roli, xalq noiblarining vakolatlari tubdan oshirildi. Siyosiy partiyalaming mahalliy hokimiyat idoralarini shakllantirish borasidagi vakolatlari bosqichma — bosqich kengaytirildi, deputatlik nazorati esa mustahkamlandi”1. Darbaqiqat, mamlakatimizda davlat hokimiyati vakillik organlarini saylov orqali shakllantirib olish, unda fuqarolarimizning o‘z siyosiy huquqlarini erkin amalga oshirish imkoniyatini yaratish masalasiga jiddiy e‘tibor berib kelinmoqda. 2017-yil 29-avgustdagi “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonun, davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlami amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, mahalliy Kengashlarga saylovni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, saylovchilarning xohish-irodasiga to‘ia muvofiq hamda xalqaro huquqning 73 umume‘tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda o‘tkazish maqsadida qabul qilindi. Mazkur qonun asosida 2017-yil 29-avgustda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 2 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, 99-moddadagi, “shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan” degan so^zlar chiqarib tashlandi. Negaki, mazkur qoida shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari kengashlarini tuzish imkonini bermas edi. Qolaversa, 102-moddaning: uchinchi qismidagi “tegishli viloyat hokimi tomonidan” degan so‘zlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirildi; to'rtinchi qismi chiqarib tashlandi; beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblandi 91 . Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling