Mundarija kirish: i-bob


Download 0.71 Mb.
bet8/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1506278
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi motsart ijodida sanata shakli. musiqa nazariya

Taqrizchi: ______________________________
Chirchiq davlat pedagogika instituti
San`atshunoslik fakulteti “Musiqa ta`limi” yo`nalishi
Sirtqi bo’lim 19/1 guruh talabasi Sharapova Muxlisaning
Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili)”
fanidan, “Motsart ijodida sanata shakli”
mavzusidagi kurs ishiga


TAQRIZ
Maktab va musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab o`quv joylari musiqa fani darsliklarida o`zbek va xorijiy musiqa ijod yo`llari bilan tanishish, maktab yoshidagi bolalarni musiqiy madaniyatda ulg`aytirishimiz uchun asosdir.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi jaxonning mashhur bastakorlari asarlari bilan tanishish va musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya,musiqa asarlari tahlili) fanida o`zlashtirilgan bilim va malakalari yordamida asarni musiqiy- badiiy tahlil qilishdir.
Kurs ishi loyihasi tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olgan: titul varog’i, reja, kirish qismi, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalar.
Talaba kurs ishi mazmunini kurs ishi maqsad va vazifalarini ochib berishga qaratgan va buni uddasidan chiqqan. Kurs ishi kirish qismida mavzuni dolzarbligi, kurs ishi maqsadi, predmeti va ob`ektui belgilanib olingan. Asosiy qism ikki bobdan iborat bo`lib, I- bob mavzuni nazariy jihatlari, mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tahlili amalga oshirilgan. II- bob musiqa asarini bevosita tahlilini ochib beradi. Kurs ishi mazmuni xulosa va takliflar bo`limi bilan yakunlanadi. Unda talaba mavzu yuzasidan aniq xulosa keltirgan va o`z nuqtai nazari bilan mavzuga munosabat bildirgan, hamda bir-nechta takliflar berib ketgan.
Kurs ishida V.A.Motsartning hayoti va ijodi, sonata shakli, Motsart ijodidagi sanata shakli yoritilib berilgan.
Kurs ishni yozishda fanga oid adabiyot va internet manbalardan foydalanilgan. Kurs ishi mazmuni uzviy ketma-ketlikda joylashtirilgan.
Kurs ishi loyixasini yozish davomida juz`iy xatoliklarga yo`l qo`yilgan, bundan tashqari foydalanilgan adabiyotlar ko`rsatilgan bo`lsada, foydalanilgan manbaning sahifasiga aniqlik kiritilmagan.
Yuqoridagilarni e`tiborga olgan holda, San`atshunoslik fakulteti “Musiqa ta`limi” yo`nalishi sirtqi bo’lim 19/1 guruh talabasi Sharapova Muxlisaning “Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili)” fanidan, V.A.Motsart ijodida sanata shakli mavzusidagi kurs ishi O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining bakalavriat bosqichi talabalarining kurs ishida tayyorlash talabiga to`la mos keladi. Mazkur kurs ishini tugallangan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi: ______________________________
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling