Mundarija: Kirish i-bob. Qo’qon xonligining siyosiy tarixi va markaziy davlat boshqaruv


Бобобеков Х.Н.Кукон тарихи.- Т. Фан. 1996. Вохидов Ш.Сочинение Фазли Фергани «Умарнома»//Адабий мерос 1995. -№3.- Б 13


Download 56.54 Kb.
bet7/21
Sana30.04.2023
Hajmi56.54 Kb.
#1411619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
qo\'qon

Бобобеков Х.Н.Кукон тарихи.- Т. Фан. 1996. Вохидов Ш.Сочинение Фазли Фергани «Умарнома»//Адабий мерос 1995. -№3.- Б 13.
Qo’qon tarixnavislik maktabi vakillari tomonidan yaratilgan xonlik tarixiga oid asarlar ustida manbashunoslik tadqiqotlarini olib borgan Sh.H.Vohidov ham o’z tadqiqotlarida Qo’qon xonligi davrida o’zbek davlatchiligining holatini ilmiy tahlil etishga imkon yaratuvchi tarixiy faktlarni berdi. Ayniqsa, uning R.Xoliqova bilan” Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan”, deb nomlangan risolasi mavzusini o’rganishda muhim ahamiyatga ega H. Z.Ziyoyev Qo’qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga bag’ishlangan asarida bu jarayonning muhim jihatlarini ko’rsatib berish bilan birga xonlik boshqaruv tizimining ayrim tomonlariga ham e’tibor qaratdi.
Shuningdek, G.A.Agzamovaning O’rta Osiyo xonliklari, xususan,Qo’qon xonligi tarixiga oid tadqiqotlarda shaharlar hayoti, ularda mavjud ma’muriy - boshqaruv tizimi va bu tizimning turli bo’g’inlarini egallagan mansabdorlar, xususan, rais ( muxtasib)lar hayoti, faoliyati haqida muayyan fikrlar bayon etilgan.
Bu davrda Qirg’izistonlik,Qozog’istonlik va Rossiyalik olimlar T.K.Beysimbiyev, Yu.F.Lunyov,V. Ploskiy lar ham xonlik tarixiga oid tadqiqotlar olib bordilar. T.K.Beysimbiyev Muhammad Yunus Toib qalamiga mansub ” Tarixi Alimquli Amirlashkar” asari va boshqa manbarlarda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib,xonlikda mavjud mansablarni izohlagan. U Qo’qon xonligi davrida janubiy Qozog’istonning yo’qori ma’muriyati ga bag’ishlangan maqolasida 1809¬1865 yillarda Toshkent viloyati va uning shimoliy hududlarining idora etilishi, mazkur viloyatga tayinlangan hokimlar hamda mahalliy boshqaruv tizimida asosiy vazifalar zimmasiga yuklangan botirboshi va sarkor mansablarini tahlil qilgan. Qo’qon xonligi tarixini o’rganishda xorijiy tadqiqotchilar ham o'z hissasini qo’shganlar. Qo’qon tarixi bo’yicha M.Xoldsvort va B.Mans tomonidan ingliz tilida chop etilgan asarlarda xonlikning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy hayoti ma’muriy boshqaruv tizimi yuzasidan mulohazalarini keltirgan. Biroq, ularning ushbu mavzuga oid mulohazalarida ba’zi kamchiliklarga yo'l qo'yganlar. Xususan, M.Xoldsvort xonlikning davriy chegarasini 1798 yildan 1876 yilga qadar ming sulolasi qo’lida bo’lganligi, xonlik tarkibiga Marg’ilon, Qo’qon va Namangan viloyatlari kirgan deb noto’g’ri mulohaza yuritgan. B.Mans ham shunday mulohazani ilgari surdi. Ayrim ingliz tadqiqotchilari, jumladan,Yu.Bregel, E.Ollvort va S.Livay esa bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib,tarixiy jarayonlarni tog’ri keltirishga harakat qildi. Xususan, Yu.Bregel va E. Ollvortlar M.Xoldsvort hamda B.Mansdan farqli ravishda xonlikning tashkil topishi 1710 yilda sodir bo’lganligini nisbatan to’g’ri ko’rsatishdi. S.Livay esa xonlikni 1709 yilda tashkil topganligini to’g’ri ko’rsatgan.
Biroq bu asarlarda Qo’qon xonligining ma’muriy-boshqaruv tizimi alohida tadqiqot ob’yekti sifatida o’rganilmagan.

28 Holdswort M Turkestan in the nineteenth century.A. Brief History of the khanates of Bukhara,Kokand and Khiva.-Oxford:1959.-P.5 . Central Asia in historical perspective. Edited by Beatrice Mans.-p.11 каранг. Махмудов. Ш. Куканд хонлигининг ма’мурий- бошкарув тизими (1709-1876 йй.). Тарих фан. Ном. Дисс.- Т. 2007.16 б.






Download 56.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling