Mundarija kirish I bob. Morfoogiya


Download 0.6 Mb.
bet11/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1638531
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alaydarova Dilnoza kurs ishi

Tartib son
Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlarga tartib sonlar deyiladi. Qo'shimchasi: -(i)nchi. Mazkur qoʻshimcha istalgan sanoq son asosiga qoʻshib tartib son yasaydi. M.: Men oilada bir/inchi farzandman. Soʻrog’i: nechanchi? Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. Tartib son ba’zan gapda quyidagi soʻzlar bilan keladi: marta, navbatta, gal, bor. M.: Men Samarqandga birinchi gal borishim. ESLATMA! -inchi qoʻshimchasi bir soniga qoʻshilib, “ilk”, “oldingi”, “avvalgi” ma’nolarda keladi. M.: Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim!(A.Oripov) Harakat-holatning ham belgisini ifodalaydi. M.: Darsdan keyin test ishlashni birinchi eshitishim. Yozilishi. Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda, -(i)nchi qoʻshimchasi oʻrnida, arab raqamidan soʻng chiziqcha (-) qoʻyiladi. M.: 9-sinf, 3-qavat, 2012-yil, 27-dekabr. Tartib sonlar rim raqami bilan ifodalanganda, chiziqcha (-) qoʻyilmaydi, chunki oʻzbek tilida rim raqamlari faqat tartib son sifatida ishlatiladi. M.: VII sinf, III kurs, XXI asr, LXXII bob.
Ham kasr, ham butun sonlar aralash sonni yuzaga chiqaradi. Yoʻlning kengligi 10,5 – oʻn butun oʻndan besh metr edi7.

2.3 Sonninng tuzilishiga ko‘ra turlari
Sonlar tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab va juft bo‘ladi.
Sodda son birgina o‘zakdan tuzilgan bo‘ladi: uch, bеsh , o‘n kabi.
Murakkab sonlar kamida ikki o‘zakdan tuzilib, bir umumiy miqdorni anglatadi: bir yuz ellik, yigirma bеsh, ikki ming to‘rt kabi.
Juft sonlar ikki sonning juft holda, kеtma-kеt holatda yoki o‘zaro tеng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: bеsh-o‘n, to‘rt-bеsh, bеshbеsh, yuzta-yuzta, qirqta-ellikta, o‘n-o‘n bеshta kabi.
Murakkab sonlar - uchta va undan ortiq boʻluvchiga ega boʻlgan natural sonlarga murakkab sonlar deyiladi. Masalan,eng kichik murakkab son 4 va uning boʻluvchilari 1, 2, 4 dir. Undan keyingi murakkab son 6 , uning bo'livchilari soni 4 ta va ular 1 , 2 , 3 , 6 dir. Murakkab sonlarni doimo tub koʻpaytuvchilarga ajratish mumkin. Murakkab sonlar cheksiz ko'p va buning isboti juda oddiy. Chunki 2 dan boshqacha barcha juft sonlar o'ziga , 1 ga va 2 ga karralidir va bu ularning bo'luvchilarini 3 ta va undan ko'p ekanligini va murakkab son ekanligini isbotlaydi.
Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan maʼnosiga koʻra, Sonning 2 turi farqlanadi: koʻpaytma son — qismlari bildirgan miqdorning koʻpaytmasidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi murakkab son: besh ming (5x1000), uch yuz (3x100), uch million (Zx1000000); qoʻshilma son — qismlari bildirgan miqdorning yigʻindisidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi son: oʻn sakkiz (10+8), yetmish besh (70+5) va shu kabi sonlar gapda, asosan, aniqlovchi, oʻrniga qarab boshqa barcha ran boʻlaklari vazifasida kela oladi; 2) grammatik miqdor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi; Son kategoriyasi. Oʻzbek tilida son kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik son — bir turdagi narsabuyumlardan bittasini (oʻquvchi, daftar, daraxt); predmetning bir (yakka) shaxsga tegishliligini (ukam, daftaring, qalami); olmoshlarda shaxsning yakkaligini (men, sen, u); feʼllarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding, koʻraman, oʻqiysan, boradi) bildiradi; koʻplik Son — predmetning birdan ortikdigini, koʻpligini, uning birdan ortiq (koʻp) shaxsga tegishliligini (kitoblar, daraxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uylari); olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (koʻp)ligini (biz, siz, bizlar, ular); feʼllarda harakatni birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, boramiz; ishlasak, ishlasangiz) bildiradi. otlarda birlik sonni koʻrsatadigan maxsus qoʻshimcha yoʻq, koʻplik son esa lar affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Koʻp tillarda birlik son koʻplik songa qaramaqarshi qoʻyiladi8.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, So‘z turkumlari ichida Son so‘z turkimi ozining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Sonning ma’no turlarini belgilashga to‘xtaladigan bo‘lsak, son so‘z turkumini yasashda bevosita ham bilvosita ham qatnashishi mumkin.
Kasr sonlar qatnashgan gapda sal kam, koʻp, moʻl soʻzlari qatnashishi mumkin. Masalan, inson oltmish yil yashasa, umrining salkam uchdan bir qismni, ya’ni 20 yil umrini uyquda oʻtkazadi!
Oʻzbek tilida bir soʻzi oʻrnida nutq talbiga koʻra ilk soʻzi qoʻllanishi mumkin: Boychechak bahorning ilk darakchisidir. Shuningdek, bir soʻzi ma’nosida yakka, yolg’iz, yagona, tanho kabi soʻzlar ham kelishi mumkin. M.: Otabek Yusufbek hojining yolg’iz (yakka-yu yagona) oʻg’li.
Hisob soʻzlari sanoq son va ot oʻrtasida kelib, son bilan birgalikda bitta gap boʻlagi vazifasida keladi. Masalan, bir hovuch suv, 2 qop un, besh yashik olma.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, dona son, taqsim son, kasr son, jamlovchi son, chama son, tartib son sonning ma’no turlari hisoblanadi. Ushbu sonning ma’no turlari o‘zini xususiyati va gaplarda ishtirok etishi bilan bir biridan ajralib farqlanib turadi.
So’z turkumlari masalasi, garcha butun dunyoda, jumladan, O’zbekistonda ham ko’plab tadqiqotlarda ob’ekt qilib olingan bo’lsa-da, hammaga bir xil darajada manzur bo’ladigan holatda o’rganilmagan. So’z turkumlari bilan bog’liq material, ma’lumot lug’atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug’atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo’ladi. Bizning ushbu ishimizda matndagi barcha so’z va ularning turli grammatik qoidalari qulaylicha tahlil qilishinishi mumkin.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling