Mundarija Kirish I. Bob. O’qitish metodlarini tanlash va ularning ahamiyati


I. Bob. O’qitish metodlarini tanlash va ularning ahamiyati


Download 258.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana29.01.2023
Hajmi258.27 Kb.
#1138743
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ulug\'bek Bahodirovich.

I. Bob. O’qitish metodlarini tanlash va ularning ahamiyati 
1.1 Tarix o’qitish usullarining shakllanishi va rivojlanishi 
"Ta'lim" va "sifat" tushunchalarining mohiyatini uyg'unlashtiradigan bo'lsak, 
ta'lim sifati, bu uning xususiyatlari yaxlitligi, ta'lim oluvchi o'qishi va shaxsiy 
rivojlanishi uchun xizmat qiladigan eng qulay usullar birikuvidan iborat 
jarayondir.Taʼlim sifati - bu butun taʼlim tizimi tarkibiy qismlarining sifat vazifalari, 
murakkab rivojlanish kuchi(dinamika)ga ega boʼlgan jarayon boʼlib, bu taʼlim 
muassasalari faoliyatidagi oʼzgarishlar, yaʼni ularning ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik 
va siyosiy muhitining oʼzgarishi bilan izohlanadi. Аyni vaqtda taʼlim sifati 
innovatsion rivojlanish natijalaridan biri emas, balki uni amalga oshirish uchun zarur 
boʼlgan shartlardan biridir. Ushbu tadqiqot sohasi bo'lgan tarix tushunchasi ilmiy 
soha va fan sifatida vaqt o'tishi bilan odamlar tomonidan qilingan harakatlar va 
faoliyatlarni o'rganish jarayoni hisoblanadi
1

Biroq, tarixiy jarayonda sodir bo'lgan barcha narsalarni o'rganish va ochib 
berish imkonsizdir. Chunki, tarixning pozitiv nuqtai nazarida aytilganidek, tarixiy 
ma'lumot sifatida qabul qilinishi mumkin bo'lgan har qanday da'vo dalillarga, 
ayniqsa yozma dalillarga asoslanishi kerak. Shuning uchun tarixni o'tmish voqealari 
va dalillari haqida yozilgan axborot deb ta
2
riflash mumkin. J. Slater bu fikrni 
quyidagicha ifodalaydi: “mohiyatan tarix o'tmishni o'rganish va bizning bilimlarimiz 
va fikrlarimizni bir vaqtning o'zida tasdiqlash usulidir”. Tarix tushunchasining 
g'arbdagi muqobili bo'lgan "history" qadimgi yunon tiliga tegishli bo'lib, "izlanish" 
yoki haqiqatni tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Bir fan sifatida tarix insoniyat 
tarixini o'zining noyob metodologiyasi orqali o'rganadi.
Tarixiy metodologiya, tadqiqot sohasini, muammoni yoki mavzuni aniqlash, 
ushbu mavzu yoki muammoga tegishli gipotezalarni ishlab chiqish, olingan dalillar 
va manbalardan ma'lumot to'plash, ushbu ma'lumotlarni tahlil va tanqid qilish, 
mavzu bo'yicha boshqa izlanishlarni ko'rib chiqish va mavzuni tushunish, 
1
F.X. Xazratov, S.S. Muxlisov, I.E. Abdurasulov – Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar., 
Buxoro., “Durdona”., 2021. -B.48. 
2
Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo`llari. - Toshkent., 
Nizomiy nomidagi TDPU, 2009. -B.71.



shuningdek mantiqiy asosda izohlangan tadqiqotni ochib berishdan iboratdir. 
Shunga asoslanib, tarixchining roli sifatida o’zining mustaqil ilmiy rivojlanishi 
jarayonida o'tmishni o'rganish, mavzuni aniq, real va to'liq tushunchalarini yoki 
tasvirlarini yaratish va barcha bu bosqichlar haqida fikrlash kabilar belgilanadi. 
An'anaviy tarix darslarini tashkil etishda talabalarga ma'lumot uzatish jarayoni 
odatda darslik yoki boshqa ikkilamchi tayyor manbalarini o'qish orqali amalga 
oshiriladi. Bu jarayon talim oluvchiga tayyor ma’lumotlarni eslab qolish va axborot 
sifatida qabul qilish ko’nikmasini hosil qiladi xolos.
Noan’anaviy interfaol, samarali tarix darslarida esa o'tmish haqida ishonchli 
ta'riflar va tushuntirishlarga erishish uchun yuqorida aytib o'tilgan ko'nikmalar va 
tarix o’qitish metodikasidan foydalanishga urg’u beriladi. Chunki tarix darslarida va 
tarixni tadqiq qilishda qo'llaniladigan pedagogik va tarixiy tadqiqot usullari 
o'quvchilarga o'tmishni tushunishda turli xil foydali qulayliklar berishi mumkin. 
Manbalarni o'rganish va yozma dalillarni aniqlash, manbani yoki berilgan dalillarni 
tayyorlagan shaxs(lar)ning shaxsiy fikrlarini aniqlash va yozma yoki boshqa 
manbalarda keltirilgan fikrlarning asl ma'nosini o'rganish jarayoni tarix o'qitishning 
yana bir jihatlaridir. Bu tarixiy haqiqatni qanday o'rganish mumkinligini o'rgatish 
demakdir. Samarali tarix o’qitish o’quvchilarga tayyor tarixiy xulosa qilingan 
ma’lumotlar bilan birga manba va dalilarni taqdim etishni talab etadi
1
.
O’quvchi ma’lum tarixiy manbalarni (xoh yozma, xoh og’zaki bo’lsin) tahlil 
etgan holda tarixiy bilim va tasavvur hosil qilishi pedagogik nuqtai nazarda g’oyat 
samaralidir. Zotan, darslarida ta’lim oluvchining xotirasini rag’batlantiruvchi 
usullardan ko’ra, uning mustaqil fikrlashini ta’minlaydigan usullardan foydalanish 
foydali hisoblanadi. Tarixiy bilimlarni tushunish va o'tmishni anglash uchun 
dalillarni o’rganish va ko’zdan kechirish talab etiladi. Ammo tarixni tashkil etuvchi 
elementlar nafaqat ular haqida balki, o'tmish voqealari, bugungi kunda ma'lum 
bo'lgan tajrabilar majmuasi hamdir. Ba'zi tadqiqotchilar tarixiy tafakkur 
jarayonlaridan foydalangan holda tarixni o'qitish amaliyotlari ko'plab tarixiy 
1
T. Toshpo`latov, Ya. G`afforov Tarix o`qitish metodikasi. Toshkent, 2002. -B.66. 



muammolar va mavzularni tushunishda muhim hissa qo'shishini ta'kidlaydilar. 
Bugunig zamonaviy ta'lim holati ta'lim tushunchasini qayta ko'rib chiqish va 
aniqlashtirishni, shaxsga yo'naltirilgan pedagogikaning toifalari va tamoyillarini 
tahlil qilish jarayoniga kirishni talab qiladi. Pedagogik ongning yangi modeli asta-
sekin o'qituvchining ta’lim oluvchiga bevosita ta'sir etish amaliyotidan voz kechadi 
va ta’lim oluvchining o'z rivojlanish imkoniyatlarini ta'minlash uchun barcha 
pedagogik makonning tuzilishini yanada samarali tashkil etishga imkon beradi. 
Shunday qilib, har bir o'qituvchi o'z darslarini qiziqarli va mazmunli bo'lishga 
intiladi, bu esa ta’lim oluvchininglarning mavzuga bo'lgan qiziqishini oshiradi. 
Xususan, tarix darslarida faktlarni assimilyatsiya qilish emas, balki turli 
davrlarning qadriyatlarini rivojlantirish, o'tmish odamining o'rniga o'zini qo'yish, 
uning fikrlarini, harakatlarini tushunish qobiliyati orqali shaxsni rivojlantirishga 
alohida e'tibor qaratiladi. Bularning barchasi tarixiy empatiya yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. Empatiya yunoncha - "ehtiros", "azob", "tuyg'u", boshqa 
odamning hozirgi hissiy holati bilan ongli hamdardlik ma’nosini bildiradi. Tarixiy 
empatiya esa tarixiy hodisalar va tarixiy shaxslar hayotini o’zida his etish demakdir. 
Tarixiy empatiyani shakllantirish usullaridan biri tarixiy hodisalarni hikoyasi 
hisoblanadi. Rus tadqiqotchilari asarlarida hikoya usulidan darslarida samarali 
foydalanish haqida so'z boradi. Ular orasida P.V.Goran, A.A.Vagin, 
P.S.Leibengrublar alohida qayd etiladi. Hikoya orqali bolalarda empatiya 
shakllanishiga hissa qo'shish uchun A.A.Vagin tomonidan aytilganidrek turli xil 
maxsus vositalardan foydalanish talab etiladi.
Tarixiy hodisalarni jonlantirish orqali tarixiy mavzu yanada ishonchli 
bo'lishiga erishiladi va o'rganilayotgan tarixiy hodisalarning o'ziga xosligini 
yaxshiroq ochib berishga imkon beradi.Tarix darslarida badiiy adabiyot 
namunalaridan foydalanish ham tarixiy haqiqatni aniqlashtirishga, o'tmishning 
yorqin tasvirlarini yaratishga yordam beradi. Bundan tashqari, tarixiy voqealarni 
hikoya qilishda turli xil namoyishlarni qo'llash samrali hisoblanadi. Misol uchun, 
moddiy madaniyat obektlarining tasviriy ko'rinishlari, o'qitishning texnik(audio-
vizual) vositalari shular jumlasidandir. Bularning barchasi o'quvchilarga tarixiy 



davrning muhitini tasavvur qilish, o’zini o’tmishda tarixiy hodisalar ichida his qilish 
tuyg'usini boshdan kechirish imkonini beradi. Tarixiy empatiya shakllanishining 
yana bir usuli, bu shaxsiyatdir. Ta’lim oluvchining qalbida taqdirlar, harakatlar, 
hayot sharoitlari, tarixiy shaxsning faoliyati haqida tasavvur taixiy shaxsning holati 
va faoliyatini ijtimoiy hayotdagi. Metodikaning rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siesiy tarix bilan, tarixiy va pedagogika ilmlarining rivojlanishi bilan bog’liq. 
Metodikada to’plangan tarixiy tajribani o’rganish bugungi kundagi tarixiy talimning 
murakkab va dolzarb muammolarini ilmiy, haqiqiy echimini topishga erdam beradi. 
Maktabda tarix predmet sifatida o’qitila boshlaganidan keyin o’qitishning maqsadi 
va mazmunini belgilash, uni eshlarga tushuntirish soh’asidagi savollarga amaliy 
javob berish zaruriyati ostida tarix o’qitish metodikasining dastlabki elementlari 
yuzaga kela boshladi. 
XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida tarixiy bilim beradigan xususiy 
maktablar paydo bo’ldi. Yirik shahallarda jamoatchilik pedagogik tashkilotlar 
vujudga keladi. Maktab tarixiy talimining rivojlanishida P.G.Vinogradov, 
N.I.Kareev, S.F.Platonov kabi tarixchilar-”liberal” yo’nalishda to’rdi. Ularning 
darsliklarida jamiyatning siesiy, tarixiymadaniy turmush hayot, iqtisodiy rivojlanish 
bo’yicha faktlar berildi. O’lar tarix o’qitishda kursatmali obrazli o’qitish usullarini 
va o’quvchilarning fikrlashini faollashtirishni tavsiya qilgan. M.N.Pokrovskiy, 
N.A.Rojkov, M.N.Kovalenskiy va boshqalar ”radikal” yo’nalishda deb qaralgan. 
N.A.Rojkov darsliklarida 1- o’ringa manba, hujjatlarni qo’yib, ular bilan ishlash 
o’quvchilarning aqliy mustaqilligini o’yg’otishi kerak edi. Kovalenskiy 5 jildli 
xrestomatiyasida va darsligida iqtisodiy va sinfiy kurash masalasiga ko’proq etibor 
qiladi. Sotsiologik maktab vakili R.Yu.Viller-umumiy tarix bo’yicha darsliklarida 
induktiv metod asosida sotsiologik tushunchalarni va tarixiy jarayon qonuniyatlarini 
ochishni tavsiya qiladi. O’quvchilarning bilish ischanligini faollishtirishda 
o’qitishning ”real”, “laborotoriya”, ”referat”, ”dramatizatsiya” metodlari qo’llanildi. 
XX asr boshida tarixiy manbalar asosida tarix o’qitishning ”real” metodi tiklandi. 
M.N.Pokrovskiy va N.A.Rojkovlar uning tarafdorlari bo’ldi. Laborotoriya metodi 
o’quvchilarning tarixiy h’ujjatlar va ilmiy ommabop adabietlar bilan mustaqil 



ishlashiga asoslandi. Referat metodining astoydil targ’ibotchisi N.P.Pokatilo bo’ldi. 
O’ning fikricha o’quvchi refarat orqali bosh manoni ikkinchi darajalidan ajrata oladi. 
U referatni mustaqil ishlash ko’nikmasini shakllantirishning asosiy usuli deb 
h’isobladi., Dramatizatsiya metodi A.F.Gartvich tomonidan tasvirlanadi. O’nda 
o’quvchilarga tarixiy materiallarini roller bo’yicha o’qish tavsiya qilindi. Usullar har 
xil bo’ldi: badiiy va ilmiy ommobap dabietlar asosida tarixiy voqeani instsenirovka 
qilish, materialni mutah’kamlash uchun darsda eshitganlarini dramalashtirish va 
hakozalar. O’quvchilarda o’qitishda aniq obrazlarni shakllantirish tarix darslari 
uchun karta va kartinalarning ishlab chiqilishiga olib keldi. O’qitish jarayonining 
ajralmas bo’lagi sifatida ekskursiya ishlari paydo bo’ldi
1
.
Tarixni o’rganishda o’lkashunoslik materiallari hal jalb qilina boshladi. XIX 
asrning oxiri XX asr boshida o’qituvchilar uchun birinchi uslubiy qullanmalar paydo 
bo’ldi. Nijegorodli o’qituvchi A.Krolyunitskiyning “Tarixning elementar kursi 
metodikasi tajribasi” tarixni o’qitish masalasi bo’yicha qimmatli maqalolardan 
iborat bo’ldi. N.P.Pokatiloning ”Boshlovchi o’qituvchi uchun amaliy boshchilik” 
(Spb, 1912), kitobida o’z davri uchun etakchi tavsiyanomalar berildi. Qo’llanmada 
qo’shimcha berilgan bo’lib, unda darslik qullanmalar, badiiy, ilmiy-ammabop va 
uslubiy adabietlarning tizimi berildi. XIX asr oxiri- XX asr boshida har xil tipdagi 
darsliklar, kitoblar, ko’rsatma qurollar chiqarildi, lekin metodika ilmiy-nazariy 
umumiylashtirish darajasiga ko’tarila olmadi. Shurolar hokimiyati o’rnaganadan 
keyin xalq talimi hal mustamlakachilik tizimiga moslashtirildi. 1929 yilda eski 
imloning avval lotin imlosiga, keyin rus imlosiga o’tishi eshlarning madaniyat va 
avlodlar boy tarixiy merosidan mah’rum bo’lib qolishiga sabab bo’ldi. 
Maktablardan talim-tarbiya milliy zamindan uzib tashlandi. Bunday siesatga 
norozilik bildirganlar millatchilikda ayblanib, taqib ostiga olindi, 1911 yilda 
Toshkentda ochilgan musulmon xalq dorilfunonini va uning xodimlari taqdiri 
shunday bo’ldi.
1
Gaffarov YA, Gafforova M. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.Toshkent., 1996. -B.55 



1920 yilda Turkiston xalq dorilfununi tugatilib, u O’rta Osiyo davlat 
universitetiga qo’shib yuborildi. Uning mudiri va o’qituvchilarining aksariyat 
ko’pchiligi xalq dushmoni-jadidchi, panturnizm g’oyasi targ’ibotchisi, millatchi 
tashg’asi bosilib, qatog’on qilindi. Shu dorilfunun mudiri, olim, ezuvchi va shoir, 
otashin 
marifatparvar, 
ijtimoiy-siyosiy 
halakatlarning 
faol 
ishtirokchisi 
Mukovvarqori Abdurashidxonov hisobga olinib, otib tashlandi. 1920 yillar 
oxirlariga kelib, mamuriy buyruqbozlikka asoslangan mustabid markaz uzilkesil 
shakllanib ulgirdi. Maktab tarix bilimlari tizimi hal xuddi shu yillarda yani 1930-
yillar boshida shakllandi. Xalq talimiga rah’barlik qilishdagi demokratik printsip 
butunlay buzildi. Tarix o’qiitish o’rganishni bir xil tizimga solib, uni siesat 
manfaatiga bo’ysindirishda partiya va davlat rah’barlarining tegishli qarorlari halda 
ko’rsatmalari asosiy rol o’ynadi.
Fanlar bo’yicha yagona, maxsus va majburiy halda barqaror darsliklarning 
bo’lishi, markazda rus tilida nashr qilinishi, joylarda, tarjima qilib, o’qitishni 
mamlakat miqiesida maktab talimiga vasiylik qilish va uning ustidan siesiy 
nazoratning kuchaytirilishi eshlarni davlat siesati, yagona partiya g’oyasiga sodiq 
kishilar qilib tayerlashni ko’zda tutar edi. 1934 yildan etiboran sobiq SSSR 
miqiesida, shu jumladan O’zbekiston maktablarida tarix quyidagicha o’qitildi: III-
IV sinflarda SSSR tarixining qisqacha kursi, V-VI sinflarda qadimgi dune va o’ota 
asrlar tarixining elementar kursi, VIII-X: sinflarda SSSR tarixi va yangi tarix kursi; 
Keyinchalik eng yangi tarix kursi kiritildi.
O’zbekiston xalqlari tarixi mustaqil fan sifatida o’qitilmay, balki undagi bazi 
voqealarnigina Rossiya tarixi tarkibida o’qitish, eshlarni ajdodlarimizning boy 
merosidan, ananlaridan mah’rum etish maqsadida ularni chetga surib qo’yish ana 
shu davlat siesatining erqin ifodasi natijasi edi. Darsliklarda tarixiy faktlar va 
nomlarga to’ldirib yuborgan edilar. Bazi muh’im tushunchalarning mazmuni chuqur 
ochib berilmasdan, ko’pincha ularga qisqacha izoh berish bilan kifoyalanilgan edi, 
ularda o’quvchilarni mustaqil ishga rag’batlantiruvchi sovallar va vazifalar halda 
tarixiy hujjatlardan namunalar berilmagan edi.
Maktab tarix o’qitishning shakl va usullarini hal ishlab chiqishni hal talab etdi. 


10 
1939 yili V.N.Bernadskiyning “Yuqori sinflarda tarix o’qitish metodlari” 
N.V.Andrevskaya bilan V.N.Bernadskiylarning ”Yetti yillik maktablarda tarix 
o’qitish metodikasi” va boshqa uslubiy qo’llanmalar nashr etildi va o’zbek tiliga 
tarjima qilindi. Jumh’uriyatimizda 1911 yil dekabr oyidan boshlab nashr qilina 
boshlangan ”Maorif (h’ozirgi xalq talimi”) jaridash maktabda tarix o’qitishni yo’lga 
qo’yish va o’qituvchilarning pedagogik mah’oratini oshirishda muh’im ahaliyatga 
ega bo’ldi. O’zbekistonda tarixiy uslubiy fikrlarning taraqqietida 1940 yil avgustda 
O’zbekiston Moarif Vazirligi h’uzurida tashkil etilgan tarix va jamiyatshunoslik 
o’quv-uslubiyat kengashi tarix sektsiyasining faoliyati hal katta ahaliyatga ega. U 
darsliklar tarjimasi va qo’llanmalarning narsh qilinishiga etibor berildi. 1941 yil 22 
iyundan Vatan urushi boshlandi. Bu yillikda mamlakat tarixinigina emas, balki 
jah’on xalqlari tarixini hal chuqur o’rganish aloh’ida ahaliyat kasb etdi
1
.
1942 yilda Yu.S.Sokolovning uslubiy qo’llanmasi nashr etildi. (Sokolov 
Yu.A. Ulug’ Vatan urushi va o’rta maktabda qadimgi dune o’rta asrlar hamda yangi 
tarixni o’qitish vazifalari UzSSR maorif xalq kommisarligining maktab boshqarmasi 
Uzbavnashr T.1942. Ammo bundan keyin ham talim mazmuni sayozlashib, u asosan 
ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar sinfiy kurash va ommaviy harakatlar doir mavqum va 
murakkab tushunchalar majmuldan iborat bo’lib qolaverdi. Tarixning bu taxlitda 
o’qitilishi o’quvchilarning ijodiy fikrlashga to’sqinlik qildi, tarixiy jarayonni tarixiy 
tarzda tasavvur qilishdan nariga o’tmadi. O’quvchilarning darsda material 
mazmunini yaxshi tushunolmay, uni edlab olish ularning fikr doirasi kengayishiga 
to’sqinlik qiladi
2
.
Maktabda tarix o’qitishning yangi tartibi amalga oshirildi. SSSR tarixi 
dasturiga birinchi marta kiritilgan O’zbekiston tarixi materiallarini tanlash 
printsipini takomillashtirish, uni o’rganish asoslarini ishlab chiqish, o’quv-uslubiy 
adabietlar yaratilishida 1940 yil avgustdan o’z faoliyatini boshlagan. O’zbekiston 
maorif Vazirligi qoshidan o’quv uslubiy kengashi, tarix sektsiyasi muh’im rol 
o’ynadi. Shu sektsiya azolari K.O.Oqilov, N.V.Teyx tomonidan 1960 yida IV sinf 
1
Gaffarov YA, Gafforova M. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.Toshkent., 1996. -B.58 
2
T. Toshpo`latov, Ya. G`afforov Tarix o`qitish metodikasi. Toshkent, 2002. -B.66. 


11 
o’quvchilari uchun O’zbekiston tarixiga oid 26 hikoyadan iborat qo’llanma yaratildi. 
(T.1961), Sektsiyaning azosi R.K.O’rmonova esa 1963 yilda VII sinf tarix 
o’qutuvchilari uchun O’zbekiston tarixidan qo’llanma yaratildi. (M.Voxatov, 
K.E.Jestov, B.T.Dagtler O’zbekiston SSR tarixi O’zbekiston maktablarining VIII 
sinf o’qituvchilari uchun o’quv qo’llanma T. 1964). Shu yil K.O.Oqilovning ezgan 
sakkiz yillik maktablarning VII cinflari uchun o’quv qo’llanmasi nashr etildi. 
Shunday qilib 60 yillarining o’rtalariga kelganda O’zbekiston tarixi bo’yicha bazi 
qo’llanmalarni yaratishga muvofiq bo’lindi. 1965 yil may oyida maktabda tarix 
o’qitish tartibini o’zgartirish to’g’risidagi qaror qabul qilindi. 1966-1967 yillarda 
o’rta maktablarning VII-X sinflari uchun O’zbekiston tarixi bo’yicha yangi o’quv 
qo’llanmalari yaratildi. 1971-yilda pedagogika fanlari bo’yicha ilmiy tadqiqot 
ishlarning mavofiqlashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus 
talim vazirligi va O’zbekiston maorif Vazirligining buyrug’i bilan ”O’rta maktabda 
O’zbekiston SSR tarixini o’qitish muommasi bo’yicha olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqot ishlariga rah’barlik qilish Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
oliygoh’i tarix qulmietida tashkil etilgan.
Tarix va jamiyatshunoslikni o’qitish uslubieti kafedrasiga yuklatildi. Bunda 
O’zFA akademigi Ya. G’ulomov katta xizmat qildi. Tarix talimini o’z vazifasini 
h’ozirgi milliy maktab talabiga javoban bajara almadi. Undan kamchiliklar asosan 
uch guruh’ga bo’linadi.
1) Tarix ta’limi mazmunining yagona mafkura iskanjasiga tushib qolganligi 
uning inqirozning asosiy sabablaridan biri edi.
2) Bu hol uning mazmunan sayozlanishi bilan birga egasiz halda mavqum va 
zerikarli tafsilotlarga aylanib qolishiga sabab bo’ldi. Ajdodlar tarixi ularning shon-
shuh’rati va jabrjafolari haqidagi erqin xotiralar tarix darsliklarida o’z ifodasini topa 
olmadi. Tarixiy bilimlarning bir xil yo’nalishi va tizimga solib qyo’ilishi 
o’quvchilarning ijodiy fikrlashga, fikr doirasi kengayishiga to’sqinlik qildi.
3) Tarix kursining tkzilishi uni o’qitish o’rganish tartibini milliy asosga qarshi 
printsipining buzilishi va bu narsa pedagogika-didaktika talablariga javob ermasligi 
yana bir kamchiligidir. Sobiq SSSR xalq talimi davlat qo’mitasi raisi G.A.Yagodin 


12 
1988 yil dekabrda shu soh’adagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri milliylik 
printsipidan voz kechilganligi bilan bog’liqligini ko’rsatib bunday degan edi: 
“Talim-tarbiyani milliy madaniyatdan ajralgan holda yo’lga qo’yish o’quvchilarni 
nasl-nasabini namalum kishilar, deb h’isoblash demakdir. Ayni milliy o’zligini 
anglab etmaganalik, milliy va madaniy masalalarda tayergarlikka ega emaslik 
millatlararo munosabatlarda buzilishlar milliy xudbinlik ko’rinishlari uchun 
ko’pgina qulay zaminni vujudga keltiradi. SSSR tarixi darsliklari talay darajada 
qamon rus xalqining, rus davlatchiligining tarixi bo’lib qolmoqda”. Maktablarda 
tarix o’qitishni Evropa xalqlari tarixidan emas, balki O’zbekiston xalqlari tarixini 
o’rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu pedagogik didaktik ilmiy 
printsipga hal mos keladi. Balki jah’on xalqlari tarixini o’rganishni o’quvchilarning 
O’zbekiston xalqlari tarixidan olgan bilim va ko’nikmalariga suyangan h’olda 
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir
1
.
1 yo’l. O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganib bo’lgandan keyin jah’on xalqlari 
tarixini o’rganish.
2 yo’l. O’zbekiston xalqlari tarixini taraqqietdagi malum davrlarni jah’on 
xalqlari tarixi taraqqietining ana shu davrdagi bog’lab, birgalikda qiesiy o’rganish. 
Ana shu 2 yo’l tarix bilimlari yangi kontseptsiyasiga asos qilib olindi. Prezident 
I.A.Karimov ”O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida: “yangi 
demokratik talim kontsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. 
Bunda o’zbek xalqining va respublika xududida yashovchi boshqa xalqlarning 
milliy tarixiy va madaniy ananalari, manaviy tajribasi talim va tarbiya tizimimizga 
o’zviy ravishda kiritilishi zarur”, -degan fikrlari pedagoglarimizni tarix talimini davr 
talabi darajasiga ko’tarish yo’lidagi muh’im vazifalari bo’lmog’i kerak 

Download 258.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling