Mundarija Kirish I bob sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari


Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak


Download 136.14 Kb.
bet6/13
Sana20.06.2023
Hajmi136.14 Kb.
#1627204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish v (1)

Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- har bir o`quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo`llarini;
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga qo`yilgan Davlat standarti talablarini to`garak a`zolarini o`qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o`quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish usullarini;
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomni o`rganishlari;
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash yo`llarini;
- o`quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo`yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, matematika, ona tili, munchoq bilan ishlash, gazlama qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo`g`irchoq tayyorlash kasbi turlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishlari;
- o`quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;
- iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo`llarini.
Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlatlarni tushunamiz.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin.
Quyidagi ana shunday mashg‘ulot turlari haqida to‘xtalamiz.
Matematik o’n minutlik
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o‘n minutliklardir.
O‘n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.
O‘quvchi o‘n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o‘yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin o‘quvchilarning aktivligini oshirsin, o‘quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib qolsin.
O‘n minutlikni faqat sinfda o‘tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak–atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin–asta mushohada qilish asosida o‘tkaziladi.

Download 136.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling