Mundarija: kirish I bob. O’rta osiyo xalqlari turk xoqonligi tarkibida


Download 196 Kb.
bet1/7
Sana21.04.2023
Hajmi196 Kb.
#1373888
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM


VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY


UNIVERSITETI

TARIX FAKULTETI


ABDIALIMOVA HOJIBUVI RUSTAM QIZI

G‘ARBIY TURK XOQONLIGI DAVRIDA SIYOSIY HAYOT


VA BOSHQARUV TIZIMI
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI

Qabul qildi: U.Usarov

TOSHKENT-2023
MUNDARIJA:
KIRISH...........................................................................................................3
I BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI TARKIBIDA
I.1.Turk xoqonligining tashkil topishi va O’rta Osiyoning turklar tomonidan egallanishi..................................................................................................................7
I.2.G’arbiy Turk xoqonligi davrida siyosiy jarayonlar..................................10
II BOB.G’ARBIY TURK XOQONLIGINING DAVLAT BOSHQARUVI HAMDA IJTIMOIY‑IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
II.1.G’arbiy Turk xoqonligining davlat boshqaruv tizimi va mamuriy tuzilishi....................................................................................................................16II.2.G’arbiy Turk xoqonligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot........................................................................................................................21 XULOSA................................................................................................................25
FOYDALANILGANADABIYOTLAR RO’YXATI................................27
ILOVA..........................................................................................................28

KIRISH


Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Barchamizga maʼlumki, har bir suveren davlat oʼzining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. Oʼzbekistonimizning koʼp asrlik tarixi va keyingi 25 yillik rivojlanish davri, oʼz davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan taraqqiyoti bu haqiqatni yana bir bor yaqqol tasdiqlab berdi. Аna shu bunyodkorlik jarayonining qudratli va hal qiluvchi kuchi, hech shubhasiz, koʼpmillatli xalqimizdir.1
Bugungi kunda tarix ilmini, ayniqsa o’rta asrlar tarixi manbalarini chuqur o’rganish va xolisono tahlil etish tarixchilar oldida turgan ulkan vazifa hisoblanadi.
Xalqimizning oʼz tarixi va milliy qadriyatlarini oʼrganishga boʼlgan ehtiyojidan kelib chiqib, ajdodlarimizdan meros turli moddiy-maʼnaviy yodgorliklarni tadqiq etish ishlari qoʼllab quvvatlanmoqda. Respublika rahbariyati bu borada tashabbuskorlik koʼrsatib, tarixchi, arxeolog va sharqshunos olimlar oldiga xalqimizning qadim tarixini qaytadan, haqqoniy ravishda yaratish vazifasini qoʼydi1
Butun dunyoda eng yirik saltanatlardan biri bo’lgan Buyuk Turk xoqonligining tarkibiy qismi bo’lmish G’arbiy Turk xoqonligi davri o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Qariyb ikki yuz yil mobaynida Gʼarbiy Oltoydan to Qora dengizning shimoligacha, Volga – Ural boʼylaridan to Shimoliy Hindistongacha boʼlgan hududda oʼz hokimiyatini oʼrnatgan ushbu xoqonlik tarkibiga Sirdaryo – Аmudaryo oraligʼidagi Choch, Fargʼona, Ustrushona, Sugʼd, Buxoro, Toʼxoriston va Xorazm kabi voha hukmdorliklari kirgan boʼlib, mazkur vohalarning aksariyati geografik jihatdan, asosan, bugungi Oʼzbekiston hududiga toʼgʼri keladi. Аvvalo, bu davrda davlatchilik jaraѐnlari aynan Gʼarbiy Turk xoqonligi faoliyati bilan bogʼliq holda kechgan, xoqonlik boshqaruviga xos davlatchilik anʼanalari esa mintaqada barpo etilgan bir qator davlatlar uchun tamal toshi boʼlib xizmat qilgan. Shu jihatdan olganda, xoqonlikning davlat tuzumini oʼrganish xalqimiz davlatchiligi tarixini ѐritishda muhim ahamiyat kasb etadi1. G‘arbiy Turk xoqonligi davlatchiligi ananalari mintaqada barpo etilgan bir qator davlatlar uchun tamal toshi bo’lib xizmat qildi. Shu jihatdan olganda, xoqonlikning davlat tuzimini o’rganish xalqimiz davlatchiligi tarixini yoritishda muhim o’rin tutadi.
Markaziy Osiyo xalqlari o’zaro yaqinlashuvi, davlat tizimini kuchaytirishga intilayotgan bir paytda, ushbu hududlarni birlashtirgan G’arbiy Turk xoqonligining davlat tuzumini yoritish dolzarb masala hisoblanadi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling