Mundarija: Kirish I bob. O‘zbekistonda xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilishning samaradorligi
II BOB. O‘zbekistonda PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilishning shart –sharoitlari
Download 62 Kb.
|
Gulchiroy kurs ishi
II BOB. O‘zbekistonda PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilishning shart –sharoitlari
2.1-§. PIRLS Xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilishning nazariy tomonlari PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo bo‘ylab ta’limni baholash, tushunish va yaxshilash bo‘yicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog‘ida 60 dan ziyod mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-yildan buyon IEA o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda o‘qish salohiyati bo‘yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi. PIRLS dasturining 2021-yil uchun mo‘ljallangan tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olindi va tashkilot tomonidan barcha kerakli yordam va tavsiyalar berilishi nazarda tutilgani albatta quvonarli hol. Shuningdek, PIRLS-2021 tadqiqotlarida ishtirok etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, ya’ni ishtirok etish shartlari, tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari, tadqiqotlarning samarali tashkil etishiga qaratilgan yo‘riqnomalar va boshqa ko‘plab vazifalar jarayon amalga oshgunga qadar ko‘rib chiqilmoqda. Bugun har bir fan o‘qituvchisi xalqaro baholash tizimi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va o‘quvchilarni PIRLS baholash imtihonlariga tayyorlashi muhim vazifa. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingan. Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo boʻylab taʼlimni baholash, tushunish va yaxshilash boʻyicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmogʻida 60 dan ziyod mamlakat hamda 100 dan ortiq taʼlim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958 yildan buyon IEA oʻquvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda oʻqish salohiyati boʻyicha savodxonligini baholash jarayonida taʼlim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlar, jumladan, OECD tashkiloti bilan PISA-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Buning mantiqiy davomi sifatida 2019 yilning 25 yanvar kuni davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev hamda Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton oʻrtasida Oʻzbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan ilk rasmiy uchrashuv tashkil qilingan. Mazkur uchrashuvda PIRLS dasturining 2021 yil uchun moʻljallangan tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olindi va tashkilot tomonidan barcha kerakli yordam va tavsiyalar berilishi taʼkidlandi. Shuningdek, yigʻilishda PIRLS-2021 tadqiqotlarida ishtirok etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar, yaʼni ishtirok etish shartlari, tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari, tadqiqotlarning samarali tashkil etishiga qaratilgan yoʻriqnomalar va boshqa koʻplab vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv soʻnggida IEA rahbariyatining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston vakillarining ishtirokini taʼminlash va rasmiy kelishuv imzolashga kelishib olindi. Bugungi kunda PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta'lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. Yurtimizda bu kabi xalqaro tadqiqotlarda faol ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish avvalo, bugungi ta’lim sifatini aniqlash, monitoring qilish, baholash va bu orqali kelajak ta’lim sifati tizimining istiqbollli yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.Bugungi ta’lim sifati monitoringgi jarayonida asosiy e’tibor poydevor hisoblangan boshlang‘ich ta’limga qaratiladi. Bu tizimdagi kichik kamchiliklar, muammolar ham uzluksiz ta’lim tizimiga jiddiy ta’sir etadi. Shu sababli, PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik jarayonida maktab pedagogik jamoasining har bir a’zosi ta’lim- tarbiya jarayonidagi mavjud muammolarni aniqlashi, ularni bartaraf etish masalasiga jiddiy qarashi, mas’uliyat bilan yondashishi lozim. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar “matn bilan ishlash” ko‘nikmasini hosil qilish jarayonida ko‘rinadigan asosiy kamchiliklar: Ta'lim tizimida barcha darslar uchun odatiy bo‘lgan to‘g‘ri o‘qish vositasi (ishlab chiqarishning samarali o‘qitish texnologiyasi) turini shakllantirish texnologiyasi mavjud , bu matnni o‘qishdan oldin, o‘qish paytida va o‘qishdan keyingi bosqichlarda o‘zlashtirish texnikasini o‘zlashtirish orqali tushunishni ta'minlaydi. Texnologiya matn bilan ishlashning uch bosqichini o‘z ichiga oladi: 1-bosqich. O‘qishdan oldin matn bilan ishlash; 2- bosqich. O‘qish paytida matn bilan ishlash; 3 -bosqich. O‘qishdan keyin matn bilan ishlash. Aynan shu bosqichlar ko‘p hollarda pedagoglar tomonidan amalga oshirilmaydi; O‘quvchilarning matn bilan ishlash jarayonida ta’lim texnologiyalaridan to‘gri foydalanmaslik, dars mavzusiga mos metodikadan foydalanmaslik. (Darsni namunaviy bo‘lishi qancha ko‘p didakik vositalardan foydalanishga bog‘liq emas, balki o‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirganligiga bog‘liq); “Matn bilan ishlash” jarayonida o‘quvchilarning ijodiy yondashishiga yetarlicha e’tibor qaratmaslik (“Bu voqeaga sizning munosabatingiz qanday?”, “bu voqea yana qanday yakunlanishi mumkin edi?”, “Tasavvur qiling..” kabi ijodiy fikrlashga qaratilgan savol-topshiriqlarni bajarish ko‘nikmasin shakllantirmaslik; Darslikdagi mavzular bilan cheklanib qolish, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, turli xil mavzuga oid mustaqil matnlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirmaslik (Jahon adabiyotining kichik hajmli asarlarini tahlil qilmaslik); Matn bilan ishlashda amaliyot kompetensiyasini tarkib toptirmaslik. Bunda matn bilan ishlash, uni tushunilish darajasini amaliy hayot bilan yetarlicha bog‘lamaslik; Ota-onalarning ham farzandlarining mustaqil o‘rganishlari masalasiga to‘laqonli e’tiborli bo‘lmasliklari yoki bu jarayonni yaxshi tunushmasliklari va boshqalar. Bu kamchiliklar ko‘proq subyektiv harakterga ega bo‘lib, matnni o‘qish sifati va tushunish darajasini pasaytiruvchi salbiy omillarni bartaraf etishni talab qiladi. Albatta, har bir muammoning yechimi uni sababini aniqlashdan va oqibatlarini bashorat qilishdan boshlanadi. PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik jarayonida “matn bilan ishlash” ko‘nikmasini yanada takomillashtirish masalasidagi muammolarning bartaraf etish yo‘llarini algoritm shaklida tuzib chiqishga harakat qilamiz: Muammo yo‘nalishi asosida tavsiyalar. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling