Mundarija kirish I bob. Paxta va pillani qayta ishlash bilan bog’liq yengil sanoat tarmoqlari
Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi
Download 310.5 Kb.
|
zuxra maxsulot
1.2 Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi.
Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor. Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o.s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o.yeda chuqur tashkiliy va iqtiso-diy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993-yil 5-may; 1994-yil 26-sentabrdan "Oziqovqatsanoat" va "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmalari), "Oʻzgoʻshtsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993-yil 6-aprel), "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994-yil 22-aprel), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994-yil 28-noyabrdan), "Oʻzbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), "Oʻzbekbirlashuv" tarkibidagi O.-o.s. korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axrli ehtiyojlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002-yildaO.-o.s. korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsu-lotlari — 74,6, vino-araq— 6134 ming dal, pivo — 7853 ming dal, chanqovbo-sar ichimliklar — 12680 ming dal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent texnika universitetida, Samarqand, Yangiyoʻl oziq-ovqat, Toshkent texnologiya kollejlarida tayyorlanadi. Ko‘pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksionerlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go‘sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, “O‘zoziqovqatsanoat” davlat aksionerlik konserni (1993 yil 5-may, 1994 yil 26-sentabrdan “Oziq-ovqatsanoat” uyushmalari), “O‘zgo‘shtsanoat” davlat aksionerlik uyushmasi (1993 yil 6-aprel), “O‘zdonmahsulot” davlat konserni (1992 yil 6-fevral, 1994 yil 22-apreldan davlat aksionerlik korporasiyasi), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat korparativ konserni (1991 yil, 1994 yil 28 noyabrdan davlat-aksionerlik uyushmasi), “O‘zbaliq” davlat korparativ (1991 yil, 1994 yildan “O‘zbaliq”davlat aksionerlik korporasiyasi) tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «O‘zparrandasanoat” respublika ICHB (1964 yil), “O‘zbekbirlashuv” tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Ko‘pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksionerlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go‘sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, “O‘zoziqovqatsanoat” davlat aksionerlik konserni (1993 yil 5-may, 1994 yil 26-sentabrdan “Oziq-ovqatsanoat” uyushmalari), “O‘zgo‘shtsanoat” davlat aksionerlik uyushmasi (1993 yil 6-aprel), “O‘zdonmahsulot” davlat konserni (1992 yil 6-fevral, 1994 yil 22-apreldan davlat aksionerlik korporasiyasi), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat korparativ konserni (1991 yil, 1994 yil 28 noyabrdan davlat-aksionerlik uyushmasi), “O‘zbaliq” davlat korparativ (1991 yil, 1994 yildan “O‘zbaliq”davlat aksionerlik korporasiyasi) tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «O‘zparrandasanoat” respublika ICHB (1964 yil), “O‘zbekbirlashuv” tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi Korxonalarda yangi zamonaviy texnologiyalar va uskunalar o‘rnatilmoqda. Aholi ehtiyojlarini respublikaning o‘zida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari ko‘rilmoqda. Chunki Respublika eksportida oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi eng ko‘p bo‘lib kelmoqda, ya’ni 1995 yilda umumiy import hajmining 18.2% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib 7% ni oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Tarmoqda 3646 korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Ularning 99.5% nodavlat sektori, 0.5 % davlat sektoriga to‘g‘ri keladi. Go‘sht sanoati –oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, 1930 yillarga qadar O‘zbekiston aholisini go‘sht bilan va tarqoq qassobxona va qushxonalar ta’minlab kelgan. Ot go‘shtidan qazi, qoramol, qo‘y go‘shtidan uzoq muddat saqlanadigan qurutilgan, qovurilgan go‘sht mahsulotlari tayyorlangan. 1905 yilda Toshkentda Orifxo‘ja Azizxo‘jayev Turkiston o‘lkasida birinchi zavod tipidagi qushxonaga asos solgan. 1929 yilda bu qushxona negizida Toshkent go‘sht kombinati tashkil etildi. Hozirgi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida va yirik shaharlarida muzxonalar mavjud. Respublika go‘sht sanoatida Germaniya va Turkiya firmalari bilan hamkorlikda suyakni qayta ishlash, ichak mahsulotlarini tayyorlash, yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, go‘shtni qadoqlash va o‘rab iste’molga chiqarish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirda asosan viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarida turli mulkchilik shakllariga mansub 11 ta go‘sht kombinati bo‘lib, ularda go‘sht va 50 turdan ortiq kolbasa mahsulotlari va dudlangan go‘sht mahsulotlari ishlab chiqariladi. Respublikada sut sanoati- korxonalarida sariyog‘, sut-qatiq, sut konserva, quruq sut, pishloq, brinza, qaymoq, muzqaymoq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Respublikamizning barcha shaharlarida sut va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar mavjud. 2006 yilda “O‘zgo‘shtsanoat” uyushmasi tarkibida 38 ta sut korxonasi 150 ga yaqin sut qabul qilish punktlari ishlaydi va ular transport turlari bilan yaxshi ta’minlangan. Respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri yog‘-moy ishlab chiqarish tarmog‘i hisoblanib, qadimdan o‘simlik yog‘i, kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlardan olingan. Bu oziq-ovqat sanoati umumiy mahsulot hajmining 25 %ni tashkil qiladi. O‘zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yilda Quqonda qurilgan, 1913 yilda hozirgi O‘zbekistonga qarashli bo‘lgan hududda 30 ta kichik yog‘ zavodida 57 ming tonna paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik quvvati 3 mln tonna moyli o‘simlik urug‘ini qayta ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o‘rtacha 2.1 mln tonnadan paxta chigiti ishlatiladi, raps, zig‘ir, maxsar urug‘i shuningdek import bo‘yicha olinadigan soya dukkaki qayta ishlanadi. Yirik yog‘ ekstraksiya zavodlari Kosonsoy.,Guliston, Farg‘ona, Quqon, Kattaqo‘rg‘on, Denov va b. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri konservalar ishlab chiqarish tarmog‘i bo‘lib, meva va sabzavotlardan mahsulotlar tayyorlanadi. Asosiy mahsulotlari- meva kompotlari, murabbo, djim, sharbatlar, maridlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi, quritilgan mevalar va boshqalar. 1913 yilda hozirgi O‘zbekiston hududida kustar usuli bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 ta kichik konserva korxonasi bo‘lib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. Respublikada konserva sanoati 30 yillarda rivojlangan. 1929 yil Yangi yo‘l, 1932 yil Toshkent, 1940 yil Samarqand konserva zavodlari qurildi. Urushdan keyingi yillarda Farg‘ona, Andijon , Shahrisabz va boshqa korxonalarda o‘nlab konserva zavodlari qurildi. Konserva korxonalari asosan “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradi. Keyingi yillarda jamoa xo‘jaliklarida kichik konserva zavodlari va sexlar ishga tushirildi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirilishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalarini qurish va mahalliy xom ashyolarni iste’molchilar talabini qondiradigan maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmog‘i vino ishlab chiqarishdir. Bu tarmoq uchun hamma Respublikada boy xom ashyo resurslari mavjud, ya’ni xilma-xil uzum navlarini boyligidir. Respublikada tayyorlangan uzum mevalari o‘z mazasi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan nafaqat mamlakatimizda balki xorijda nom chiqargan. Respublika vino zavodi bir yilda 25 mlndan vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Tarmoqda 16 ta yirik korxona bor. Vino mahsulotlari tayyorlash va qo‘yish bilan 56 ta korxona shug‘ullanadi. Eng yirik korxonalari: Toshkent vino kombinati, Toshkent shampan vino zavodi, Samarqand, Zarafshon, Yangi yo‘l, Quqon, Buxoro va boshqa shaharlarda ham zamonaviy vino ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud. Download 310.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling