Mundarija: Kirish I. Bob. O`Zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari imkonyatlari
Download 0.74 Mb.
|
Mundarija
Qazilma boyliklar zahiralari xalq xo’jalik ahamiyatiga ko’ra balans va nobalans zahiralarga bo’linadi. Balans zahiralar qulay geografik o’rin va yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga (konning umumiy zahirasi, sifati, qatlamlarning tuzilishi va h.k.) hamda ularning qazib olishga ehtiyoj mavjud bo’lganlarni o’z ichiga oladi. Bu talablarga javob bermagan konlar nobalans zahiralar tarkibiga kiradi.
Foydali qazilmalar zahiralari, ularning miqdori, kategoriya va ahamiyati vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi; yangi zahiralar ochiladi, zahiralarning o’rganganlik darajasi va balans zahiralarni to’ldirib borishi ro’y beradi. O‘zbekiston ayrim foydali qazilma zahiralari bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoridan joy oladi. Bunga eng avvalo oltin, mis, volg‘fram, uran, tabiiy gaz kabilar kiradi. Jumladan, respublikamiz oltin zahirasiga ko‘ra dunyoda 4 chi, qazib olishi bo‘yicha esa yettinchi-sakkizinchi o‘rinlarni egallaydi (ma‘lumot uchun: 2007 yilda Avstraliya, JAR va Xitoyda, ularning har birida 250 tonnadan ziyodroq, AQSHda shunga yaqin miqdorda oltin qazib olingan). Ma‘lumki, har bir mamlakat milliy iqtisodiyoti xavfsizligini ta‘minlashda uning yoqilg‘i-energetika mustaqilligi katta ahamiyatga ega. Respublikamiz bu borada yirik tabiiy gaz konlariga ega. Ular asosan Qashqadaryo viloyatida (Sho‘rtang, Muborak, Uchqir, Sho‘rxok, Zevardi va b.) joylashgan. Buxoro viloyatida ham tabiiy gaz konlari mavjud (Qandim va b.), biroq ularning ko‘pchiligini zahiralari tugash arafasida. Ayni vaqtda Ustyurtda yangi-yangi gaz konlari topilmoqda. Ularning eng yirigi Surg‘il koni hisoblanadi. Shuningdek, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning ahamiyati, foydalanish yo‘nalishi iqtisodiyot tarmoqlari va aholi manzilgohlari joylashishiga har xil ta‘sir ko‘rsatadi. SHu sababdan iqtisodiy-ijtimoiy baho berishda ularning aynan shu jihatlariga e‘tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunonchi, Relyefni barcha sohalar, ayniqsa qishloq xo‘jaligi va transport uchun, foydali qazilmalarni sanoat nuqtai nazardan tahlil qilish va baholash zarur. 1-jadval Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga iqtisodiy geografik baho berish shkalasi
Izoh: + + ta’siri kuchli, + ta’siri bor, − ta’siri deyarli yo’q darajada. Garchi dastlabki neft konlari Farg‘ona vodiysida ochilgan bo‘lsada (masalan, SHo‘rsuvda 1886 yilda), hozirgi kunda uning ham asosiy zahiralari Qashqaryoda viloyatiga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, bu yerda eng katta kon Ko‘kdumaloq sanalanadi va uning asosida Buxoro viloyatining Qorovulbozor shahrida yirik neftni qayta ishlash zavodi qurilgan. Neft konlari Surxondaryoda (Hovdog‘, Ko‘kaydi, Lalmikor), Farg‘ona vodiysida (Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Mingbuloq va h.k.). Qoraqalpog‘iston Respublikasida (Oqsholoq, O‘rga, SHoxpaxti va b.) mavjud. Ustyurt platosi, Orol ko‘li akvatoriyasi va unga tutash hududlarda yangi neft konlarini aniqlash bo‘yicha hozirgi vaqtda Rossiya Federasiyasi bilan hamkorlikda (―Lukoyl‖ kompaniyasi) geologik-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Bunday ishlar Surxondaryo viloyatida Malayziya va Eron mamlakatlari bilan birgalikda ham amalga oshirilmoqda. Respublikada ko‘mir konlari geografiyasi nisbatan keng tarqalmagan. Katta zahiraga ega bo‘lgan Angren konida (2 mlrd t.) qo‘ng‘ir ko‘mir asosan ochiq usulda qazib olinadi va u ko‘proq issiqlik elektr stansiyalarida ishlatiladi. Toshko‘mir konlari esa Surxondaryo viloyatida – Sharg‘un va Boysun (To‘da) konlaridan olinadi. Yoqilg‘i resurslariga baho berganda quyidagi xulosa chiqarish mumkin: tabiiy gaz bilan mamlakatimiz yaxshi ta‘minlangan va u eksport ham qilinadi; neft zahiralarini ko‘paytirish kerak; ko‘mir zahiralari esa uncha yuqori sifatli emas va ularning sanoat ahamiyati kamroq. O‘zbekistonda temir ruda zahiralarining ham sanoat ahamiyati cheklangan. Bunday konlar Qoraqalpog‘istonning Sulton Uvays tog‘ida (Tebinbuloq) hamda Toshkent (Temirkon) va Navoiy viloyatlarida (Surenota) topilgan. Volg‘fram zahirasiga esa respublikamiz birmuncha boy. Uning asosiy konlari Qo‘ytosh, Ingichka, Yaxton, Sargardon, Langar va boshqalardir. Marganes Samarqand viloyatida, molibden koni Hisor, Nurota va Chotqol tizmasida topilgan. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, mamlakatimiz oltin, mis, kumush, qo‘rg‘oshin zahiralari bo‘yicha ham ajralib turadi. Oltinning eng yirik koni Muruntov va Ko‘kpatas hisoblanadi. SHuningdek, Marjonbuloq, Qizilolma, Chodoq, Zarmetan kabi oltin konlari ham mavjud. Jami oltin zahirasining 4/5 qismidan ko‘prog‘i Markaziy Qizilqumda joylashgan; hozircha respublikada aniqlangan oltin konlarining taxminan 1/4 qismi, o‘rganilgan konlarning yarmiga yaqini ishlatilmoqda, xolos. Mis Olmaliq atrofida (Qalmoqqir, Dalnoe, Sarichek), polimetal rudalar (Xonjiza, Uchquloch, Lashkarak) zahiralari ham katta sanoat ahamiyatiga ega. SHu bilan birga, respublikada qo‘rg‘oshin, qalay, vismut konlari ham bor, alyuminiy xom ashyosi – kaolin esa Angren qo‘ng‘ir ko‘mir qatlamlari orasida juda katta zahiralarga ega. O‘zbekiston uran konlariga boy; uning asosiy konlari Markaziy Qizilqumda, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida joylashgan. Mamlakatimizda turli tog‘ kimyosi xom ashyolarining katta zahiralari mavjud. Ular eng avvalo Tubekatan kaliy, Xo‘jaikon osh tuzi, Boybichekan tosh tuzi hamda Qoraumbet, Borsa Kelmas, Qo‘ng‘irot yaqinidagni turli tuz konlaridir. Fosforitning yirik zahirasi Navoiy viloyatida – Markaziy Qizilqumda topilgan va undan hozirgi paytda foydalanilmoqda. O‘zbekistonda har xil qurilish materiallari – qum, gips, granit, marmar konlari bor. Marmar Samarqand, Qashqadryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda qazib olinadi (G‘ozg‘on, Langar, Omonqo‘ton, Kitob va b.). Nometal foydali qazilmalar – flyuorit, dala shpati, grafit, asbest, talg‘k, bentonit gillarining ham zahiralari mavjud. Shunday qilib, respublikamizda foydali qazilmalar asosan Navoiy ,Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida joylashgan. Farg‘ona vodiysi va, xususan, Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlari bu borada deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Rangli, nodir va qimmatbaho metal konlarida ―yo‘ldosh‖ minerallar ko‘p uchraydi. Binobarin, bunday rudalarni iloji boricha to‘liq, kompleks qayta ishlash talab etiladi. Umuman olganda, mamlakatimizning foydali qazilmalari yoqilg‘i, rangli metallurgiya, kimyo hamda qurilish materiallari sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qulay imkoniyatlar yaratadi. Boshqa sanoat tarmoqlari, ayniqsa qora metallurgiyani keng miqyosda rivojlantirish uchun esa tegishli sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan resurs salohiyati hozircha mavjud emas. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling