Mundarija Kirish I bob. Mehmonxona taraqqiyotining nazariy asoslari va uning bugungi kundagi ahamiyati


Download 314.76 Kb.
bet4/9
Sana14.02.2023
Hajmi314.76 Kb.
#1196279
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob. Mehmonxona taraqqiyotining nazariy asosl

***** 5* — barcha qulayliklari bor kichik shaharchaga o‘xshatish mumkin: yevropacha va milliy taomlarga ega bir nechta bar hamda restoranlar, tungi klublar, do‘konlar, sartaroshlik va kosmetika xonalari, maishiy texnika vositalari, fitnes-zal va biznes markazlar, cho‘milish havzalari xizmatingizda bo‘ladi. Xonalar bir yoki bir necha kishilar uchun mo‘ljallangan. Tadbirkorlar uchun «executive-suites» — ko‘ptarmoqli telefon aloqasi, kompyuter, faks xizmatlari va muzokaralar uchun alohida xona ham topiladi. Nomerda barcha sharoit muhayyo, bundan tashqari, hammomda jakuzi va dushxonalar ham mavjud. Mijozlarga ko‘p miqdorda kosmetika mahsulotlari va hammom xalati, xona uchun shippaklar taklif etiladi.
Mehmonxonalar uchun umumiy talablar quyidagicha: 1.1-jadval.



Nomer uchun talablar

5*

4*

3*

2*

1*

1.

Xona hajmi, m2 (bir kishilik, hammom va balkondan tashqari)

14-18

12-16

10

8

8

2.

Xona hajmi, m2 (ikki kishilik, hammom va balkondan tashqari)

16-25

14-20

14

12

12

3.

Hammom

Xonada

Xonada

Xonada

Qavatda 2 tadan ko‘p emas

Qavatda 2 tadan ko‘p emas

4.

Hojatxona

Xonada

Xonada

Xonada

Umumiy

Umumiy

5.

Televizor

Xonada

Xonada

Xonada

Qavatda

Qavatda

6.

Muzlatgich

Xonada

Xonada

Xonada

Qavatda

Qavatda

7.

Konditsioner

Bor

Bor

Bor

Yo‘q

Yo‘q

8.

Telefon

Bor

Bor

Bor

Bor

Yo‘q

9.

Kunlik tozalash

Bor

Bor

Bor

Bor

Bor

10.

«Tonggi qo‘ng‘iroq» xizmati

Bor

Bor

Bor

Bor

Bor

11.

Yotoq joyini almashtirish

Har kuni

Har kuni

Haftada 2 marta

5 kunda 1 marta

5 kunda 1 marta

12.

Ko‘zgu

Bor, 2 tadan ortiq

Bor, 2 tadan ortiq

Bor

Bor

Bor

13.

Fen

Bor

Bor

Yo‘q

Yo‘q

Yo‘q

14.

Shampun, sovun, hammom uchun ko‘pik

Bor

Bor

Faqat sovun

Yo‘q

Yo‘q

15.

Sochiq (har bir mehmonga)

Kamida 5 ta

Kamida 5 ta

Kamida 3 ta

Kamida 2 ta

Kamida 2 ta

16.

Sochiqni almashtirish

Har kuni

Har kuni

Har kuni

Haftada 2 marta

Haftada 2 marta

17.

Radio

Bor

Bor

Bor

Bor

Bor

Hozirda Toshkentda va O‘zbekistonning bir necha shaharlarida mehmonxona biznesi ancha rivojlanib bormoqda. Hatto ularning orasida ma’lum «yulduz»ga egalari ham topiladi. Endi o‘zingiz taqqoslab olavering, qaysi biri dunyo standartiga javob beradi, qay biri yo‘q.
Mehmonxonalar faoliyatida servis va xizmat ko‘rsatish darajasini har jihatdan rivojlantirish, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va farovon hayot barpo etishning muhim omillaridan biridir. Hozirgi kunda respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik obyektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda.
Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin oshmoqda. Bu esa turizm sohasida katta yangilanishni taqozo etdi. Chunki, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilash kerakligini davr taqozo qildi.
Bugungi kunga kelib respublikamizdagi mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda.
Bilamizki, so’nggi bir necha yillar davomida mamlakatimizda turizm sohasining asosi bo’lgan mehmonxonalar industriyasi jadal rivoj topmoqda. Shuningdek, yuqori darajada xizmat ko’rsatuvchi mehmonxonalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aholining ish bilan ta’minlanishi va o’z navbatida sayyohlikning ham yanad rivojlanishiga imkon yaratadi. Quyidagi chizma asosida poytaxtimizdagi mehmonxonalar industriyasining rivojlanish holatini ko’rishimiz mumkin.
So‘nggi yillarda mamlakatmizda mehmonxonalar faoliyatini takomillashtirish va ularda ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini jaxon talablari asosida shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 2
Shu bilan birga, davlat standartlariga asosan mehmonxonalarda zamonaviy xizmat ko‘rsatish darajalari belgilangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish darajalari taqdim etayotgan mehmonxonalar xizmat ko‘rsatish sifatini belgilash uchun ishlatiladi.
Zamonaviy mehmonxonalar faoliyatida turistik xizmatlarda quyidagi xizmatlar lyuks, birinchi klass, turistlik klass, iqtisod klass qilib belgilanadi.
Lyuks klass” Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi. Ayniqsa, 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport lyuks klass mashinalarida alohida gid xizmatlari va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Bunday turlar VIP xizmat ko‘rsatish turkumi bo‘yicha taqdim etiladi.
Birinchi klass” (daraja) – bu nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirish, biznes klass darajadagi samolyotlarda uchish, obro‘li restaranlarda ovqatlanish, individual traasnfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
Turistlik klass” Bu 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchish, shved stoli xili bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transferni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turi sanaladi.
Iqtisod klass” Bu eng arzon ximat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadilar. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirishni, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon.3 Ammo, ushbu belgilashlarning barcha darajalari shartli va ko‘pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish shuningdek, bugungi kun talabidagi zamonaviy mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish hajmini ko‘paytirish, samaradorlik darajasini oshirish, ko‘proq bepul va pullik qo‘shimcha xizmatlarni yaratish lozim.
Mehmonxonalar binolarining guruhlarini belgilash uchun odamlarning yong‘indan xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu chora-tadbirlar binoning memorlik-tarx, konstruktiv va muhandislik-texnologik yechimlariga ta’sir ko‘rsatadi, xususan, yong‘in chiqqan hollarda odamlarni evakuatsiya qilish sistemasini, signalizatsiya, tutunni aniqlash va tutunni chiqarish, o‘t o‘chirish sistemalari miqdori va turlarini belgilaydi. Zinalar miqdoriga, umumiy koridorlar kengligiga, zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining uzoqda joylashganligiga qarab yong‘inga qarshi xavfsizlik talablari qattiqlashib boradi.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida ikki va undan ortiq qavatli milliy mehmonxonalarda zinalar ikkitadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining maksimal uzoqligi tartibga solinadi (nomer ikki zina oralig‘ida joylashgan taqdirda 40 m gacha, nomer boshi berk koridorda yoki galereyada joylashgan taqdirda esa – 25 m gacha). Umumiy koridorlarning uzunligiga qarab ularning kengligi qabul qilinadi: umumiy koridor uzunligi 40 m gacha bhlgan hollarda 1,6 m, umumiy koridor uzunligi bundan ortiq bo‘lgan hollarda esa – 1,8 m. Umumiy koridorlarni bir-biridan uzog‘i bilan 30 m oraliqda joylashgan o‘zi berkiladigan, tutun o‘tkazmaydigan eshikli yopmalar bilan bo‘limlarga ajratish talab etiladi.
Sig‘imi uncha katta bo‘lmagan (taxminan 50 joydan iborat) kam qavatli mehmonxonalarning binolari mamlakatimizda asosan viloyat miqyosidagi shaharlarda va shaharchalarda quriladi.
Ko‘p qavatli mehmonxonalar qurishni odatda shaharsozlik tartibi taqozo etadi. Bunday mehmonxonalarning binolarida odamlarning yong‘indan xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, vertikal transport, muhandislik kommunikatsiyalari masalalari va boshqa shunga o‘xshash masalalar alohida ahamiyat kasb etadi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun har xil tutunni aniqlash, yong‘in signalizatsiyasi va o‘t o‘chirish avtomatik sistemalari qo‘llaniladi; evaukatsiya yo‘llarining ishonchliligiga alohida e’tibor beriladi. Yong‘inda bir yerda tutun to‘planishi ayniqsa xavflidir. Shu bois 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarda zina maydonchalarining yarmi tutun to‘planmaydigan qilib quriladi. Bunday zina maydonchalaridan odamlarni binodan evakuatsiya qilish hamda o‘t o‘chirish komandalari tomonidan qutqarish ishlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Mazkur zina maydonchalarida tutun to‘planmasligi ularda balkon yoki lodjiyaga chiqish yo‘llari qurish, ya’ni havo zonasi hosil qilish orqali ta’minlanadi. Bu yong‘in chiqqan hollarda tutun bosgan qavatning umumiy koridori va xollidagi tutun zina maydonchasiga o‘tishining oldini olishga xizmat qiladi.Tutun qavatlar bo‘ylab tarqalishining oldini olish uchun havo tortilishi liftlarning shaxtalarida ham ta’minlanadi. Bundan tashqari, 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarning binolarida o‘t o‘chiruvchilarni tashishga mo‘ljallangan yuk va yo‘lovchi liftlari bo‘lishi shart. 16 qavatdan baland mehmonxonalarda yong‘indan qo‘riqlash idoralari bilan kelishilgan qo‘shimcha yong‘inga qarshi chora-tadbirlari qo‘llaniladi.
Loyihalashtirilayotgan mehmonxonaning oqilona qavatliligini tanlash ancha murakkab vazifa bo‘lib, u har bir muayyan holatda juda ko‘p, ba’zan bir-biriga zid omillar: mehmonxonaning sig‘imi, shaharsozlik shart-sharoitlari, normativ talablar, konstruksiyalar, texnik-iqtisodiy mezmonlar va hokazolardan kelib chiqib hal qilinadi.
Har xil sig‘imli mehmonxonalarning binolari uchun oqilona qavatlilikni belgilash hamda bu qavatlilik o‘zgargan holda bir joyning qurilish qiymatidagi o‘zgarishlarni aniqlash jiddiy ilmiy ishlovlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ammo olimlarning tadqiqotlari so‘nggi vaqtda mehmonxonalarning har bir sig‘imi uchun binolarning oqilona qavatliligi, binobarin, turar joy korpusining uzunligi ham mavjud deb hisoblash imkonini beradi. Mehmonxonalarning qavatliligini oqilona darajadan oshirish qurilish bahosining oshishiga olib keladiki, buni loyihalash chog‘ida inobatga olish zarur.
Mehmonxonalarning shinamlik darajasi ularning texnik jihozlanishi, nomerlar fondining tarkibi va sifati, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami bilan belgilanadi. Aksariyat mamlakatlarda mehmonxonalar shinamlik darajasiga qarab tasniflanadi. Chet elda bunday tasniflashga nisbatan yondashuvda hozir ikkita asosiy yo‘nalish mavjud. Bir yo‘nalish «statik» belgilarni, ya’ni vanna va hojatxonali nomerlarning qat’iy belgilangan foiz nisbatini, mehmonxonada usti berk basseyn, sauna va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarning mavjudligini, mehmonxona sig‘imi bilan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar miqdori o‘rtasidagi ma’lum nisbatni va boshqa shunga hxshash holatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish nisbatan yangi moddiy negizga qarab mo‘ljal oladi. Ikkinchi yo‘nalish «dinamik» omillarni, ya’ni servis xizmatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, mijozlarga lozim darajada xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda, joylashtirish vositalari nisbatidagi qat’iy tenglik mehmonxonaning sifat standartiga muvofiqligini amalda ta’minlay olmaydi. Masalan, Shveysariyadagi mehmonxonalar tasnifi mana shu yo‘nalishga kiradi.
Mehmonxonalarni shinamlik darajasiga qarab tasniflash, bu darajalarni belgilash masalasiga nisbatan har xil yondashuv hamda aksariyat mamlakatlarda shinamlik darajasi bir xil mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarning har xilligi xalqaro turistik safarlarni tashkil etish chog‘ida jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi, mehmonxonalarning sifati va shinamlik darajasi to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olishni taqqozo etadi. Bunday ko‘rsatkichlarni bir xillashtirishga va shinamlik darajasi bir xil mehmonxonalarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqishga bo‘lgan urinishlar hozircha muvaffaqiyat keltirgani yo‘q.
Katta sig‘imli, shinamlik darajasi baland bo‘lgan zamonaviy mehmonxona bugungi kunda ancha murakkab kompleks organizmga aylandi. Bu kompleks tarkibiga har xil vazifani bajaruvchi turli-tuman binolar va xonalar, chunonchi: turar joy binolari, mijozlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, ommaviy-madaniy, maishiy xizmat ko‘rsatish, ma’muriy binolar va xonalar, xizmat, xo‘jalik, yordamchi, texnik binolar va xonalarning rivojlangan tarkibi kiradi. Bugungi kunda ishga doir uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan binolar (konferens-zallar yoki ko‘p funksional foydalanish uchun mo‘ljallangan zallar), kinokonsert zallari, bal zallari, bank bo‘limlari, basseynlar, saunalar, sport zallari, kegelbanlar, ko‘rgazma tashkil etishga mo‘ljallangan binolar, savdo korxonalari, garajlar ham zamonaviy mehmonxonalar tarkibidan keng o‘rin olmoqda.
Odatda mehmonxonalarning har xil binolari va xonalari ma’lum funksional belgilariga qarab guruhlanadi. Bunday belgilar mehmonxonalarning binolari va xonalari o‘rtasida sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga javob beruvchi, mehmonxonadan foydalanishning qulayligini va unda yashashning shinamligini oshiruvchi qat’iy texnologik aloqalarni tashkil etish imkonini beradi. Turli binolar va xonalarning hzaro aloqasini to‘g‘ri tashkil etishning qiyinligi shundaki, mehmonxonada yashovchi odamlar murakkab kompleks organizmning kundalik mehnatini ko‘rmasliklari, balki faqat bu mehnat natijalaridan bahramand bo‘lishlari kerak.
Mehmonxonaning shinamlik darajasi qancha yuqori va sig‘imi qancha katta bo‘lsa, uning tarkibiga shuncha ko‘p har xil xonalar va binolar kiradi va u shuncha murakkab funksional tuzilmaga ega bo‘ladi. Jahon mehmonxonalarni loyihalash va qurish amaliyotida ularni tashkil etishning har xil funksional sxemalari qhllanadi. Ammo bu sxemalarning barchasi mehmonxonalarda sodir bo‘luvchi murakkab texnologik jarayonlardan kelib chiqib tuziladi. Mehmonxona korxonasi aniq va qat’iy ishlashi uchun yuqorida zikr etilgan jarayonlarning talablariga rioya qilish zarur.

Download 314.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling