Mundarija kirish I bob. On-line kurslar va didaktik tushnchalar haqida umumiy ma’lumotlar
On-line kurslar uchun didaktik materiallar tayyorlash metodikasi
Download 69.11 Kb.
|
Kurs ishi IOM
2.2 On-line kurslar uchun didaktik materiallar tayyorlash metodikasi
Didaktik materiallardan ta'lim jarayonida foydalanishning asosiy maqsadlari – o'quvchilar tomonidan o'quv materiallarini egallaganlik darajasini aniqlash, o'quvchilarning mustaqil ravishda fanlarni o'rganish uchun imkoniyat yaratish. Zamonaviy axborot texnologiyalari (AT) didaktik materiallarni yaratishda juda katta imkoniyatlar yaratmoqdaki, bunday imkoniyatlar o'qituvchilar ixtiyorida avvallari bo'lmagan. ATlarning vosita va metodlari qiziqarli, estetik jihatdan o'ziga tortuvchi, bilim olish uchun hizmat qiladigan, muammoli materiallarni tayyorlash va shuning bilan birga o'quvchilarda o'qishga bo'lgan qiziqishini orttirish imkonini yaratadi. Microsoft Office paketiga kiruvchi Microsoft Word matn muharriri va Microsoft Excel elektron jadval muharrirlari yordamida quyidagi elektron didaktik materiallar (EDM) turlarini yaratish mumkin: - muammoli savollarga asoslangan topshiriqlar; - ijodiylik va izlanuvchanlik ko'nikmalarini rivojlantiruvchi topshiriqlar; - solishtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez qilish kabi mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantiruvchi topshiriqlar; - laboratoriya ishlarini bajarish uchun yo'riqnomalar; - teoremalar, formulalar va qoidalar yozilgan kartochkalar; - yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar; - turli hil testlar, anketalar, so'rovnomalar; - o'tilayotgan mavzuga oid matnlar, krossvordlar; - eksperimentlarni o'tkazish bo'yicha topshiriqlar va b. Microsoft Word matn muharriri yordamida o'quvchilar bilimlarini nazorat qiluvchi testlar, yozma ishlar va turli topshiriqlarni yaratish mumkin. Bugungi kunda Microsoft Word matn muharriri barcha maktablarda o'rnatilgan kompyuter sinflarida mavjud va ushbu dastur aksariyat komp`yuter foydalanuvchilarning keng foydalanadigan ishchi quroliga aylangan. Ushbu mashg'ulotimizda Microsoft Word 2007 matn muharririda matn kiritish, uni tahrir qilish, yaratilgan hujjatni uzatish kabi amallarga emas, balki uning qo'shimcha imkoniyatlari yordamida o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lgan, estetik jihatdan bejirim va samarali EDMlarni oz vaqt sarflab yaratishga bag'ishlangan. 1. Microsoft Office paketi uchun Learning Essentials qo'shimcha ilova http://www.microsoft.com/rus/education/img/le01.pngdasturi Learning Essentials – Microsoft Office paketi uchun qo'shimcha ilova dasturi bo'lib, ta'limga oid shablon va vositalar to'plamlaridan iborat. Ushbu ilova-dastur ikki qismdan iborat: o'qituvchilar hamda o'quvchilar uchun yordamchi vositalar. Uning yordamida o'qituvchi va o'quvchilarning kunlik faoliyatlarini optimallashtirish va samarali tashkil etish mumkin. http://www.microsoft.com/rus/education/img/le03.pngTa'lim muassasalari uchun bir qancha qulayliklarni taqdim etadi: - Learning Essentials ilova-dasturini Microsoft Office paketidan foydalanuvchi har bir maktab Microsoft korporatsiyasining veb-saytidan bepul yuklab olishi mumkin; - Tarqatma materiallar, testlar, yozma ishlar, so'rovnomalar, anketalar, mashqlar va boshqa EDMlarni tayyorlashda o'qituvchining vaqti jiddiy ravishda tejaladi; - EDMlarni formatlash va tahrir qilishga vaqt qisqaradi; - EDMlarni professional ko'rinishda yaratish imkoniyatini beradi; - Interaktiv rejimda EDMlarni sichqoncha tugmasini bir-necha bor bosish bilan tayyorlanadi. Learning Essentials ilova-dasturini yuklab olish uchun quyidagi saytga kiramiz: http://www.microsoft.com/learningessentials/default.mspx. Ushbu gipermurojaat orqali yuklab olgan faylimiz komp`yuterimizga LrngEssl20.exe nom bilan saqlanadi. Ushbu faylni ishga tushiramiz. Ishga tushirganimizdan so'ng quyidagi oyna hosil bo'ladi: Undagi Unzip tugmasini bosganimizdan keyin Learning Essentials ilova-dasturining fayllari C:\LNGESSL2 papkasiga ochiladi. Ushbu papka ichidagi fayllardan setup.exe faylini ishga tushiramiz. Dastur o'rnatilishi jarayonida hosil bo'lgan har bir oynada Dalee tugmasini bosamiz.Ilova-dastur o'rnatilgandan so'ng Windows ning "Ishchi stoli"da ikkita yorliq hosil bo'ladi: o'qituvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami va o'quvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami. Bundan tashqari Learning Essentials ilova-dasturi o'rnatilgandan so'ng Microsoft Word matn muharriri menyular satrida ham o'zgarish ro'y beradi: menyular satriga yangi Nadstroyki bo'limi qo'shiladi va ushbu bo'limga tegishli vositalar panelida o'qituvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami va o'quvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami hosil bo'ladi: O'qituvchi vositalarini ochish uchun: O'quvchi vositalarini ochish uchun: O'qituvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami Microsoft Word matn muharriri menyular satridan yoki Windows ning "Ishchi stoli"dagi yorliq orqali "O'qituvchilar uchun o'quv shablonlar to'plami" ni ishga tushiramiz. Ushbu ilova-dasturni ishga tushirganimizdan so'ng quyidagi oyna hosil bo'ladi: Ushbu ilova-dastur menyusi 9 ta bo'limdan iborat bo'lib, har bir bo'lim oldindan tuzilgan hujjatlar shablonini (namunalarni) o'z ichiga oladi: O'qituvchilar uchun Office Novator-o'qituvchilar Sxema va diagrammalar Mashg'ulotlar rejasi va topshiriqlar Topshiriqlar va baholash Ma'muriy masalalar Malaka oshirish Internetdagi foydali resurslar Shaxsiy materiallarni yaratish Yuqorida aytib o'tganimizdek, matn muharririning ilova-dasturi yordamida turli fanlardan testlar, topshiriqlar va yozma ishlarni yaratamiz. Ilova-dasturning menyusida "Plani zanyatiy i zadaniya" va "Zadaniya i otsenki" bo'limlarida testlar, topshiriqlar va yozma ishlar shablonlari keltirilgan. XULOSA Ushbu kurs ishini xulosalaydigan bo’lsak, intеrnеt birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o’zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib bеruvchi "informatsion magistral" vazifasini o’taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari intеrnеt bugungi kunda dunyo bozorini o’rganishda, markеting ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznеsning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Avvalo bir еchimga kеlishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (soxaga) aloqador bo’lgan juda ko’plab ma’lumotlarni to’plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo’ladi. Ba’zan bunday ma’lumotlar to’plami shu qadar ko’payib kеtadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus tеxnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bo’lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik xayotda qabul qilish va qayta ishlash zarur bo’lgan axborotlar xajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba’zan ularni qabul qilishga xam ulgurilmayapti. Axborot va ma’lumotlar xajmining bu qadar ko’payib kеtishi, oqimining esa tеzlashib borishini asosiy sabablaridan biri informatsion tеxnika va tеxnologiyalarning rivojlanishi zamonaviy eng yangi tеxnologiyalarini qo’llash, ikkilamchi xomashyolardan oqilona foydalanish, enеrgеtik rеsurslarni tеjamkorlik bilan ishlatish, inson mеxnatini еngillashtirish xisob iga oshirish bosqichiga kirganligidir. Bu esa, o’z navbatida, jamiyatni yuqori darajada informatizatsiyalashgan bo’lishini talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi mummolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin firlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limida qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo;lishlarini ta’minlaydi. Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘quv mashg‘ulotlarni interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o‘sishiga sababchi bo‘lmoqda. Download 69.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling