Mundarija: kirish I bob. O’quvchilarning so’z boyliklarini oshirish maqsadiga qaratilgan amaliy chora tadbirlar
O‘yin – so’z boyligini oshirishning eng samarali vositasi
Download 61.37 Kb.
|
Umum ta’lim maktablarida lug’at bilan ishlashni tashkil etish metodikasi
1.2. O‘yin – so’z boyligini oshirishning eng samarali vositasi
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida ishlab chiqilgan nazariya asosida bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish bolalar xulqini tarbiyalashda muhim o‘rinni egallaydi. Ana shu o‘yinlarning ko‘pchiligidan bolalar nutqini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin: jumladan, o‘zaro kelishib olish; rol va majburiyatlarini taqsimlash; o‘zi nimani bilsa, o‘rtog‘ini ham shunga o‘rgatish va hokazo. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning bir-birlari bilan samimiy ohangda, muloyim so‘zlashishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar lug‘atini va bilimini o‘yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi kerak: o‘yinni buyumlar bilan, milliy kiyimlardagi bolalarni tasvirlovchi qo‘g‘irchoqlar bilan tashkil etish, o‘yinga va bolalar nutqiga rahbarlik qilish (tarbiyachining bolalarga o‘qib yoki hikoya qilib berishi, o‘yin to‘g‘risida savollar va jamoa bo‘lib gapirib berish va hokazo). Bolalarning rolli o‘yinlariga, ular nutqiga rahbarlik qilishda qanday usullardan foydalanilsa, boshqa o‘yinlarda ham shu usullarda foydalaniladi. Bolalar lug‘atini boyitish, ularning ijodiy faoliyatlarida tasviriy san’at bilan tanishish tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Masalan, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalar ranglarning nomlaini, ularning farqlarini, materiallarning nomlarini (yelim, loy, plastilin, bo‘yoq va hokazo), tasviriy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan (bo‘yash, botirish, qirqish, yasash, rasm solish), materiallarning sifatiga doir (oq rangli qog‘oz, rangli qalamlar kabi) maxsus so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar. Teleko‘rsatuvlarni, kinofilmlarni tomosha qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ular uchun notanish, yangi bo‘lgan so‘zlarning tushunarla bo‘lishiga yordam beradi. Ayniqsa, dramalashgan o‘yinlar, qo‘g‘irchoq va stol teatrlari, ertaliklarda, turli bayramlarda, bolalar konsertlarida ishtirok etishlari ularning lug‘atlarini faollashtirishga yordam beradi. Ona tili mashg‘ulotlarida nutq ustida ishlash tarbiyachining asosiy vazifasi bo‘lib, bu vazifalarni maqsadli amalga oshirishda u bir qancha usul va uslubiyotlardan foydalanadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalar bilan oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, jismoniy tarbiya, musiqa va boshqa mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Bu mashg‘ulotlarda bolalar sanashga o‘rganadilar, vaqt va uning qismlarini, geometrik shakllarni, narsalarning o‘lchamini, oddiy matematik tasavvurlarni bilib oladilar, loy plastilindan har xil buyumlar yasash, rasm chizish (tasviriy faoliyat mashg‘uloti), ashulalar, raqslar (musiqa), gimnastika mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga (jismoniy tarbiya) o‘rganadilar. Asosiy dastur vazifalari bilan bir qatorda, lug‘atni boyitish va faollashtirish vazifasi ham kiritiladi. Masalan, oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalar geometrik shakllarning nomlarini: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval, doira va boshqalarni; vaqt tushunchalarini: ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi, sahar, shom, xufton o‘lchamlarning nomlarini: katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past va hokazo; fazoviy tushunchalarni: pastda, balandda, yonda, orqada, oldinda va son tushunchalarini bilib oladilar. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida esa harakat nomlarini, masalan, yurish, o‘tish, kelish, ketish, kirish; qadam qo‘yish, qadam tashlab o‘tish; yugurish, chopish, yugurib boorish, sakrab-sakrab o‘tish, tirmashib tushish va hokazolarni bilib oladilar va ularni o‘z nutqlarida ishlatishga o‘rganadilar. Shunday qilib, bolalar bog‘chasida lug‘at ishi turli xildagi vositalar yig‘indisining bolalarga ta’sir etishi asosida amalga oshiriladi. O‘yin sur’ati o‘rtacha bo‘ladi. Chunki bu o‘rgatuvchi o‘yin bo‘lib, bolalarning bilimlari va lug‘atlari mustahkamlanadi. Tarbiyachi oldindan belgilab qo‘yilgan so‘zlarni faollashtirishga erishish maqsadida, bolalar javobining aniqligiga diqqatni yo‘naltiradi. Ta’limiy o‘yinda hamma bolalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash mumkin (o‘yin davomida jo‘r bo‘lib aytish, ashula aytib berish, buyum haqidagi topishmoqni eslash kabi topshiriqlar berib boriladi). O‘yin oxirida xulosa qilish, o‘yinni baholash shart emas. Tarbiyachi shunday deyishi mumkin: “Kelgusi safar boshqa o‘yinchoqlar bo‘ladi, balki bizning mashg‘ulotimizga ayiq mehmon bo‘lib kelar”. Lug‘at ishi uchun ushbu ta’limiy o‘yinlardan foydalanish mumkin: “Top, nima o‘zgardi?” o‘yini. Bu o‘yinning bir qancha variantlari mavjud. Bu topshiriqning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 2 – 3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinning oddiy turida bolalar qarshisida turgan buyumlarga yangi buyumlar qo‘shiladi; yana bir turida buyumlardan biri olib qo‘yiladi; ancha murakkab turida buyumlardan biri yangi buyum bilan almashtiriladi yoki o‘rni almashtiriladi. Bu o‘yinda ot, son, sifat, ravish qo‘shimchalari faollashtiriladi. Farzandlarimiz maktabda qancha ma'lumotli yuqori texnologiyali iqtisodiyot shuncha tez rivojlanadi va shuncha ko`p ijtimoiy muammolar hal etiladi. Yangi O`zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam butun xalqimiz bu g`oyani qo`llab-quvvatlaydi deb oylayman". [1] Darhaqiqat boshlangich ta`lim tizmining poydevori hisoblanib o`quvhilarni o`qitish sifati unga bog`liq bo`ladi va bu boshlangich sinf o`qtuvchi zimmasiga katta mas`ulyat yuklaydi . Bunda o`qtuvchi o`quvchilarga keyingi ta`lim olish uchun o`qish yozish hisoblash kabi ko`nikmalarni berib boradi . Lekin biz faqatgina bu bilan cheklanib qolishimiz kerak emas ya`ni boshlang`ich sinf o`quvchilario`qishni yozishni hisoblashni bilsa bo`ldi deb qaramasligimis kerak Aynan biz boshlang`ich sinf bosqichidano`quvchilarda faollikni mustaqillikni rivojlantirishimiz idrok etish faolligini oshirishimiz va bola ta`limini dunyosiga shaxdam kirib borish uchun sharoitlar yaratishimiz zarurdir biz birinchi navbatda o`quvchilarning dunyo qarashini o`stirishimiz tasavvur olamini boyitishimiz lozim. Qachonki biz o`quv jarayonida o`quvchilarning muvaffaqiyatli bilim olishi uchun zarur bo`lgan axborot manbalaridan foydalansak ijodkorlik malaka va koʻnikmalarini egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar ochib bersak taʼlimning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirisak biz koʻzlagan maqsadimizga erishamiz. Masalan axborot texnologiyalarini barcha o`quv fanlarda qoʻllash mumkin yoki yorqin rasmlar, qiziqarli o`yinlar va topshiriqlar aynan boshlang`ich sinf oʻquvchilarida ularning tafakkurini o`stirishda soʻz boyligini oshirishda yuqori natija beradi. Endi oʻquvchilarning soʻz boyligini oshirishga eʼtibor beradigan boʻlsak inson nutqi asta-sekin rivojlanadi. Nutqni rivojlantirish jarayonida bir necha bosqichlardan o`tib takomillashadi bola 7 yoshga toʻlganda ilk bor maktabga kelganda uning ogʻzaki nutqi maʼ lum meʼ yorda rivojlangan boladi maktab taʼlimi bolaning nutqini rivojlantirishda katta oʻzgarishlarga olib keladi. Bu oʻzgarishlar bolaning nutqiga koʻplab yangi fanlarni o`rganish bilan bog`liq yangi talablar qoʻyilishi bilan bog`liq. Maktabdagi ish tajribasi va psixologik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, boshlang`ich sinf o`quvchilarining maʼlum bir matnni yomon tushunishi bolaning soʻz boyligining qashshoqligiga oʻqiganlarida asosiy gʻoyani topolmaslikka alohida qismlarini bogʻlay olmaslikka olib keladi [2]. Bu fikrdan shunday xulosa qilish mumkinki o`quvchi har doim o`qigan matnini unga ongli ravishda o`qishi kerak. Albatta buning oʻqituvchining ko`magi lozim bo`ladi. Masalan o`quvchilar biron-bir matnni oʻqiyotganda o`zi uchun notanish boʻlgan soʻzlarga duch keladi. Shunda oʻqituvchi lug`at ustida ishlagan yangi soʻzlarning ma` nolarini izohlab beradi. Bu o`quvchilarning soʻz boyligini oshirishda matni ong tushunishida lugʻatlar ustida ishlashni oʻrganishda muhim hisoblanadi. Soʻz boyligini oshirishda eng asosiy mashgʻulotlardan biri bu kitob mutoalasidir. Albatta kitob aqlni charxlaydi tafakkurni oʻstirishda yordam beradi xilma-xil kitoblar o`qib yangi atamalar va nutqning oʻziga xosliklarini bola eslab qoladi. Albatta o`quvchilarga sinfdan tashqari kitob oqishga tavsiya etilganda uning har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishini ko`zda tutishimiz lozim. Kitob o`quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiq bolishi kerak qachonki o`quvchilar o`qigan kitobini ongli ravishda ogʻzaki soʻzlar bersa biz ularning qay darajada soʻz boyligi oshganligini bilishimiz mumkin. Alloma adibimiz aytganidek ‘’Kitob tafakkur qanotidir’’ Demak biz farzandlarimizga kitob oʻqishni targʻib etishimiz emas balki ularga o`rnak bo`lishimiz lozim. Bundan tashqari boshlang`ich sinf o`quvchilarining soʻz boyligini oshirishda ona tili darsligida turli xil didaktik o`yinlardan foydalangan holda amalga oshirishimiz mumkin Masalan sinonimlar omonimlar zid ma`noli so`zlar bir tovush bilan farq qiladigan soʻzlar mavzusi ancha samaralidir Sinf oʻquvchilarining soʻz boyligini oshirishda ona tili darsliklarida turli xil didaktik o`yinlardan foydalangan holda amalga oshirishimiz mumkin. Masalan sinonimlar, omonimlar, zid manoli soʻzlar, bir tovush bilan farq qiladigan soʻzlar mavzusi ancha samaralidir. Masalan 2-sinf ona tili darsligiga qariydigan bo`lsak sinonimlar mavzusiga oid quyidagi mashq berilgan. 260-mashq Kamtar bolsang , obro` ortar. Manman boʻlsang, ensa qotar. Mashq shartida : ortar so`ziga yaqin manoli so`zni to`nlang Ortan so`zga yaqin ma`noli so`zlar ko`payn oshar so`zlarni yozishimiz mumkin 3-sinf ona tili darsligida bu mavzuga ko`p etibor qaratilgan . Masalan 300-mashq Berilgan fe`llari yaqin ma`noli fe`llarni toping . Sevinmoq – quvonmoq sog`aymoq -... tugatmoq- ... asrmoq- ... yugurmoq- ... yig`lamoq - ... Foydalanish uchun so`zlar : tuzlamoq , quvonmoq , bitirmoq , chopmoq, saqlamoq, ingramoq. 4-sinf darsligida sinonim soʻzlar 2-3-sinfdagiga nisbatan birmuncha murakkabroq berilgan. Endi faqat maʼnodosh soʻzlarni topish emas balki maʼnolar orasidagi farqni aniqlash vazifasi qoʻyilgan 280 mashq Buyuk, chiroyli, ulug , guzal, katta , barno, yirik, dilbar. Endi zid manoli soʻzlar mavzusini koʻradigan boʻlsak bir soʻzni aytadigan bo’lsak hayolimizga qarama-qarshi maʼnosi keladi 3-sinf ona tili darsligiga eʼtibor beradigan boʻlsak 266-mashq Berilgan sifatlarga qarama-qarshi ma`noli sifatlar tanlab namunadagidek yozing. Uzun- qisqa Yaxshi - ... Katta - ... Achchiq - ... Baland - ... Keng - ... Qalin - ... Yangi - ... Foydalanish uchun soʻzlar: kichik, yomon, past, chuchuk, eski, yupqa, tor,. 4-sinf ona tili darsligida antonim mavzusi sal murakkabroq berilgan. Bunda alohida soʻzlarning zit maʼnosini yozish emas balki matn ichida zid ma`noli soʻzlar juftligini topish topshiriq berilgan. O`quvchilar soʻz boyligini oshirishda yangi soʻzlarni hosil qilish , soʻz yasovchi qoʻshimchalar ham muhim sanaladi. Masalan 30-mashq Soʻzlar qatori orasida berilgan harflardan mosini qo`yib yangi so`z hosil qiling va yozing. Soʻzlarning maʼnosini izohlang Tog` | a O`roq | s Osh | b Erta | k Ayiq | q Qish | o` Ayyor | t Ish | q Xulosa qilib aytganda boshlang`ich sinf o`quvchilarining soʻz boyligini oshirishda kitob o`qish va unda yangi so`zlar lugʻati bilan ishlash eng samarali usullardan hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ona tili darsligidagi yangi soʻz yasash, antonimlari , sinonimlari , ominomlari , zid manoli soʻzlar, paronimlar mavzusiga oid mashqlar ham o`quvchilar soʻz boyligini oshirishda muhim sanaladi. Download 61.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling