Mundarija kirish I bob. Venchur fondi


II BOB. Venchur fondining innovatsion faoliyati tahlili


Download 138 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi138 Kb.
#1527598
1   2   3   4
Bog'liq
zakaz kurs ishi

II BOB. Venchur fondining innovatsion faoliyati tahlili.Ba'zilar mahalliy miqyosda ishlashni afzal ko'rishsa, boshqa fondlar butun mamlakat bo'ylab yoki hatto global miqyosda ishlaydilar.
Ba'zi venchur fondlar kompaniyaning tezroq ommaviy sotilishini xohlashlari yoki tez o'sishini kutishlari mumkin. Venchur fondlari ajrata oladigan sarmoya miqdori bir kompaniyadan boshqasiga qarab farq qilishi mumkin.
Rollar Venchur kapital firmasining bosh sheriklari va boshqa investitsiya mutaxassislari ko'pincha "venchur kapitalistlari" yoki "VC" deb nomlanadi. Venchur kapitalislari turli xil ish faoliyatlaridan kelib chiqishlari mumkin, lekin ko’p hollarda venchur kapitalistlari operatsion yoki moliya sohasiga mansub yo’nalishlarda ish yuritgan bo’ladilar. Operatsion ma'lumotga ega bo'lgan venchur kapitalistlar, kompaniyalarning sobiq muassislari yoki boshqaruv maslahatchisi bo'lib xizmat qilgan bo’ladilar. Moliyaviy ma'lumotlarga ega bo'lgan venchur kapitalistlar esa investitsiya banki yoki boshqa korporativ moliyalashtirish tajribasiga ega bo’ladilar. Bosh Sherik (General Partner) - ular venchur kapital firmasini boshqaradilar va fond nomidan investitsiya qarorlarini qabul qiladilar. Bosh sherik, odatda, VC fondidagi hissasini ko'rsatish uchun 1-2 foizigacha shaxsiy kapitalini qo’shadi. Venchur Sheriklar – venсhur sheriklari potentsial investitsiya imkoniyatlarini amalga oshirish uchun fondni mablag’ bilan taminlaydilar va odatda faqat ular ishtirok etgan investitsiya bitimlari uchun daromad kompensatsiyasini oladilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiya sohasida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2019-yil 24-noyabrdagi PF-5583-sonli Farmoniga muvofiq venchur moliyalashtirishni rivojlantirish maqsadida “Investitsion va boshqaruv kompaniyalar toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-sonli Qarori bilan tasdiqlandi.
Bugungi kunda davlat tomonidan 1 ta va 2 ta xususiy venchur fondi tashkil etildi.
«UzVC» Milliy venchur fondi.
Respublikada innovatsion gʻoyalar va startap-ekotizimni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish jarayonini jadallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-noyabrdagi “UzVC” milliy venchur fondi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 684-sonli Qaroriga muvofiq “UzVC” Milliy venchur fondi tashkil etildi hamda ustav kapitali 15 milliard soʻm miqdoridagi Fondning boshlangʻich ustav kapitali 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi byudjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan shakllantirildi.
Bugungi kunda “UzVC milliy venchur fondi” MCHJ tomonidan ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma venchur fondini tashkil etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
MOST Ventures.
MOST Ventures - Markaziy Osiyoda bir necha yil mobaynida texnologiya sohasidagi tadbirkorlarni moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek mintaqada inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi xususiy venchur fondi hisoblanadi. Fond xalqaro biznesni yaratishni maqsad qilgan IT-startaplarga oʻz eʼtiborini qaratadi.
Joriy yilda fond tomonidan $ 2 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirilgan. Bugungi kunda fond tomonidan “Girgitton” oziq-ovqatlarni yetkazib berish va “TASS Vision” startapi akseleratsiya jarayonini oʻtamoqda.
Semurg VC.
SEMURG VC - bu MDH va Venture Builder bozorida texnologik startaplarni yaratish va kengaytirishga qaratilgan, oʻzida venchur fondini mujassamlashtiruvchi xususiy investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.
Fond Oʻzbekistonda faoliyat koʻosatayotgan startaplarga kelgusi 2 yil ichida $ 5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni maqsad qilgan.
Shuningdek, joriy yilning 28-may kuni “UzVC” milliy venchur fondi hamda UZVCA Oʻzbekiston venchur moliyalashtirish assotsiatsiyasi hamkorlikda mintaqada va xalqaro bozorda kelgusida venchur moliyalashtirish va startap ekotizimni rivojlantirish mavzusida Oʻzbekistonda birinchi bor Markaziy-Osiyo venchur forumi oʻtkazildi.
Forum doirasida UzVC” milliy venchur fondi va Qozogʻistonning “QazTech Ventures”AJ oʻrtasida qoʻshma venchur fondi tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzlandi.
“UzVC” milliy venchur fondining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xorijiy venchur fondlarining tajribasini yaqindan oʻrganish maqsadida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda USAID) tashkilotining FGI (Future Growth Initiative) dasturi doirasida xalqaro konsultant jalb etildi.
Venchur moliyalashtirish sohasida xorij tajribasini oʻrganish va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish maqsadida“UzVC” milliy venchur fondi tomonidan Islom taraqqiyot banki va USAID tomonidan tashkil etilgan grant dasturlariga tegishli xujjatlar yuborildi.
Batafsil maʼlumotlarni hamda Fond faoliyatiga oid yangiliklarni “UzVC” Milliy venchur fondining rasmiy veb-saytida havola orqali kuzatishingiz mumkin.
Venchur kapitalini moliyalashtirish — bu uzoq muddatli (5-7 yil) yuqori darajadagi tavakkalni talab etuvchi investitsiyalar boʻlib, ilm-fanni rivojlantirish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi tashkil etilgan kichik yuqori texnologiyali istiqbolli kompaniyalar (yoki yaxshi tashkil etilgan venchur korxonalar)ning oʻz kapitaliga xususiy kapitalning sarmoyasidir.
Klassik investitsiyalardan ravishda (mablagʻlarning qaytarilishini nazarda tutgan holda), venchur moliyalashtirish modeli har bir aniq kompaniyaga kiritgan (odatda 50% dan ortiq ehtimollik bilan)
investitsiyalarini yoʻqotish ehtimoli yuqori. Daromadga katta miqdorda kiritilgan sarmoyaning yuqori rentabelligi tufayli erishiladi.
Biznes farishtalariga nisbatan Venchur moliyalashtirish startaplarni koʻproq pul, ijtimoiy va inson kapitalini bilan taʼminlaydi. Biroq boshqa tomondan oʻbroli, tajribasi katta va yaxshigina aloqalarga ega boʻlgan venchur investorlar koʻpincha noqulay shartlarni oʻz ichiga olgan moliyalashni taklif qilishadi. Bundan tashqari, venchur kapitalni moliyalashtirishning mavjudligi bozor holatiga bevosita bogʻliq boʻlib, bu turdagi investitsiyalarni beqaror qiladi. Venchur moliyalashtirishdan foydalanish mulkka egalik huquqini taqsimlashning oʻzgarishiga va qarorlar qabul qilish ustidan nazoratning yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin[1].
Moliyalashtirishning bu turi ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. 1980-yillarga kelib sezilarli oʻringa ega boʻldi. AQSH venchur kapital sanoatida doimo yetakchi boʻlib kelgan. Yevropada venchur biznes ham faol rivojlanmoqda. Buyuk Britaniya bu mintaqada yetakchi hisoblanadi. Dunyodagi venchur kapitali subyektlarining alohida toifasidir Isroil davlatini kiritishimiz mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“UZVC” MILLIY VENCHUR FONDI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5583-son Farmoniga muvofiq hamda respublikada innovatsion loyihalar va startap-ekotizimni har tomonlama qullab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish jarayonini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekistan Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining:
Innovatsion g‘oyalar va startap-ekotizimni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish maqsadida “UzVC” milliy venchur fondini (keyingi o‘rinlarda — Fond) mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etish;
Fondning boshlang‘ich ustav kapitalini 15 milliard so‘m miqdorida belgilash;
Fondning boshlang‘ich ustav kapitalini 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan shakllantirish va Fondning ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Belgilansinki:
Fondning ustav kapitalini konunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oshirishga ruxsat beriladi;
Fond yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan sheriklikda venchur loyihalarni moliyalashtirish maqsadida venchur fondi muassisi bo‘lishi mumkin;
Fondni saqlash xarajatlari uning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

Fond boshqaruviga malakali va xalqaro tajribaga ega chet el fuqarolari jalb etiladi.


3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Fondning belgilangan tartibda davlat ryxatidan o‘tkazilishini;
Fondning Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasidagi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’muriy binosida tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda to‘rt oy muddatda Fond faoliyatini amalga oshirish uchun shaffof, raqobatbardosh va tanlov muhiti asosida ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan mustaqil xususiy boshqaruv kompaniyasini davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlasin va shartnoma asosida boshqaruvga berilishini ta’minlasin.
Markazlashgan manbalar hisobidan venchur loyihalarni moliyalashtirish uchun Fondga ajratilgan resurslarga teng miqdorda xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish boshqaruv kompaniyasini tanlashning asosiy shartlaridan biri etib belgilansin.
5. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-yil 1-iyunga qadar Fondning samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif va zarur hollarda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan Fondning ustav kapitalini shakllantirish uchun 15 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni moliyalashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-noyabr,
684-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2020-y., 09/20/684/1449-son)
Yevropa venchur tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari videokonferensiya formatida muhokama qilindi
BRYUSSЕL, 31 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi tomonidan «UZVC» milliy venchur fondi va Yevropa xususiy venchur investorlari, startap kapitali fondlari va dastlabki bosqich bozor sub’ektlari savdo assotsiatsiyasi («YevroBAN») o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Onlayn-tadbirda «YevroBAN» va «UzVC» milliy venchur fondi o‘rtasida hamkorlik aloqarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
«UZVC» milliy venchur fondi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. Fondning asosiy vazifasi loyihalarni boshqa moliyaviy institutlar bilan birgalikda moliyalashtirish hamda startaplar bilan investorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashdan iborat. Shu bilan birga, Fond o‘z vakolati doirasida «fondlar fondi» strategiyasini qo‘llab, xalqaro moliya institutlari ko‘magida startap loyihalarni moliyalashtirish va boshqa venchur fondlar bilan hamkorlikda qo‘shma fondlar yaratishni maqsad qilgan.
Fondning ustuvor vazifalaridan yana biri - o‘zbekistonlik mutaxassislarning venchur moliyalashtirishi sohasidagi malakasini oshirish va ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlashga hissa qo‘shish.
Tadbir davomida «YevroBAN» kotibiyati rahbari Jakopo Lossoga «UZVC»ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
«YevroBAN» vakili, o‘z navbatida, Assotsiatsiya faoliyati haqida so‘zlab berdi. Unga ko‘ra, Assotsiatsiya 1999 yili tashkil etilgan. «YevroBAN» Yevropa davlatlarida xususiy venchur investorlari tarmoqlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Ayni paytda «YevroBAN» tarkibiga dunyoning 53 mamlakatidagi 150 dan ziyod tashkilot kirib, ular o‘z atrofida 40 mingdan ziyod xususiy venchur investorlarini birlashtirgan.
Jakopo Lossoning aytishicha, oxirgi bir necha yilda «YevroBAN» a’zolari dunyoning 35 ta mamlakatidagi 38 ming kompaniya faoliyatiga 670 million yevro miqdorida investitsiya yo‘naltirgan. «Yevropaning boshlang‘ich investitsiyalar bozori hajmi yiliga 9,9 milliard yevroga teng bo‘lib, shundan 6,7 milliard yevro venchur investorlari hisobiga to‘g‘ri keladi», - dedi Jakopo Losso.
Muzokaralar yakunida tomonlar joriy yil sentabrda Fond vakillarining Belgiyaga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Uning doirasida o‘quv seminarlari, Beniluks mamlakatlaridagi venchur fondlari va venchur kapitali yordamida faoliyatini boshlagan kompaniya hamda tashkilotlarda uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev 1 mln dollarlik venchur fondi tashkil etilishini e’lon qildi.
Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat fondi qoshida venchur fond tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Dastlab uning hajmi 1 mln dollarni tashkil etadi. Har bir viloyatdagi eng yaxshi startap loyihalariga 50 mlndan 200 mln so‘mgacha miqdorda grantlar ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev 1 mln dollarlik venchur fondi tashkil etilishini e’lon qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yil yakunigacha yoshlarning 360 mlrd so‘mlik 2200 ta loyihasini amalga oshirish orqali respublikada kamida 10 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi mumkin.
Davlat rahbari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qoshida venchur fond tashkil etish to‘g‘risida topshiriq berdi. Dastlab uning hajmi 1 mln dollarni tashkil etadi. Har bir viloyatdagi 10 ta eng yaxshi startap loyihasi va kelgusi yildan boshlab kamida 20 ta eng yaxshi loyiha 50 dan 200 mln so‘mgacha bo‘lgan grantlarni qo‘lga kiritadi.
Bundan tashqari, quduq qazish, sug‘orish vositalari xarid qilish, issiqxona o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun yoshlarga subsidiyalar beriladi. Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, bank va boshqa sohalar bo‘yicha konsalting xizmatlari xarajatlari qoplanadi.
Uchrashuvda, shuningdek, ayollarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi. Prezident ta’kidlaganidek, mintaqalarda 20 mingga yaqin ayol og‘ir sharoitlarda yashamoqda, ularning aksariyati profilaktik hisob yordamida.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga 33 ming 380 nafar ayolni hayotga motivatsiyalash va kasbga o‘rgatish bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil qilish vazifasi topshirildi.
Har bir tuman va shahar uchun ayollarning biznes loyihalari ro‘yxatini tuzish, ularni har oyda moliyalashtirish, ayollar tadbirkorligi dasturi doirasida soddalashtirilgan kreditlar va grantlar berish topshirildi. Mikrokredit olish niyatida bo‘lgan yoshlar va ayollar tadbirkorlik sohasida bepul o‘qitiladi va har yili 5 ming nafar yoshlar va ayollarning bandligi ta’minlanadi.
Ushbu maqsadlarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 mln dollar kredit ajratilishi belgilandi.Bu mablag‘ yoshlar va ayollar ishsizligi yuqori bo‘lgan qishloq joylarda imtiyozli mikroqarz ajratish uchun mikromoliya va nodavlat tashkilotlarga beriladi.
Venchur fondlari odatda xususiy investorlar tomonidan boshqariladigan va ko'pincha yangi biznes yoki startaplarni moliyalashtirish uchun foydalaniladigan investitsiya vositasidir. Ushbu turdagi mablag'lar yuqori xavfli investitsiyalarni amalga oshiradi va ko'pincha o'z investorlariga yuqori daromad keltiradi.
Venchur fondlari haqidagi statistik ma'lumotlar sanoatning umumiy sog'lig'i va faoliyati haqida ma'lumot beradi. Masalan, keyingi yillarda butun dunyoda venchur fondlariga kiritilgan investitsiyalar hajmi va soni ortdi. 2020-yilda butun dunyo bo‘ylab venchur fondlarga kiritilgan investitsiyalar hajmi 300 milliard dollardan oshdi.
Ushbu investitsiyalarning aksariyati texnologiya va sog'liqni saqlash kabi innovatsion sohalarga kiritilgan. Shuningdek, startaplarga sarmoyaning katta qismi AQSh va Xitoy kabi yirik iqtisodiyotlarga kiritilgan. Moliyalashtirishning venchur kapital usuli so’nngi yillarda keskin o’zgarishlarga duch keldi. Hozirgi vaqtga kelib venchur kapital to’g’risidagi qonunlarni qabul qilayotgan mamlakatlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.Tabiiyki, kichik korxona va tashkilotlarning an`anaviy moliya manbalariga imkoniyatlari cheklanganligi tufayli ular uchun venchur kapital moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblanadi. IT Parkning venchur fondi iqtidorli yosh tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash va ularning nisbatan yosh bo’lgan biznesini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan moliya manbai bilan ta’minlashni maqsad qilgan. IT Parkning venchur jamg’armasi jamiyatga innovatsion yechim olib keluvchi va mamlakatning eksport salohiyatini oshiruvchi loyihlarini izlamoqda.Investitsiya, boshqaruv kompaniyalari va venchur fondlari qanday ishlaydi?
Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvargacha yangi tuzilgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish va baholash uchun tajriba o‘tkaziladi (24.11.2018 yildagiPF–5583-son Farmon).
Nizom bilan ushbu yo‘nalishda aniqlik kiritildi.
Birinchidan, investitsiya kompaniyalarining samaradorligini baholash mezonlari belgilandi:
• foydani oshirish;
• tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi jarayonida uning moliyaviy barqarorligini ta'minlash;
• investitsiya strategiyasini amalga oshirishning eng samarali usullarini ta'minlash;
• joriy va kelgusi davrlarda tashkilot mulkdorlarining farovonligini oshirish.
Ikkinchidan, boshqaruv kompaniyasining maqomi ushbu nomi ta'sis hujjatlarida majburiy qayd etilishi kerak.
Boshqaruv kompaniyalari loyihani mustaqil moliyalashtirishlari yoki buning uchun boshqa investitsiya kompaniyalarini jalb etishlari mumkin. Moliyalashtirishda bir qancha investitsiya kompaniyalari ishtirok etayotgan bo‘lsa, ular shartnoma asosida mustaqil ravishda bu jarayonda qaysi biri boshqaruv kompaniyasi sifatida ish yuritishini belgilab oladilar.
Investitsiya shartnomasiga ko‘ra taraflar o‘zlarining hissalarini o‘tkazishlari uchun boshqaruv kompaniyasi maxsus hisobraqam ochadi, malakali investorlar va investitsiya kompaniyalarining hissalarini unda jamlaydi.
Uchinchidan, venchur fondlari faoliyatining asosiy turlari:
• yuridik va jismoniy shaxslarning (sh.j. xorijiy) pul mablag‘larini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qo‘yishdan foyda ko‘rish maqsadida jamlash;
• yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok etish yo‘li bilan, shuningdek ushbu tashkilotlarga garov
bilan ta'minlanmagan qarzlar berish yo‘li bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish;
• bo‘sh turgan pul mablag‘larini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish;
• fond aksiyadori (ishtirokchisi) bo‘lgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish.
Iqtisodiyotning muayyan sektori innovatsion loyihalarini moliyalashtiradigan venchur fondlari ixtisoslashtirilgan, turli tarmoqlarini moliyalashtiradiganlari universal hisoblanadi. Fondning nomlanishida «venchur fondi» so‘zlari bo‘lishi kerak. Fondning ustavida bir qator ma'lumotlar: investitsiya faoliyatiga cheklovlar; mablag‘larni jalb qilish, loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida va investitsiya kiritilgan korxonalardan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi; dividendlarni to‘lash tartibi va h.k. majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.Har bir tadbirkor bunday shovqin kapitali sifatida muddatga bilan tanish bo'lishi kerak. Bu kengaytirish yoki qurilmalar maqsadida turli kompaniyalar fondi investitsiya mablag'larini ifodalaydi. Korxonasi kapital sezilarli darajada, ammo uning nufuzini ta'sir emas mumkin, bozorda korxonaning xarajatlarini oshirishi mumkin.
Bu ish moliyalashtirish texnikasi muhim afzalliklarga ega. Masalan, bank kreditlari farqli o'laroq, u qaytish va, albatta, kredit foiz to'lash kerak emas, kerak emas. Bu esa, o'z navbatida, xavfini kamaytiradi tashkilotning bankrot rejalashtirilgan biznes qobiliyatsiz taqdirda. investitsiyalar, bu turdagi qat'iy kompaniya egalari haqida to'liq mas'uliyat yuklaydi, va xavf barcha aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi.
Albatta, kapitalistik amalga korxonasi kapital investitsiya, uning ne'matlaridan holda emas. U foyda ma'lum bir foiz xosdir, balki asosiy biznesni rivojlantirish, ularning yordami uchun minnatdorchilik sifatida ajr tayanadi. Amalda, korxona kapitali tez-tez muvaffaqiyatli va samarali faoliyat yuritib muassasalari kengaytirish start-up fondi istiqbolli loyihalariga sarmoya ham qaratilgan. qoida tariqasida, investitsiya kamida besh yil muddatga amalga oshiriladi.
Mablag'larning har qanday ta'minlash hujjatlashtirilishi kerak. korxonasi kapital moliyalashtirish , aktsiyalar va obligatsiyalar, kabi, ularning turlari, ayniqsa, almashtiriladigan qimmatli qog'ozlar ishlatiladi nima o'zlari. investorning asosiy vazifasi uzoq muddatli xolislik moliyalashtirish korxonalar hisobidan unga mavjud ma'lumotlarni oshirishdan iborat. o'z faoliyatining asosiy maqsadga erishish uchun qaratilgan, mohiyati to'g'ri ob'ekt tanlanadi hisoblanadi. kapitalistlar ko'pchiligi shovqin kapitali investitsiya,-da, kompaniya ishlariga aralashish va oldinga o'z g'oyalarini qo'yish rejalashtirish va direktorlar kengashi a'zolari emas. Ularning vakolatlari loyihasi uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlash bilan cheklangan.
Investor uchun maxsus ob'ekt investitsiyalarni tanlashda eng muhim hisoblanadi. Bu moliyalashtirish uzoq muddatli shakli, va uzoq muddatga hamkorlik va kuchli ittifoq tomonlar to'liq korxonasi rahbari ishonch kerak. kapitalistik boshqarish jamoasi ijobiy natijalarga erishish uchun har bir harakat qiladi, deb to'liq ishonch hosil bo'lsa, u shikoyat yoki boshqa masalalarni yo'q bo'ladi. Ideal, munosabatlar tadbirkor va investor hurmat va ochiq bo'lishi kerak. Bu holda, menejer halol muammolar yoki vaqtinchalik qiyinchiliklar haqida aytib va erkin yaqin kelajak uchun rejalar muhokama mumkin.
Agar yangi kompaniya investitsiya oldin, diqqat bilan bo'lishi hamkorlar munosabatlarni, jamoa muhitni o'rganishimiz kerak. Shuning uchun biznes muvaffaqiyati, chunki bu muvaffaqiyati barcha xodimlarning ishonch, o'z xohish ishlash uchun qanday katta bog'liq qanday kuchli bilish muhim ahamiyatga ega va doimiy monitoring muhtoj rivojlanayotgan kompaniya, shu bois, bosh ish ko'p vaqt sarflash kerak bo'ladi.Oldin imzolash uchun vakolatli investor nima uchun, deb bir hamkorlik shartnomasi er-xotin o'rtasidagi uyg'un munosabatlar yoki yo'qligini baholash uchun, kechki ovqat uchun egasiga oilasini taklif. hayron bo'lmang, bu, albatta, nazorat soluvchi apparati samaradorligini juda muhim omil hisoblanadi.
Korxonasi ish Rossiyada emekleme bo'ladi. Hukumat bu boradagi rivojlantirish uchun sa'y-harakatlari ko'p qildi. u teskari kapitalistik ishonch hosil qilish juda qiyin bo'ladi, shuning uchun birga, mamlakatimizda uzoq muddatli moliyalashtirish uchun ishonchsizlik darajasi juda yuqori.
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining 135-bandida tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish uchun venchur fondlar, venchur kompaniyalar va innovatsion korxonalar faoliyatini tartibga solish bilan bir qatorda venchur loyihalarni sug‘urtalash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish belgilangan.
Bu venchur loyihalarga sug‘urta himoyasini taqdim etish uchun sug‘urta kompaniyalaridan sohaning zamonaviy tendensiyalari asosida yangi xizmatlarni ishlab chiqish va innovatsion yechimlarni talab etadi.
Xo‘sh, venchur tushunchasining o‘zi nima va bu yo‘nalishda sug‘urta xizmatlari zarurmi?
Xalqaro tajribada venchurli biznesda dastlabki bosqichlardanoq yuqori tavakkalchilik xatari mavjud bo‘lib, investitsiyalashtirilgan jarayonlarning yakuniy natijalari amalga oshirilgandan keyin ijobiy samaraga erishilmasa moliyalashtirilgan mablag‘dan ajralib qolish
mumkin. Biznesning bu turiga ilm-fan sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini moliyalashtirish ko‘proq mos keladi.
Venchur fondini yangi ishlanmalarga mablag‘ kiritishga tayyor turgan yagona investor deb aytish mumkin. Bunday ko‘rinishdagi kredit mablag‘lariga ehtiyoj asosan endi ish boshlayotgan tadbirkor, olim, tadqiqotchi, injener va kashfiyotchilarda yuzaga kelib, ular o‘ziga xos, antiqa g‘oyalarni va istiqbolli ishlanmalarni mustaqil ravishda amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yishadi.
Yakuni noaniq bo‘lgan, loyiha uchun tijorat banklarining kredit va qarz mablag‘larini olish albatta, qiyin. Mana shunday bir holatda tadbirkorga yordamchi va homiy sifatida venchurli biznes investorlari kirib kelishadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, investorlarning asosiy maqsadi tadbirkorga yordam berish emas, balki yuqori foyda olish bo‘lib hisoblanadi.


Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling