Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr
Bugun yurtimizda muhim jarayon – konstitutsiyaviy islohotlarni amalga
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan
Bugun yurtimizda muhim jarayon – konstitutsiyaviy islohotlarni amalga
oshirishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Fuqarolarning takliflari, fikr-mulohazalari o‘rganilib, Bosh qomusimizni takomillashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Bugun Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari, ekspertlar, deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish, ularni ko‘rib chiqish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi hamda berilgan takliflar atroflicha muhokama etildi. Yig‘ilishni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov kirish so‘zi bilan ochib, 91 Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019. – 779 b 74 mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar xalqimizning xohish-istagi, ezgu maqsadlari ifodasi, mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning mantiqiy davomi ekanligini ta’kidladi. Shu sababli bu jarayon xalqimiz tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotganini, Konstitutsiyaviy komissiyaga fuqarolardan ko‘plab taklif va tavsiyalar kelib tushayotganini qayd etdi. Komissiya yig‘ilishida takliflar muhokama qilinar ekan, fuqarolik jamiyati institutlari, ayniqsa, siyosiy partiyalar, mahallalar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining faolligi yaqqol sezilayotgani e’tirof etildi. Fuqarolik jamiyati institutlari bir tomondan Konstitutsiyani boyitish maqsadida asoslantirilgan jamoaviy takliflarni berishda jonbozlik ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqimiz orasida konstitutsiyaviy islohotlarning targ‘ibotida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkiloti faollari, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Fanlar Akademiyasi tarkibidagi tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi singari institutlar Konstitutsiyaviy komissiyaga jamoaviy takliflar yuborishda yetakchi o‘rinlarda turibdi. Yig‘ilishda Konstitutsiyaviy komissiyaning Takliflar bilan ishlash guruhiga kelib tushgan va saralangan hamda Yig‘ma axborot-tahlil guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan navbatdagi takliflar atroflicha muhokama qilindi. So‘z olgan komissiya a’zolari hamda ekspertlar har bir taklif, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr-mulohazalarini, munosabatini bildirdi. – bugungi kunda ekologik muammolar eng dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari, xususan, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining qator sessiyalarida ilgari surgan ekologiyaga oid taklif va 75 tashabbuslariga dunyo miqyosida e’tibor qaratilmoqda. Bugun O‘zbekiston aniq amaliy ishlari bilan dunyo mamlakatlariga namuna bo‘lmoqda. Masalan, so‘nggi 4 yilda Orolbo‘yi hududida 1 million 734 ming gektar yerga saksovul urug‘lari sepildi. Bu butun Markaziy Osiyo ekologiyasiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, albatta. Konstitutsiyamizning 9-bobida ekologik huquqlarga o‘rin berilayotgani ayni muddao va to‘g‘ri ish bo‘ldi. Shuningdek, 54-moddada mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi shartligi belgilangan. Ushbu normani “atrof- muhitga zarar yetkazmaslik” deb o‘zgartirish o‘rinli bo‘ladi. Shuningdek, yig‘ilishda kelib tushayotgan takliflar bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Takliflar bilan ishlash guruhi tomonidan 24 soat davomida takliflar qabul qilinmoqda. O‘tgan hafta davomida fuqarolardan kelayotgan takliflar soni va sifati keskin ortgan. Bu esa xalqimizning bu jarayondagi faolligidan darak beradi. Joriy yilning 17 iyun holatiga ko‘ra, Takliflar bilan ishlash guruhiga jami 35 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Ularning aksariyat qismi elektron shaklda yuborilgan bo‘lsa, qolganlari mahallalar va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga og‘zaki yoki yozma shaklda, pochta aloqasi hamda bosma matbuot, televideniye, radio orqali yuborilgan. Bu takliflarda O‘zbekistonning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish prinsip va normalariga asoslanishini tashqi siyosat prinsiplariga qo‘shish, hech kim o‘zining fuqaroviy, huquqiy shartnomaviy majburiyatlarini bajara olmasligi sababli ozodlikdan mahrum etilmasligi, hech bir inson qiynoqlarga yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoki jazoga tortilmasligi, har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligini konstitutsiyaviy mustahkamlashga doir masalalar ilgari surilgan. 76 Shuningdek, har bir shaxs O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq, o‘z huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tomonidan himoya qilinishi uchun murojaat qilishga haqliligi, qonunda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan barcha diniy tashkilotlarning faoliyat erkinligi kafolatlanishini nazarda tutuvchi takliflar kelib tushgan. Fuqarolardan kelib tushayotgan takliflarning salmoqli qismini inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir takliflar tashkil etayotir. Shuningdek, yig‘ilishda Konstitutsiyaviy islohotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan Media-rejaning ijrosi yuzasidan axborot berildi. – Fuqarolarga konstitutsiyaviy islohotlar haqida tezkor, xolis va to‘laqonli axborot yetkazish maqsadida radio, gazeta va jurnallar hamda internet nashrlari bilan samarali hamkorlik qilib kelinmoqda, – dedi Komissiya matbuot xizmati rahbari Odil Tojiyev. – Jumladan, davlat va nodavlat telekanallarda shu kunga qadar 1445 ta lavha, maxsus ko‘rsatuvlar tasvirga olinib, efirga uzatildi. Davlat va nodavlat radiokanallarda jami 656 ta maxsus eshittirish efirga uzatildi. Bosma nashrlarda 150 dan ortiq maqolalar, Internet nashrlarda 6 ming 34 ta materiallar e’lon qilindi. Maxsus platformada 50dan ortiq reportaj va videoroliklar e’lon qilindi. 3 marta davlat tili va rus tilida mamlakatimizning 30 million mobil aloqa abonentlariga SMSlar, har haftada bir marotaba jami 180 million SMS yo‘llandi. Bu yo‘nalishdagi ishlar, o‘z navbatida, oddiy fuqaroga konstitutsiyaviy islohotlarni sodda va tushunarli tilda yetkazishda muhim omil bo‘lyapti. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling