Mundarija: Kirish I bob maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish
Download 93.28 Kb.
|
Maktabgacha talim tashkilotida talim sifati hamda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish muammolari
Mavzu: Maktabgacha talim tashkilotida talim sifati hamda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish muammolari. Mundarija: Kirish I BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISH 1.1. MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA TA'LIM SIFATI - TARBIYACHI VA XODIMLARNING KASBIY RIVOJLANISHI. 1.2. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY PEDAGOGIK KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 2.1. MAKTABGACHA TA'LIMDA AXBOROT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARINING O`RNI. 2.2.MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH, VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi talab etiladi. Наг bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktabgacha ta ’lim pedagogikasi bo‘lajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha ta’limning asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoliyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o‘rgatadi. O’z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu fan bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv qo'llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining milliy asoslari: ta ’lim-tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umum- bashariy qadriyatlariga bog‘langan holda bog'cha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv qoilanmasini qayta to‘ldirilgan nashrida O’zbekistonda barkamol avlod ma’naviyatini shakllantirish borasidagi islohotlar, maktab faoliyatini modernizatsiyalash, ya’ni ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga doir MTM Konsepsiyasi, «Davlat talablari», MTM Nizomlari hamda «Bolajon» tayanch dasturi yaratilib, amaliyotda qo‘llanilayotganligi masalalariga e’tibor qaratildi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, uning talablari: a) Quyidagi davlat organlari va tashkilotlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi; O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari; ommaviy axborot vositalari (jurnalistik tekshiruv bo‘yicha); tasarrufida umumta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi umumta'lim muassasalarini tekshirishlari bo‘yicha) faoliyati doirasida; b) O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida; v) qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida; g) maktabgacha ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida; d) favqulodda vaziyatlar, turli hodisalar yuzasidan va tergovga qadar tekshiruvlar doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qayd etilishicha, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tekshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta'lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta'lim muassasalarining roli va mas'uliyatini kuchaytirish, tarbiyalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sifatli ta'lim berilishini ta'minlash uchun shart-sharoit yaratish, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ijro intizomini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini tekshirishlarning samaradorligini oshirish orqali pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta'lim sifatiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tekshirishning vazifalari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyachilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish; qonun hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish; amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining o‘z vaqtida va sifatli ravishda ta'minlanishini tashkil etish; maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish; maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta'minlash, ta'lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash; davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish. Maktabgacha ta'lim muassasalarida: voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan; yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta'minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta'minlash markazlari tomonidan; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, bolalarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: rejali tekshirish; rejadan tashqari tekshirish; nazorat tartibida tekshirish. Maktabgacha ta'lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tasarrufida maktabgacha ta'lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq holda amalga oshiriladi. Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tasarrufida maktabgacha ta'lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tasarrufida maktabgacha ta'lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 25 dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta'lim muassasalariga har yili 1 yanvarga qadar yetkazib beriladi. Yillik reja-jadval tekshirishga vakolatli organlarning maktabgacha ta'lim muassasasini tekshirishlari bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligi hisobga olingan holda tasdiqlanadi. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshiruvlar 3 yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi. Yangi tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. Quyidagi hollarda maktabgacha ta'lim muassasalari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi: maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan bo‘lsa; maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tekshirishlarning yillik reja-jadvalini shakllantirishning qoidalari buzilgan bo‘lsa; maktabgacha ta'lim muassasalari tugatilgan yoki tugatish jarayonida bo‘lsa; maktabgacha ta'lim muassasalarining reja-jadvalga kiritilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan: maktabgacha ta'lim muassasasi tugatilayotganida; tasarrufida maktabgacha ta'lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda; maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatiga oid qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagoglar va o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda; maktabgacha ta'lim muassasasi boshqaruvida ta'lim-tarbiya sifatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan jiddiy kamchiliklar mavjud bo‘lganda; ommaviy axborot vositalari yoki Internetdagi manbalarda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilinganda; maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkiliy-boshqaruv, uslubiy, ma'naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma'lumot bo‘lganda amalga oshiriladi. MAKTABGACHA HAMDA UMUMTA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TEKSHIRISH ISHLARINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA (qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoniga hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2019-yil 25-aprel, 352-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qaroriga 1-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida (1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 2. Ushbu Nizom talablari: a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi; O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari; (2-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari; Oldingi tahrirga qarang. tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida; (2-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida; d) maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. tekshirishga vakolatli organlar — maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari; (3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi; (3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) rejali tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan o‘tkaziladigan tekshirish; rejadan tashqari tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda o‘tkaziladigan tekshirish; nazorat tartibida tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish. (3-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari (2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsadi maktabgacha ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning vazifalari hisoblanadi: maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini, pedagoglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish; (5-bandning birinchi, ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish; (5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini tashkil etish; Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish. (5-bandning beshinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari (3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan; yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan; er, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 4-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish muddatlari va tekshirishni tayinlash mezonlari (4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: (7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) rejali tekshirish; rejadan tashqari tekshirish; nazorat tartibida tekshirish. 8. Maktabgacha ta’lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 9. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi. Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi. Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 10. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Yangi tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 11. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 12. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasi: Oldingi tahrirga qarang. tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarga — tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan; tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etiladi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. (12-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 13. Quyidagi hollarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi: maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan bo‘lsa; maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishlarning yillik reja-jadvalini shakllantirishning qoidalari buzilgan bo‘lsa; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tugatilgan yoki tugatish jarayonida bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reja-jadvalga kiritilishi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa. (13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 14. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 15. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan: Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkiloti tugatilayotganida; tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda; Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda; (15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologik vaziyat murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda; Oldingi tahrirga qarang. bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish o‘rinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish maqsadida; (15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligiga va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan past bo‘lgan taqdirda; Oldingi tahrirga qarang. tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifalarni amalga oshirayotganida maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda; (15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmog‘idagi manbalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkiliy-boshqaruv, o‘quv-metodik, ma’naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lganda amalga oshiriladi. (15-bandning yettinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 16. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 17. Nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning o‘zlari ilgari o‘tkazgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar bo‘yicha va muddatlarda yoki tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarini kamida 10 kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 5 kalendar kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 18. Ilgari o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, nazorat tartibida o‘tkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilinishi mumkin emas. (18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 5-bob. Tekshirishlarni o‘tkazish tartibi 19. Rejali tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma; tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa. 20. Rejadan tashqari tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa. Oldingi tahrirga qarang. 21. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 22. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshirish o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xat yuboriladi. Tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan rejali tekshirish o‘tkazish haqidagi rasmiy xat olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay o‘z tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beriladi hamda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnoma yuboriladi. (22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 23. Tekshirishga vakolatli organlar buyruq asosida tekshirishlarni amalga oshirishni o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga topshirishga haqli. Tekshirishga ularning boshqa hududiy bo‘linmalari xodimlari, mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filiallari faoliyatini tekshirishlar ular tarkibiga kiradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi, rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno. (23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 24. Tekshirishni amalga oshirishdan oldin tekshirishga vakolatli organ tomonidan tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti nomi, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish o‘tkazish muddati va tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi ko‘rsatiladi hamda tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilinadi. (24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Tekshirish jarayonida tekshirishga vakolatli organning vakolatlari va tekshirish dasturi yoki savolnomasida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 25. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari tekshirish boshlanishidan oldin maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning (tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma, tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va tekshirish dasturi yoki savolnomasi) nusxalarini topshiradi. (25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 26. Tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi. (26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Download 93.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling