Mundarija Kirish I bob. Mehmonxona taraqqiyotining nazariy asoslari va uning bugungi kundagi ahamiyati


Download 314.76 Kb.
bet8/9
Sana14.02.2023
Hajmi314.76 Kb.
#1196279
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob. Mehmonxona taraqqiyotining nazariy asosl

Xulosa va takliflar
Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili ommaviy axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi.
Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud bo‘lgan:
a) jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar;
b) aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bhlgan odamlarda tanlash imkoniyati bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab hzi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bhlgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi. 24-jadvalda dunyoning aksariyat davlatlariga xos bo‘lgan 7 har xil toifa bo‘yicha mehmonxona korxonalari 9 turining solishtirma tavsifi berilgan.
Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning memorlik-tarx tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
Mehmonxona joyshablarini yuvish mehmonxonaning o‘zida yoki shahardagi kir yuvish joylarida amalga oshiriladi. Joyshabxona xodimlari qavatdagi hodimlardan ishlatilgan joyshabni qabul qilib tozasini beradilar. Qavatdan kelgan joyshablar maxsus qoplarda, nomlanib joylashtiriladi va yuvishga nakladnoy asosida yuboriladi. Yuvilgandan so‘ng joyshablar ko‘rib chiqiladi. Agar kir yuvish joyi (prachechnaya) aybi bilan qilingan nuqson topilsa, norozilik xati (isk) beriladi. Boshqa paytlarda nuqsonli joyshab komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, foydalanish mumkinmi yo‘qmi hal etiladi. Joyshablarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi. O‘z vaqtida yuvish, ta’mirlash va ehtiyotkorlik bilan foydalangan joyshab uzoq muddatgacha ishlatilishi mumkin.
Nomerda krovat yig‘ishtirilgandan so‘ng xona bekasi ish stolini yig‘ishtirishni boshlaydi. Stolda teginish va ko‘rib chiqish mumkin bo‘lmagan qo‘lyozmalar, ishchi qog‘ozlar, kitoblar yotgan bo‘lishi mumkin. Agar stol yuzasi plastikdan bo‘lsa, uni nam latta bilan , polirovka bo‘lsa yumshoq vetosh bilan artadi. Ba’zida stollar oynali ham bo‘ladi. Oyna doimo toza va yarqirab turishi kerak. Buning uchun xona bekasi maxsus tozalash vositalaridan foydalanishi zarur. Kuldonni (pepelnitsa) tozalayotganda u yerda begona predmetlar yo‘qligini tekshirish kerak. Keyin nam latta bilan telefon, stol lampasi, quruq latta bilan esa, kitob, jurnallar, televizor artiladi. Stol tortmalarini ham diqqat bilan ko‘zdan kechirib, changdan tozalash lozim. Nuqson topilganda usto chaqiriladi (singan, yaxshi yopilmaydi).So‘ngra xona bekasi gilam, gilamchalar, pardalar, yumshoq mebellarni tozalashga o‘tadi.
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi. Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bhladi. Belgilangan normalarga ko‘ra, yer maydoni hajmi mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55 m ni tashkil etadi.
Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‘rinli va khpincha uch hrinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida tariqasida, ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Bir qancha mehmonxonalarda bir o‘rinli nomerlar miqdori nomerlar fondining 40-50% ni tashkil etadi. Mehmonxonalarda aloqa bo‘limi, ayrim hollarda – bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun alohida joylar nazarda tutiladi.Idoraviy mehmonxonalar umumiy tipdagi mehmonxonalarning bir turi hisoblanadi. Bunday mehmonxonalar asosan ma’lum idora, muassasa yoki korxonaga ish yuzasidan tashrif buyurgan odamlar yashashi uchun mo‘ljallanadi. Idoraviy mehmonxonalar tegishli idora yaqinida yoki jamoat transporti yaxshi qatnaydigan joyda quriladi. Bunday mehmonxonalarda umumiy xonalar thplami ko‘pincha ancha cheklangan, hzi xizmat ko‘rsatuvchi korxona turiga va undagi umumiy ahamiyatga molik xonalar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Chet elda anjumanlar uchun mo‘ljallangan maxsus mehmonxonalar qurish keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar odatda «kongress-otel» yoki «konferens-otel» deb nomlanadi. Chet elda shuningdek ishbilarmonlar uchun ham maxsus mehmonxonalar – «biznes-otellar» quriladi. Odatda bu mehmonxonalarning shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi. Ularda kongresslar o‘tkazish uchun zallar, majlislar, konferensiyalar, simpoziumlar uchun alohida joylar, har xil turdagi restoranlar, aloqa va bank bo‘limlari, teletayp, teleks, basseynlar, saunalar, kegelbanlar faoliyat ko‘rsatadi.

Ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda kichik majlislar, savdo operatsiyalari o‘tkazish, mahsulotlarning namunalari ko‘rgazmalarini tashkil etish, firmalarning vakolatxonalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylar, ayrim hollarda transformatsiya qilinadigan – ularda kelgan odamlarni qabul qilish, kichik muzokaralar o‘tkazish imkonini beradigan nomerlar ham nazarda tutiladi. Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi. Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan gruppaviy turizm – ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan.





Download 314.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling